7-amaliy mashg’ulot mavzu: Bola tarbiyasida oilaning orini haqida mutafakkirlar ta’limoti Kerakli materiallar



Yüklə 15,77 Kb.
tarix03.05.2023
ölçüsü15,77 Kb.
#108159
7-amaliy mashg’ulot mavzu Bola tarbiyasida oilaning orini haqid


7-AMALIY MASHG’ULOT
Mavzu: Bola tarbiyasida oilaning orini haqida mutafakkirlar ta’limoti Kerakli materiallar: Maktabgacha ta’lim to’g’risida Prezident qarorlari va farmonlari, “ Ilk qadam ” tayanch dasturi, Maktabgacha ta’limda Davlat talablari, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Maktabgacha ta’lim to’g’risidagi Nizomlar
UMUMIY TUSHUNCHA: Sharq mutafakkirlari mehnatning tarbiyaviy ta’siri haqida, Oila xo‘jaligiga o‘rgatish yo‘llari. Oila xo‘jaligi haqida tushuncha. O‘zbek oilalarida xo‘jalik yuritishning shartlari. Tejamli uy-bejamli uy. Maktabgacha yoshdagi bolalarga iqtisodiy tarbiya berishining ahamiyati va yo‘llari. Bolalarda oila va jamiyat mulkiga ehtiyotkor bo‘lish, vaqtdan unumli foydalanish, tejamkorlik, tadbirkorlik kabi xususiyatlarni shakllantirish.
Amaliy mashg’ulotning borishi: Amaliy mashgulot olingan nazariy ma’lumotlar asosida olib boriladi. O’qituvchi talabalarga sharq mutafakkirlarining fikrlari har jabhada muhim ekanligini aytib o’tadi.(15 daqiqa) Ayniqsa oilada farzand tarbiyasida muhim ekanligini turli misollar ko’rinishida aytib o’tadi.
O’qituvchi talabalarni ikki jamoaga ajratib ularga nom qo’yadi:

  1. Jamoa Farobiy

  2. Jamoa Ulug’bek

So’ng sharq mutafakkirlarining farzand tarbiyasidagi fikrlari haqida so’raydi. (15 daqiqa) jamoalar namunalar aytadi;

  • Bolani tarbiyalash oilada ota-onaning asosiy maqsadidir.( Ibn Sino)

  • Bola yetuk inson bo’lib tarbiya topmoq uchun bolalikdan tarbiyani chuqur egallashi zarur.( Yusuf Xos Hojib)

  • Oila muhiti bolani sog’lom voyaga yetishida muhim ahamiyatga ega. ( Mirzo Ulug’bek)

Talabalar fikrlarini aytib bo’lgach “ Men ulug’lar avlodiman ” deb nomlangan daqiqa o’tkaziladi. ( 20 daqiqa) Bunda talabalar sharq mutafakkirlarining fikrlaridan foydalanib hozirgi zamon farzandlarining ularga munosib farzand ekanligini turli misollar ko’rinishida aytib o’tadilar.
Masalan: chempionlar, buyuk kashfiyotlar qilayotgan yoshlar, shoir va yozuvchi yoshlar va h.k.


TOPSHIRIQLAR:
1. Sharq mutafakkirlarning farzand tarbiyasi to’g’risidagi qarashlarining tarbiyaviy ahamiyati
2. Sharq mutafakkirlarining oila tarbiyasi haqidagi qarashlarining ta’limiy tarbiyaviy ahamiyati haqida o’rganish


Vazifa:
Muammoni tahlil qilish va yеchish jadvali

Muammoni tasdiqlovchi dalillari

Muammoni kеlib chiqish sabablari

Muallif tomonidan taklif qilingan еchim

Guruh yеchimi















Mustahkamlash uchun savollar:

1. Sharq mutafakkirlarning oila tarbiyasi haqida qanday fikrlarini bilasiz?


2. Sharq mutafakkirlarning farzand tarbiyasi haqidagi fikrlarining ilmiy ahamiyati nimalardan iborat?
Yüklə 15,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə