7-amaliy mashg’ulot. Gel-elektroforez usuli Ishdan maqsad



Yüklə 90,16 Kb.
tarix29.04.2022
ölçüsü90,16 Kb.
#86184
7-амалий машғулот


7-amaliy mashg’ulot. Gel-elektroforez usuli

Ishdan maqsad: PZR va restriktsiya mahsulotlarini gel-elektroforez usuli yordamida vizualizatsiya qilishni o’rganish

Kerakli asbob va jihozlar: taglik, taroqchalar, brom fenol bo’yog’i, elektroforez.

Ishning mazmuni: Gel-elektroforez usuli DNK fragmentlarini tozalash, uzunligiga qarab ajratish va identifikatsiyalashga asoslangan usuldir. Bu usulda elektr maydondagi gel ta’sirida DNK fragmentlari turli tezlikda harakatlanadi. DNK molekulalarining uglevod-fosfat qoldiqlari manfiy zaryadlanganligi uchun bo’laklar manfiy katoddan musbat anodga tomon ko’chadi.

Elektroforez gellari DNK molekulalarining o’lchamini o’lchashda, PZR (polimer zanjir reaktsiya) mahsulotlarini tahlil qilishda, molekulyar genetikada barmoq izini olishda, oldindan belgilangan DNK ni ajratishda foydalaniladi.

Ko’pchilik agarozali gellar 0,7 % dan 2 % oralig’ida tayyorlanadi.
0,7% li agaroza geli nisbatan katta bo’lgan DNK fragmentlarini (5-10kb),
2 % li gel esa kichik DNK fragmentlarini ko’rishda foydalaniladigan bo’lsa, ba’zi odamlar juda kichik bo’laklarini ko’rish uchun 3% li agarozadan ham foydalanishadi.

Ishni bajarish tartibi:


  1. Taglik olinadi va ichiga taroqcha qo’yilib, 0.5 sm qalinlikda 1.5 % li agaroza geli solinadi.

  2. So’ng taroqcha olinadi. Gel qotib, taroqcha chuqur iz qoldiradi.

  3. 50 tadan 2 ta, ya’ni 100 ta chuqurcha hosil bo’ladi.

  4. Keyin elektroforezdagi bufer ichiga taglik qo’yiladi (bufer gelni ko’mishi kerak).

  5. Endi PZR pleytni ichiga brom fenol bo’yog’i solamiz. Bu bo’yoq tarkibida glitserin bo’lib, u DNK ning geldagi chuqurchaga yaxshi o’rnashishini ta’minlaydi.

  6. Geldagi chuqurchaning birinchisiga marker, ikkinchisidan boshlab PZR mahsuloti (DNK) ni solamiz (1-rasm).

  7. Ustini yopamiz va apparatga ulaymiz.

  8. 20-30 minut turadi.


1-rasm. Elektroforez agaroza gelidagi DNK



Restriktsiya o’tkazilgandan keyin ham PZRdan olingach, 1% li agaroza gelida elektroforezga qo’yiladi va kerakli joy ko’rilib, kesib olinadi.

Nazorat savollari:

      1. Gel-elektroforez usuli haqida tushuncha bering.

      2. Elektroforez gelida DNK ning harakat tezligi nimaga bog’liq ?

      3. Elektroforez gelida DNK qanday harakatlanadi?

      4. PZR va restriktsiya maxsulotlarini gel-elektroforez usuli yordamida vizualizatsiya qilish tartibini o’zlashtiring va amalda bajaring.

Yüklə 90,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə