7-sinf Jahon tarixi i-chorak



Yüklə 139,46 Kb.
tarix15.03.2018
ölçüsü139,46 Kb.
#31646

7-sinf Jahon tarixi

I-CHORAK




1. O’rta asrlar tarixi qaysi davrlarni o’z ishiga oladi?

  1. V asr oxiridan- XV asrning oxirigacha

  2. V asr oxiridan – XI asr o`rtalarigacha

  3. IV asrdan – IX asr boshlarigacha

  4. XI asr o`rtalaridan- XV asr oxirigacha

2. German qabilalarida milodiy asr boshlarida qaysi omil xo’jalikda dehqonchilikning ahamiyatini oshiradi?

  1. oddiy yog`och so`qadan temir plugga o`tilishi

  2. almashlab ekishning qo`llanilishi

  3. aholi sonining ko`payishi

  4. yangi yerlarni bosib olishi

3. Qaysi davrdan boshlab german qabilalari ikki dalali almashlab ekish yo’liga o’tdilar?

  1. Milodiy III asrdan

  2. Milodiy IV asrdan

  3. Milodiy V asrdan

  4. Milodiy VI asr oxiridan

4. V asr boshlarida Pireneya yarim oroli va Galliyaning bir qismida o`z davlatini tashkil qilgan german qabilalarini belgilang.

  1. Franklar B. Vesgotlar

C. Angl-Sakslar D. Vandallar

5. Franklar davlatida asosiy ishchi kuchini kimlar tashkil etgan?



  1. qaram dehqonlar va rim-gallar

  2. qullar va kolonlar

  3. yollanma ishchilar va ayollar

  4. yarim ozod kishilar va kolonlar

6. Frank feodallari yerlarida qachondan boshlab qullar, kolonlardan tashqari o'z erkinligini yo'qotgan franklar ham ishlagan?

  1. V asr boshlaridan

  2. X asr o`rtalaridan

  3. V asrning so`nggi choragidan

  4. VI asr oxiridan

7. Quyidagi qaysi davlatda qirol tomonidan qabul qilingan yangi qonunlar xususiy mulkchilik va

tengsizlikni mustahkamlagan?

  1. Muqaddas Rim imperiyasida



  1. Franklar davlatida

  2. Uesseks qirolligida

  3. Vizantiya imperiyasida

8. Quyidagi qaysi hukmdor o`z davlatida yangi qonunlar tuzishga, maorif va madaniyatining rivojlanishiga ulkan hissa qo`shgan?

  1. Pipin Pakana B. Xlodvig

C. Otton III D. Buyuk Karl

9. Franklar qiroli Buyuk Karlga qaysi Rim papasi imperatorlik tojini kiydiradi?



  1. Lev III B. Ioann XII

C. Innokentiy III D. Grigoriy IX

10. Franklar davlatida kimning davriga kelib kuchli otliq qo’shin vujudga keldi?



  1. Genrix I B. Otton I

C. Fridrix I D. Otton III

11. Muqaddas Rim imperiyasi qaysi yillarda hukm suradi?



  1. 919-1807-yillarda

  2. 962-1806-yillarda

  3. 632-1258-yillarda

  4. 919-962-yillarda

12. Rim legionlari qachon Britaniyani tashlab Italiyaga qaytdilar?

  1. 407-yil B. 476-yil

C. 534-yil D. 486-yil

13. Britaniya oroliga yordamga kelgan yut, angl, saks qabilalari qayerlarda yashagan?



  1. Germaniya va Italiyaning shimoliy hududlarida

  2. Germaniyaning shimoli va Yutlandiya yarim orolida

  3. Irlandiya va Shotlandiya, qisman Britaniyaning g`arbiy chekkasida

  4. Fransiyaning shimoli-g`arbidagi Armorika viloyatida

14. Fransiyaning shimoli-g’arbidagi Armorika viloyatiga nima sababdan Bretan nomini oladi?

  1. yut, angl va sakslar hujumi sababli

  2. Mersiya shevasining tobora keng qo`llanilganligi sababli

  3. brittlarning ommaviy ko`chishi sababli

  4. ma’muriy markaz bo`lganligi sababli

15. Angliya qiroli Buyuk Alfred qachon danyaliklar bilan tilnchlik sulhini tuzgan?

  1. 879-yil B. 871-yil

C. 900-yil D. 842-yil

16. Qaysi davlatda tashkil etilgan boshlang`ich va o`rta maktablarning ko`pchiligi G`arbiy Yevropadagi cherkov va monastr o`quv muassasalaridan farqliroq xususiy yoki davlatniki bo`lgan?



  1. Vizantiya imperiyasida

  2. Franklar imperiyasida

  3. Muqaddas Rim imperiyasida

  4. Kiyev Rusda

17. Shimoliy Afrikada joylashib davlat tuzgan va O`rta dengizda savdo kemalarini talash bilan shug`ullangan german qabilalarini ko`rsating.

  1. Vestgotlar B. Vandallar

C. Tyuringlar D. Alemannlar

18. Vizantiyaliklarga qarshi kurashda qaysi german qabilasi qochoq qullarga ozodlik berib, ulardan foydalanishgan?



  1. Vestgotlar B. Vandallar

C. Ostgotlar D. Alemannlar

19. Slavyan dehqonlari boshoqli ekinlardan ko`proq arpa va tariq ekkanliklari haqida ma’lumot yozib qoldirgan Vizantiya tarixchisini belgilang.



  1. Agafiy B. Menandr

C. Mavrikiy D. Eyngard

20. O`rta asrlarda Polsha mustaqilligini saqlab qolish uchun qaysi davlat hukmdorlariga qarshi kurashlar olib borgan?



  1. Fransiya B. Vizantiya

C. Angliya D. Germaniya

21. X asr boshida ko`chmanchi vengerlar zarbasidan parchalanib ketgan davlatni aniqlang.



  1. Chexiya B. Bolgariya

C. Polsha D. Buyuk Moraviya

22. Qaysi yili German imperatori Rim papasiga qarshi og`ir kurashda unga yordam bergan chex knyaziga qirol unvonini beradi?



  1. 1095-yil B. 1045-yil

C. 1054-yil D. 1085-yil

23. X asr oxirida Vizantiya tomonidan bosib olingan slavyan davlatini aniqlang.



  1. Chexiya B. Polsha

C. Buyuk Moraviya D. Bolgariya

24. “Anglosakson solnomasi” qaysi Angliya qiroli davrida tuzilgan?



  1. Buyuk Alfred B. Garold

C. Vilgelm I D. Genrix II

25. Angliyada tashkil topgan Uesseks qirolligida daniyaliklar hujumlaridan keyin ……….. biladigan odamlar deyarli qolmagan edi.



  1. harbiy san’at mahoratini

  2. dunyoviy bilimlarni

  3. lotin tilini

  4. dengizchilik qobiliyatini





7-sinf Jahon tarixi

II-CHORAK


1. 882-yilda o`z lashkari bilan Kiyevni egallab, Kiyev Rusi davlatiga asos solgan hukmdorni belgilang.

  1. Oleg B. Igor

C. Ryurik D. Svyatoslav

2. Kiyev Rusi taxtiga o`tirgan Igor o`z knyazlgini ...



  1. Vizantiyaga yurish qilishdan boshlaydi.

  2. ko`chmanchi bijanak qabilalariga qarshi urushdan boshlaydi.

  3. Konstantinopolga tashrif buyurib xristianlikni qabul qilishdan boshlaydi.

  4. Ruslarning qonunlar to`plamini tuzishdan boshlaydi.

3. Svyatoslav vorislari o’rtasida hokimiyat uchun kurash qaysi yillar oralig’ida bo’lib o’tgan?

  1. 970-982-yillar B. 972-980-yillar

C. 964-980-yillar D. 980-1015-yillar

4. Qaysi Kiyev Rusi knyazi davrida Novgorodda uch yuz ruhoniy tayyorlaydigan bilim yurti ochiladi?



  1. Yaroslav B. Svyatoslav

C. Vladimir D. V.Monomax

5. Kiyev Rusi qonunlar to`plami “Rus haqiqati” dagi ko`pchilik moddalarda……..



  1. jinoyat uchun harbiy majburiyat o`tab berishi ko`zda tutilgan.

  2. aybdor qullikka mahkum etilgan.

  3. o`lim jazosi belgilangan.

  4. jarima to`lash ko`zda tutilgan.

6. Buyuk Karl saroyida tashkil etilgan saroy akademiyasi olimlari nimalar bilan mashg`ul bo`lishgan?

  1. Franklar imperiyasi tarixini yozish bilan;

  2. Buyuk Karl hayoti va faoliyati haqidagi ma’lumotlarni yozish bilan;

  3. Antik davr mualliflari asarlarini o`rganish, she’rlar bitish bilan;

  4. Yunon tilidagi asarlarni lotin tiliga tarjima qilish bilan

7. Quyidagi nomlari keltirilgan shaxslardan qaysi biri Afina akademiyasiga asos solgan?

  1. Alkuin B. Platon

C. Agafiy D. Eyngard

8. “Tarixchilar o`zlari ishtirok etgan voqealarni batafsil bayon etardilar, Geograflar esa xarita va shahar chizmasini chizardilar. O`sha vaqtlarda Yevropaning boshqa qismida bunday ishlar qilinmagan edi.”

Yuqoridagi ushbu ta’rif qaysi davlatga nisbatan berilgan?


  1. Franklar imperiyasi

  2. Vizantiya imperiyasi

  3. Muqaddas Rim imperiyasi

  4. Kiyev Rusi

9. O`rta asrlarda qaysi davlatda tashkil etilgan o`rta maktablar asrlar o`tib universitetlar uchun asos bo`lgan?

  1. Vizantiya imperiyasida

  2. Franklar davlatida

  3. Muqaddas Rim imperiyasida

  4. Kiyev Rusda

10. Qachondan boshlab to’g’ri burchakli ibodatxonalar o’rniga ko’rinishidan xochsifat o’rtasi xoch gumbazli ibodatxonalar barpo qilingan?

  1. X—XI asrlardan

  2. IX asr oxiri-X asr boshlaridan

  3. XI-XII asrlardan

  4. XIII-XIV asrlardan

11. Somiy xalqlariga mansub xalqlar tomonidan tuzilgan Qadimgi Sharqning mashhur davlatlarni belgilang.

  1. Akkad, Bobil, Isroil

  2. Xett, Akkad, Urartu

  3. Ossuriya, Midiya, Falastin

  4. Mitanni, Bobil, Xett

12. Arablarda qaysi davrga kelib aholi soni ko’payib qabilalar orasida suv manbalari va yaylovlar uchun kurash kuchayadi?

  1. V-VI asrlar B. IV-VI asrlar

C. VI-VII asrlar D. VII-VIII asrlar

13. Eron shohi Xusrav I 570-yilda .... ni istilo qilishi bilan karvon yo’li eronliklrga qarashli ikki daryo oralig’ida siljiydi.



  1. Yasrib B. Hijoz

C. Makka D. Yaman

14. Islom dini manbalarida yozilishicha Muhammad alayhissalomga qachondan boshlab vahiy kela boshlaydi?



  1. 570-yildan B. 610-yildan

C. 622-yildan D. 630-yildan

15. Xalifa usmon hukmronligi davrida…..



  1. Shimoliy Afrika to’liq bo’ysundirildi.

  2. arab zodagonlari xalifaga bosib olingan yerlarni taqsimlash taklifi bilan murojaat qiladilar.

  3. arablar Falastin, Suriya, Misr va Liviyani, Eronning katta qismini istilo qilganlar

  4. Qur'on oyatlari to'planib yagona kitob holiga keltirilgan.

16. Qaysi hududlar istilo etilgach, arab zodagonlari xalifaga bosib olingan yerlarni taqsimlash taklifi bilan murojaat qiladilar?

  1. Iroq va Liviya

  2. Falastin va Suriya

  3. Suriya va Eron

  4. Misr va Liviya

17. Tarixda “qizil ko’ylaklilar” nomini olgan qo’zg’olon qayerda bo’lib o’tgan?

  1. Buxoroda 751-yilda Sharik ibn Shayxulmaxri boshchiligida

  2. Sug’dda 769-yilda Muqanna boshchiligida

  3. Samarqandda 806-yil Rofe ibn Lays boshchiligida

  4. Ozarbayjonda 815-yilda Bobek boshchiligida

18. Quyidagi qaysi qo’zg’olon natijasida Arab xalifaligi boshqaruvi yangi sulola vakillari qo’liga o’tadi?

  1. Muqanna B. Rofe ibn Lays

C. Bobek D. Abu Muslim

19. Arab xalifaligining qaysi shaharlarida rasadxonalar barpo etilib, ularda murakkab o'lchovlardan foydalangan astronomlar yer sharining meridianini hisoblab chiqqanlar?



  1. Xalab va Damashq

  2. Hirot va Nishpur

  3. Damashq va Bog’dod

  4. Isfahon va Balx

20. Arab xalifaligida qaysi soliq turi chorva mollari va savdodan olinib, 1/40 hissani tashkil etgan?

  1. Xiroj B. Ushr

C. Jizya D. Zakot

21. Xitoyda qaysi sulola davrida buddaviylik dini keng yoyiladi?



  1. Suy sulolasi davrida

  2. Tan sulolasi davrida

  3. Sun sulolasi davrida

  4. U Day sulolasi davrida

22. Qachondan boshlab Xitoyda shahar hunarmandlari kasb uyushmalari- sexlar tuzilgan?

  1. VII-VIII asrlarda

  2. IV-V asrlarda

  3. XIV-XV asrlarda

  4. X-XI asrlarda

23. Xitoyda qaysi sulola davrida ularning ixtiyorida kuchli qo`shindan tashqari ko`p sonli sodiq amaldorlari ham bo`lgan?

  1. Suy sulolasi davrida

  2. Tan sulolasi davrida

  3. U Day sulolasi davrida

  4. Sun sulolasi davrida

24. Quyidagi qaysi shahar Guptalar sulolasi davrida poytaxt vazifasini bajargan?

  1. Dehli B. Kalikut

C. Pataliputra D. Agra

25. O’rta asrlarda qaysi xalq astronomlarining tadqiqotlari ularga Yerning aylanishi faraziga kelish imkonini bergan?



  1. xitoy B. hind

C. fors D. arab




7-sinf Jahon tarixi

III- CHORAK





  1. Fransiya qiroli Filipp II qaysi Angliya qiroli bilan inglizlarning Fransiyadagi mulklari uchun kurash boshlaydi?

A. Ioann B. Vilgelm

C. Richard D. Eduard III



  1. Fransiyada X-XI-asrlarda shaharlar rivoj topishi bilan nima yuz beradi?

A. feodallar o’z yerlarini dehqonlarga merosiy ijaraga bera boshlaydilar.

B. qishloq ho’jaligi, hunarmandchilik va savdo-sotiq o’sishi boshlanadi.

C. yangi o’zlashtirilgan yerlarda dehqonlar qaramligi bekor qilinib, soliqlarning bir qismini pul bilan to’ladigan bo’ladi.

D. yangi ijtimoiy tabaqa – shaharliklar soni ko’paya boradi.



  1. Anafema nima?

A. maxsus qirol farmoni

B. maxsus cherkov yig’ilishi

C. gunohlarni kechish yorlig’i

D. cherkovning la'nat e’lon qilinishi

4. Fridrix I Barbarossa Ronkal vodiysida qachon seym chaqirgan?

A. 1156-yilda B. 1158-yilda

C. 1162-yilda D. 1176-yilda

5. Germaniyada qaysi davr mobaynida umuman imperator saylanmaydi?

A. 1254-1273-yy. B. 1273-1289-yy.

C. 1437-1473-yy. D. 1237-1282-yy.

6. Fransiyada qirol Filipp II davrida tuzilgan umumdavlat boshqaruv tashkilotlarini belgilang.

A. General shtatlar, Oliy Kengash, Soliq boshqarmasi

B. Qirol kengashi, General shtatlar, Harbiy boshqarma

C. Oliy Kengash, Soliq boshqarmasi, Oliy Sud

D. Qirol kengashi, Oliy Sud, Moliya boshqarmasi

7. Angliyada qabul qilingan «Buyuk erkinlik xartiyasi» ga ko’ra …

A. qirol cherkovning erkin saylovlariga rioya qilishni qabul qiladi.

B. qirol vassallardan odatdagidan ko’p to’lovlar olmaslikni qabul qiladi

C. baronlarni qamamaslik va ularning mol-mulkidan mahrum qilmaslik shartini oladi.

D. barchasi to’g’ri

8. Yevropada monastrlar atrofida barpo etilgan shaharlarni aniqlang?


    1. Muynster, Sen-Gallen, Sen-Dene

    2. Strasburg, Gamburg, Ausburg

    3. Padeborn, Bremen, Bryugge

    4. Sen-Gallen, Sveybryukken, Gamburg

9. “Yuz yillik urush” davrida Azenkur yaqinida jang qachon yuz bergan?

A. 1360-yilda B. 1422-yilda

C. 1420-yilda D. 1415-yilda

10. “Yuz yillik urush” davrida Angliyani qaysi davlat qo’llab-quvvatlagan?

A. Shotlandiya B. Portugaliya

C. Kastiliya D. A va C

11. Ushbu hududlardan qaysi biri “Ingliz tojining marvaridi” hisoblangan?

A. Tuluza B. Akvitaniya

C. Burgundiya D. Normandiya

12. Fransiyada X asrdan buyon hukmronlik qilayotgan sulolani aniqlang.

A. Valualar B. Kapetinglar

C. Karolinglar D. Burbonlar

13. Mashhur «Dekameron» asarining muallifini aniqlang.

A. Jovanni Bokkachcho

B. Kolyuchcho Salyutati

C. Francheska Petrarka

D. Rojer Bekon

14. Qaysi yili Angliyada jon solig’i joriy qilinadi?

A. 1381 yili B. 1379 yili

C. 1380 yili D. 1377 yili

15. Angliyada «Buyuk erkinlik xartiyasi» qachon qabul qilingan?

A. 1265 yili B. 1215 yili

C. 1203 yili D. 1199 yili

16. Yevropada feodallarning qaram dehqonlar mehnati bilan ishlanadigan yer-mulk maydоni nima deyiladi?

A. Feod B. Dоmen

C. Benefitsiy D. Allod

17. Fransiyada qaysi gersoglarning qirolga nisbatan ko’proq hudud va aholiga ega edi?

A. Normandiya, Burgundiya, Bretan, Akvitaniya

B. Anju, Tuluza, Blua

C. Normandiya, Burgundiya, Shampan, Blua

D. Flandriya, Burj, Sans, Lion

18. Yirik feodallarning “Jamiyat baxt –saodat ittifoqi” rahbarini aniqlang.

A. Karl Burgundiskiy B. Dyugeklan

C. Isaak II Angel D. Gilom Kal

19. Ikkinchi salib yurishlarida salibchilar asosini kimlar tashkil etgan?

A. ritsarlar B. feodallar

C. dehqonlar D. Qirollar

20. Yevropada ilk marotaba yer-mulk va aholini ro’yxatdan o’tkazgan hukmdor?

A. Filipp IV B. Vilgelm

C. Genrix II D. Ioann

21. Angliyada parlament ilk marotaba qaysi yili chaqiriladi?

A. 1215-yil B. 1216-yil

C. 1265-yil D. 1302-yil

22. Germaniyada quyidagi sulolalardan qaysi biri boshqalariga nisbatan oldinroq hukmronlik qilgan?

A. Shtaufenlar

B. Gabsburglar

C. Lyuksemburglar

D. Saksoniyaliklar

23. Fandagi yutuqlarga faqat ilmiy kuzatishlar va tajribalar yo’li bilan erishish mumkinligini iclotlab bergan olim kim?

A. Iogann Gutenberg

B. Rojer Bekon

C. Rober de Sorbon

D.Jovani Bokachcho

24. Bibi Maryam ibodatxonasi qayerda joylashgan?

A. Italiyada B. Ispaniyada

D. Germaniyada C. Fransiyada

25. Quyidagi universitetlardan qaysi birlari Ispaniyada joylashgan?

A. Seviliya, Neapol

B. Oksford, Kembridj

C. Tuluza, Bolonya

D. Valensiya, Seviliya



7-sinf Jahon tarixi

IV-CHORAK



1. Germaniyada hukmronlik qilgan sulolalarni boshqarish ketma-ketligini aniqlang.

1) Shtaufenlar; 2) Gabsburglar; 3) Frankoniyaliklar; 4) Saksoniyaliklar; 5) Lyuksemburglar.



  1. 1; 2; 5; 3; 4;

  2. 2; 3; 1; 5; 4;

  3. 4; 3; 1; 5; 2;

  4. 4; 3; 2; 1; 5;

2. Quyidagi asarlarni ularning mualliflari bilan to`g`ri belgilang.

1) “Bahriya” 2)“Sayohatnoma” 3) “Jahonnoma”

a) Piri Rais; b) Xoja Xalifa c)Elviya Chalabiy


  1. 1-a; 2-c; 3-b;

  2. 1-c; 2-a; 3-b;

  3. 1-b; 2-c; 3-a;

  4. 1-a; 2-b; 3-c;

3. Mo`g`ullar davrida aholidan shoshilinch yig`iladigan soliq bu-…

  1. Talab

  2. Qopchur

  3. Chiqim

  4. Shulen

4. Quyidagi yer egaligi turlarining qaysilari harbiy hizmat evaziga inom etilgan?

1) benefetsiy; 2) patta; 3) grass; 4) iqto; 5) tumori; 6) xolisa; 7) syoen



  1. 1,2,4,7

  2. 1,3,4,5

  3. 1,5,6,7

  4. 1,2,3,4,5,6,

5. Quyidagi hukmdorlarning g`yritabiiy qobiliyatlari va qudratiga qayil qolgan zamondoshlari tomonidan ularga berilgan nomlarni to`g`ri ko`rsating.

1) Otton III; 2) Fridrix II; 3) Fridrix I Barbarosa; 4) Muhammad Tug`luq; 5) Yaroslav; 6) Karl V;

a)Dunyo mo`jizasi ; b) Jahon hayrati; c) Yerdagi jonli qonun; d) Iskandar Zulqarnayn davomchisi; e) Donishmand; f) Dono;


  1. 1- a; 2- b; 3-c; 4-d; 5-e; 6- f;

  2. 1- b; 2- a; 3-c; 4-f; 5-e; 6- d;

  3. 1- a; 2- b; 3-c; 4-d; 5-f; 6- e;

  4. 1- a; 2- c; 3-b; 4-d; 5-e; 6- f;

6. Koreyada qaysi sulola davrida ilk bora milliy koreys universitetiga asos solingan?

  1. Koryo qirolligi davrida

  2. Pekche qirolligi davrida

  3. Parxe qirolligi davrida

  4. Silla qirolligi davrida

7. Quyidagi qaysi toifa vakillari Yaponiyada yillar o`tib Yevropa ritsarlari kabi alohida toifa mayda dvaryanlarga aylandilar?

  1. Samuraylar

  2. Syogunlar

  3. Xankelar

  4. Ryokalar

8. Xitoyda qaysi sulola davrida hukumat to`xtovsiz o`sib borayotgan harajatlarni qoplash uchun qo`shimcha qog`oz puli chiqara boshlaydi?

  1. Min sulolasi

  2. Yuan sulolasi

  3. Suy sulolasi

  4. U Day sulolasi

9. Choson qirolligida Sechjon Buyuk hukmronligi yillarida amalga oshirilgan o`zgarishlarni ko`rsating.

1) Koreys madaniyati va san’ati gullab yashnadi.

2) Pulguksa ibodatxonasi qurildi.

3) Soliq tizimida islohotlar o`tkazildi

4)Yangi taqvim va yulduzlar xaritasi tuzildi.

5) Yomg`irni oldindan biladigan asbob yaratildi.

6) Ilk bora milliy koreys universitetiga asos solindi.

7) Shamol tezligi va yo`nalishini aniqlaydigan asbob yaratildi.

8) Xitoy yuzuvi va iyerogliflari hamda buddizm kirib keldi.

9) Quyosh va suv soatlari yaratildi.

10) Uning rahbarligida qirol akademiyasi olimlari koreys alifbosini yaratdi.

11) Poytaxtni Kegyondan Xansonga ko`chirdi.



  1. 1,3,4,5,7,9,10

  2. 1,2,3,4,5,9,10

  3. 1,3,4,6,7,10,11

  4. 3,4,5,7,8,9,10

10. Qaysi javobda o`rta asrlarda ma’lum bir davlatlarning poytaxtlari keltirilgan?

  1. Niara, Kusko, Chichen-Itsada, Sonak, Qoraqurum, Kioto.

  2. Pataliputra, Osaka, Istanbul, Saroy, Nikomediya, Xanson.

  3. Niara, Kusko, Pataliputra, Tenochtitlan, Xanchjou, Blekuexoll.

  4. Xeyyan, Kuchkovo, Nikeya, Gao, Tombuktu, Xanson.

11. Afrikadagi qaysi davlatning asosiy daromad manbayi transit savdo va oltin konlari bo`lgan?

  1. Gana

  2. Sangai

  3. Aksum

  4. Mali

12. O`rta asrlarda Tombuktu madrasasida ilohiyotdab tashqari yana qanday fanlar o`qitilgan?

  1. Tarix, metematika, fiqh, astronomiya

  2. Geografiya, tarix, she’riyat, falsafa

  3. Matematika, geometriya, falsafa, fiqh

  4. Tarix, fiqh, adabiyot, musiqa

13. Eron Xolukuiylari davlati bilan Kavkazorti uchun janglarning birida xalok bo`lgan Oltin O`rda xoni kim?

  1. Botuxon

  2. Berkaxon

  3. O`zbekxon

  4. Jonibek

14. Qusidagi qaysi tarixiy veqealar aynan IV-V asrlarda sodir bo`lgan?

1) Guptalar davlatida yirik yer egalari tabaqasi shakllandi.

2) German qabilalari keng huddudlarni nazorat qiluvchi qabilalar ittifoqiga birlasha boshladi.

3) Koguryo qirolligi Koreya yarimorolining shimoliy qismi va qo`shni Lyaodun yarimorolini egalladi.

4) Vizantiyada feodal munosabatlar uzil kesil o`rnatildi.

5) Aksum davlati eng qudratli davlatga aylandi.

6) Xristianlik dini Yevropada keng hududlarda tarqaldi.

7) Xitoyda yer egaligi munosabatlari shakllandi.



  1. 1,2,3,5

  2. 1,2,4,5,7

  3. 2,3,4,6,7

  4. 1,2,3,4,5,6,7

15. Yuriy dolgorukiy avlodlari Vladimir knyazligini qaysi yilga qadar boshqarganlar?

A. 1147-yilga qadar

B. 1242-yilga qadar

C. 1480-yilga qadar

D. 1547-yilga qadar

16. Quyidagi lavozimlardan qaysi biri Oltin O’rdada ijro hokimiyatining boshlig’i hisoblangan?

A. Vazir

B. Beklarbegi

C. Ulusbegi

D. Bosqoq

17. Oltin O’rda hukmdori O’zbekxon qaysi yili islomni davlat dini deb e’lon qildi?

A. 1312-yil B. 1314-yil

C. 1325-yil D. 1342-yil

18. O’zini “Iskandar Zulqarnaynning davomchisi” deb nomlagan Dehli sultoni kim?

A. Shamsiddin Eltutmish

B. Alouddin Xiljiy

C. Muhammad Tug’luq

D. Feruzshoh Tug’luq

19. O’rta asrlarda quyidagi qabilalardan qaysi biriyer taqchil bo’lganligi sababli “suzuvchi dalalar” ham yaratganlar?

A. mayyalar B. asteklar

C. kechualar D. tolteklar

20. Qaysi javobda Mayyalar davlati poytaxti ko’rsatilgan?

A. Tenochtitlan B. Kusko

C. Niara D. Chichen-Itsa

21. 1076-yilda Ganani istilo qilib uni talagan Marokash sultoni kim?

A. Sudiata Keyt B. Abu Bakr

C. Muso I D. Almi

22. Usminiylar davlatida otliq qo’shin qanday nomlangan?

A. keshik B. yanichar

C. musallam D. tumori

23.O’rta asrlarda tashkil topgan Afrikadagi qaysi davlat hukmdorlarining shaxsiy gvardiyasi qullardan tuzilgan?

A. Sangai B. Mali

C. Gana D. Aksum

24. Manbalarda yozilishicha quyidagi qaysi davlat qishloqlarida XIV-XV asrlarda tez-tez ocharchilik takrorlanib turgan?

A. Yaponiya B. Xitoy

C. Veytnam D. Tailand

25. Yuksak g’oyali, o’qimishli kishini tarbiyalashda ijtimoiy fanlar: filologiya, ritorika, tarix, pedagogika, etikaning o’ta muhim ekanligini ta’kidlagan Yevropadagi ilk uyg’onish va gumanizmning yorqin vakili kim?

A. Franchesko Petrarka

B. Jovani Bokachcho

C. Rojer Bekon



D. Kolyuchcho Salyutate



I-CHORAK

TEST JAVOBLARI



1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

A

C

B

B

B

D

B

D

A

B







11

12

13

14

15

16

17

18

19

20

B

A

B

C

A

A

B

C

C

D




21

22

23

24

25

D

D

D

A

C


II-CHORAK

TEST JAVOBLARI



1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

A

B

B

A

D

C

B

B

B

A







11

12

13

14

15

16

17

18

19

20

A

C

D

B

D

C

D

D

C

D




21

22

23

24

25

B

A

A

C

B



III-CHORAK

TEST JAVOBLARI



1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

A

B

D

B

A

D

D

A

D

B







11

12

13

14

15

16

17

18

19

20

D

A

A

D

B

B

A

A

B

B




21

22

23

24

25

C

D

B

C

D



IV-CHORAK

TEST JAVOBLARI



1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

C

A

A

B

A

D

A

B

A

A







11

12

13

14

15

16

17

18

19

20

B

A

B

A

D

B

B

C

B

D




21

22

23

24

25

B

C

B

A

D


Tuzuvchi: Tarix fani o’qituvchisi Hamidjon Qosimov

Yüklə 139,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə