4)
Ob’ekt va jarayonlardagi muhim belgilarni, tushuncha va mulohazalarda aks
ettirish;
5)
onglilik, ya’ni tushunchalar orasidagi bog‘lanishni tushuna olish va
mulohazalarni asoslay olish;
6)
mustahkamlik, ya’ni o‘quvchilar xotirasida uzoq saqlab qolish.
O‘quvchilar bilimini tekshirish va baholash didaktikada barcha fanlar uchun
umumiy qilib berilgan. Bilimlarni tekshirish va baholash maqsadi o‘qituvchi uchun
o‘quv materialini o‘quvchilarning o‘zlatirish sifatini, dasturdagi bilimlarni egallash
darajasini, malaka va ko‘nikmalarni hosil qilinganligini aniqlashdan iboratdir.
Bu orqali o‘qituvchi o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini o‘quvchilar
matematikadan o‘zlashtirishi majburiy bo‘lgan bilimlar hajmini o‘quv dasturi bilan
soltshtiradi. Shu hajmni o‘zlashtirish va mustaqil masalalar
yechishga erishish
uchun lozim bo‘lgan bilimlar hosil bo‘ldimi yoki yo‘qmi ekanligini doimo nazorat
qilib boradi.
Yangi masalalarni yechishda bilimlarni amaliyotga qo‘llash va o‘qituvchi
tomonidan o‘quvchilarning matematikadan bilim va malakalarini tekshirishning
usullari xilma-xil bo‘lib, ular o‘quvchilarning og‘zaki
yoki yozma bayon qilishi,
masala yoki misol yechishi, aniq
bilimlardan foydalanib chizish, o‘lchash,
laboratoriya ishlarini bajarilishi kabilar orqali aniqlanadi.
Masalan, o‘quvchi ko‘paytmani ko‘paytirishdan hosil bo‘lishini bilsada,
“ko‘payuvchi 15, ko‘paytuvchi 6, ko‘paytmani toping” – degan masalani yechishda
qiynaladi. Shuning uchun o‘quvchining har bir javobida yuqorida aytilgan
bosqichlarni bajarish zarur.
O‘quvchilar bilimini og‘zaki aniqlash
O‘quvchilar bilimini tekshirishning yana bir usuli o‘quvchilardan individual
so‘rash hisoblanadi. Bu so‘rash uncha katta bo‘lmagan og‘zaki
hisoblash bilan
bog‘langan bo‘lishi kerak. Bunday so‘rashni o‘qituvchi odatda uy vazifasini
tekshirish bilan bog‘laydi.
Og‘zaki hisoblash malakalarini tekshirish
maqsadida sinfning barcha
o‘quvchilari bilan misol va masalalar yechishda qo‘llaniladi. O‘qituvchi misolni
aytadi, o‘quvchilar og‘zaki yechib, daftaridagi taalluqli raqam to‘g‘risiga
faqat
javoblarini yozib qo‘yadilar. Bunday topshiriqni har bir darsda 7–10 minut davomida
o‘tkazish maqsadga muvofiq.
O‘quvchilar bilimini yozma ish orqali aniqlash
Bilimlarni to‘laroq tekshirish uchun dasturning o‘tilgan bo‘limi bo‘yicha
yozma ishlar olinadi.
Masalan, IV sinfda ko‘p xonali sonlarni raqamlash haqida o‘quvchilar bilimini
tekshirishdagi yozma ishga quyidagi savollarni qo‘yish mumkin.
Savol va misollar. Nima tekshiriladi.
1.
Yuz ming o‘n mingdan necha marta katta? Тurli xona
birliklari orasidagi
munosabat.
2.
Sakkiz mingda nechta yuz bor?
3.
542000 da nechta o‘n ming bor?
4.
267805 dagi eng yuqori xonani toping. Xonalar bo‘yicha sinflarning
raqamini bilish.
5.
Ikkinchi sinf birligini toping.
6.
Тurli xona birliklarini, ahamiyatini 3 raqami ifodalaydigan ikkita son
yozing.Raqamlar o‘rnining ahamiyatini bilish
7.
7,8 va 9 raqamlar yordamida ikkita uch xonali son yozing.Raqam va son
orasidagi farqni bilish
8.
Barcha raqamlarni yozing.
9.
37245 sonni qo‘shiluvchi razryadlarining yig‘indisiga almashtiring.Sonni
qo‘shuvchi razryadlar yig‘indisiga almashtirish malakasi.
10.
999+2, 1000000-1, 9998+3, 10000-2 misollarni yeching.Raqamlash
bilimining arifmetik amallar bajarishga tatbiq qilishni bilish.
11.
997 va 1002 sonlarining orasida qanday sonlar bor.Natural sonlar
qatori ketma-ketligini bilish.
1–3 vazifalarni o‘qituvchi og‘zaki bayon qiladi. O‘quvchilar esa misollarga
taalluqli
javoblarni daftariga shu raqamlar yoniga yozib qo‘yadi. 9–11 vazifalar esa sinf
doskasiga yoziladi. O‘quvchilar uni daftariga ko‘chirib oladilar. Shuning uchun 9–
11 vazifalarni 2 xil tuzish kerak. Bu bir-biridan faqat sonlari bilan farq qilishi lozim.
O‘qituvchi o‘quvchilar ishini tekshiradi, ularning yo‘l qo‘ygan xatolarini
qayd qiladi, keyin yozma ishni xulosalash maqsadida reyting jadvali tuziladi.
Dostları ilə paylaş: