7-modul. Po‘latlarni kimyoviy-termik ishlash. Rеja



Yüklə 126,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/12
tarix30.12.2023
ölçüsü126,82 Kb.
#165637
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Mufelь pechlari
. Qizdiriladigan detallar pechning maxsus kamerasiga joylanadi, 
kamera alanga
yoki 
elektr energiyasi
bilan qizdiriladi. 
Tigelь pechlari
. Bunday pechlar ichida suyuqlantirilgan tuz yoki qo‘rg‘oshin 
bo‘lgan tigellar-vannalshardir. Bunday pechlar tuzli yoki qo‘rg‘oshinli vannalar 
deb ataladi.

Alangali pechlar ham ishlatiladi. 




Ba’zan, qizdirilanadigan detallarni oksidlanishdan va uglerodsizlashdan saklash 
uchun mufelь yoki elektr pechlarining kameralarida neytralь atmosfera hosil 
qilinadi. Bunday pechlar himoya 
atmosferali
pechlar
deyiladi. 
 
Sovitish tezligi 
Austenitni martensitga aylantirish uchun po‘latni tez sovitish kerak. Bir xil 
tezlikda sovitish yaramaydi. 650
o
S gacha sekinroq sovitish kerak, chunki bu fazada 
austenit barqarorligi past va u osongina perlitga aylanishi mumkin. Lekin, juda 
sekin sovitilsa austenitdan ferrit ajraladi. 650-400
o
S oralig‘ida tez sovitiladi: bunda 
austenit o‘zgarishga ulgurmaydi. 400
o
S dan pastda sekinrok sovitsa bo‘ladi: bunda 
austenit birmuncha barqaror. Ayniqsa, 300
o
S dan pastda sekinrok sovitish 
maqsadga muvofik, chunki tez sovitilsa struktura kuchlanishlarga termik 
kuchlanishlar ham qo‘shilishi mumkin. 
Suv 650-550
o
S orasida tez sovitib qolmay, 300-200
o
S da ham tez sovitadi: bu 
uning kamchiligidir. Moyning sovitish tezligi 650-550
o
S da suvnikiga qaraganda 4 
barovar, 300-200
o
S da 10 barovar kichik. 
Po‘latlarni toblash xossalari 
 
Toblashdan maqsad eng yuqori qattiqlikni olish, ya’ni martensit strukturasini 
olish. Bunda keyingi bo‘shatish bilan qattiqlik biroz pasaytirilib, po‘lat plastikligi 
oshiriladi.
Qizdirish haroratiga qarab to‘la va to‘la emas bo‘ladi. to‘la toblashda po‘lat bir 
fazali austenit holatiga o‘tkaziladi; ya’ni kritik harorat A
s3 
dan yuqorida qizdiriladi 
( yoki A
sm
dan yuqorida
). To‘la emas toblashda kritik haroratlar A
s1
va A
s3 
(A
sm

oralig‘ida qizdiriladi. (rasm ). 
Rasm 4 Evtektoidgacha va evtektoiddan keyingi po‘latlarni optimal toblash 
harorati (a) va yuqori legirlangan lideburitli po‘latlarni optimal toblash harorati (b) 


Evtektoidgacha bo‘lgan po‘lat, odatda to‘la toblanadi: A
s3 
+(30...50°S) da 
qizdiriladi. bunda mayda donali austenit va o‘z navbatida mayda donali 
(sovitilgandan so‘ng) mayda kristalli martensit olinadi.
Evtektoiddan keyingi po‘latlar to‘la emas toblanadi. Uglerodli va kam 
legirlangan po‘latlar uchun optimal qizdirish harorati - A
s1 
+(30..50°S). Yuqori 
legirlangan asbobsozlik po‘latlarini (R18; R9K5) issiqbardoshligini oshirish 
maqsadida juda yuqori haroratgacha qizdiriladi. Bunda barcha ikkilamchi karbidlar 
parchalanadi; austenit ugleroddan tashqari, karbidlar tarkibidagi legirlovchi 
elementlar bilan ham to‘yinadi. Natijada yuqori legirlangan, ya’ni issiqbardosh 
martensit hosil bo‘ladi. 
Agar yuqori legirlangan asbobsozlik po‘lati asosan ishqalanib yeyilishga turg‘un 
bo‘lishi lozim bo‘lsa, po‘lat pastroq– 900-1000°S da qizdiriladi. 
Martensit strukturasini olish uchun austenitni aylanish haroratigacha o‘ta sovitish 
kerak, demak sovitish tezligi kritik sovitish tezligidan (Vkr) katta bo‘lishi lozim. 
Uglerodli po‘latlar uchun kritik sovitish tezligi Vkr = 400-1400°l ga teng. Bunday 
po‘latlarni austenitini martensitga aylantirish haroratigacha o‘ta sovitish juda tez 
birdaniga – shiddatli sovitish lozim. Bunga erishish uchun toblangan po‘latni 
sovuq suvga yoki har xil tuzlarning (NaCl, NaOH) suvdagi eritmasiga cho‘ktirish 
kerak. Quyida har xil toblovchi muhitlarning sovitish qobiliyati berilgan. 
Natriy ishqori eritmasida sovitilsa, toblangandan so‘ng po‘latning zanglashligi 
bo‘lmaydi. 
 


Sovitish davrida po‘lat sirtida bug‘ (par) plenkasi hosil bo‘lishi kerak emas, chunki 
u sovitish muhitini issiq almashishiga to‘sqinlik qiladi.
Eng yaxshi davr bu sovutuvchi muhitni ko‘pirib qaynash davridir. Buni harorat 
intervali qancha katta bo‘lsa, sovituvchi muhit shuncha shiddat bilan sovitadi. 
Toblash texnologiyasiga rioya qilinmaganda, ichki kuchlanish paydo bo‘lib detalni 
qiyshayishga (tob tashlashga) va darz ketishga olib kelishi mumkin. Ichki 
kuchlanishlarni asosiy manbai austenitni martensitga aylanishida hajmning 
kattalashishidir. 

Yüklə 126,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə