7-Ma’ruza: Hajm – blokli binolar



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə1/3
tarix28.03.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#103392
  1   2   3
№7


7-Ma’ruza: Hajm – blokli binolar

Reja:
1.Fuqaro binolari hajmiy bloklarining asosiy turlari.


2. Konstruktiv sxemalari va sistemalari.
3. Hajmiy bloklarining konstruktiv texnologik-echimlari.

Q urilishni industrlashtirishning keyingi bosqichida hajmiy bloklarda uy-joy qurilishi usullari ishlab chiqildi(1-rasm).



1-rasm. Hajmiy bloklardan qurilayotgangan bino.
Rossiyada, Ukrainada,
Belorusiyada, Moldaviyada, Litvada bu usuldaturar-joy binolari qurilishi uchun moddiy texnika bazasi yaratildi vahajmiy-blok uysozligi yo‘lga qo‘yildi.
O‘zbekistonda ham hajmiybloklardan binolar qurilishini amalga oshirish uchun barcha ob’ektiv vasub’ektiv sharoitlar mavjud. Hajmiy blok binoning zavod sharoitidadeyarli yoki to‘liq tugallangan holda ishlab chiqarilgan bir qismidir.
Bunda uysozlik usulida zavodda yig‘ma element sifatida tayyor blokxona (ba’zan, balkoni, lodjiyasi yoki erkeribilan), blok - kvartira,zinaxona bloki, sanitariya-texnika kabinasi bloki kabi hajmiy bloklarishlab chiqariladi va qurilish maydoniga tashib keltirib maxsus kranlaryordamida montaj qilinadi (2-rasm). Bunda qurilishga ketadigan mehnatsarfining 8085 foyizi zavod sharoitiga o‘tkaziladi. Bu ko‘rsatkich yig‘mapanel uysozligida 35-40 % ni tashkil qiladi xalos. Yirik panellardan farqli o‘laroq, hajmiy blok k onstruksiyalar bir muncha ko‘pfunksiyalarga mo‘ljallangan bo‘ladilar.
2-rasm. Turar-joy binolari hajmiy bloklarining asosiy turlari: a - sanitariya-texnika kabinasi bloki; b - blok-xona balkoni bilan; v - blok-kvartira; g - zinaxona bloki.
Uysozlik kombinatlarida ishlab chiqarilgan hajmiy bloklarni binoquriladigan joyga tashib keltirish uchun maxsus katta maydonchalipritsepli avtotransport kerak bo‘ladi. Massasi 5 tonnagacha bo‘lganhajmiy bloklarni oddiy (masalan, minora kran) kranlar yordamidamontaj qilish mumkin. Og‘irligi katta yirik hajmiy
bloklarni montajqilish uchun maxsus portal tipidagi kranlardan foydalaniladi.
Hajmiy bloklardan quriladigan binolarni loyihalashdagi asosiy vazifalardan biri - binoni hajmiy bloklarga oqilona bo‘lishdir
(3-rasm).



Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə