7-sinf jahon tarixi oddiy darajadagi testlar. 1)


O’RTA DARAJADAGI TESTLAR. (2.1)



Yüklə 2,49 Mb.
səhifə2/3
tarix05.04.2022
ölçüsü2,49 Mb.
#85069
1   2   3
7-SINF JAHON TARIXI

O’RTA DARAJADAGI TESTLAR. (2.1)

16. Quyidagi qaysi xalqlar hayotida o’z ajdodlari ruhiga siginish saqlanib qolgan?

A) Slavyanlar va saljuqiylar B) Mo’g’ullar va germanlar

C) Slavyanlar va mo’g’ullar D) Slavyanlar va franklar

17. Guptalar imperiyasi gullab yashnagan davrga quyidagilardan qaysi biri mos emas?

A) Koguryo xitoyliklarni o’z hududidan batamom surib chiqardi

B) Cherkov yig’inlari chaqirila boshlangan

C) Aksumda mahalliy yozuv islohoti o’tkazildi

D) Pekche qirolligi markazlashgan davlatga aylandi

18. O’rta asrlarda Angliyada qaysi qirolning o’z kuchiga ishongan baronlar mulkini tortib olish va vassalardan katta to’lov talab etishi unga qarshi norozilik harakatlarining kuchayishiga sabab bo’lgan?

A) Ioann B) Karl VIII C) Vilgelm I D) Mahmud G’aznaviy

19. Kichik Osiyodagi Saljuqiylar davlati butunlay parchalanib ketgan vaqtda sodir bo’lgan voqeani aniqlang.

A) Vladimir knyazligining Tver va Moskva shaharlari rus yerlarining yangi markazi sifatida yuksala boshladi

B) Knyaz Ivan III davrida Moskva Oltin O’rdaga boj-yasoq to’lashdan bosh tortdi

C) Novgorod shahri vujudga keldi

D) Nemis feodallari Boltiq bo’yida yashovchi est va lit qabillariga qarshi urush boshladi

20. Quyidagi sodir bo’lgan janglarni xronologik ketma- ketlikda joylashtiring.

1. Gastings 2. Bosfort 3. Mansikret 4. Quduzcha 5. Azenkur 6. Kulikova

A) 1, 6, 3, 5, 2, 4 B) 1, 3, 6, 4, 5, 2 C) 3, 1, 6, 4, 5, 2 D) 3, 1, 4, 6, 5, 2

21. Usmonlilar davlati qaysi hududlarni egallagan?

1. Sharqiy Yevropa 2. Kavkaz 3. Shimoliy Afrika 4. Kichik Osiyo, 5. Qrim 6. Yaqin Sharq 7. Bolqon yarimoroli

A) 1,2,4,5,6 B) 1,2,3,4,5, C) 1,2,3,4,5,6 D) 1,2,3,4,5,7

22. Svyatoslavning vorislari orasidagi kurash so‘ngida Vladimir taxtni egallaydi. Dastlab u ………

A) slavyan qabilalarining isyonini bostirib, Kiyev Rusi chegaralarida yangi mudofaa qal’alarini qurdiradi.

B) Dunay bo‘ylarida yashagan bulg‘orlarga qarshi harbiy yurish uyushtiradi.

C) ruslarga xristian dinini qabul qildirgan.

D) mahalliy knyazlar sulolalarini tugatib, ularning o‘rniga o‘g‘illarini noiblikka tayinlagan.

23. Koguryo xitoyliklarni o‘z hududidan batamom surib chiqaradi va har jihatdan rivojlangan qudratli davlatga aylanadi. Bu davrda Koguryoda quydagi qaysi sohalar rivojlangan edi?

1) dehqonchilik, 2) chorvachilik, 3) metall quyish va unga ishlov berish, 4) zargarlik, 5) qurilish, 6) qurolsozlik, 7) to‘qimachilik, 8) hunarmandchilik, 9)savdo-sotiq.

A) 1, 2, 3, 4, 5, 6 B) 3, 5, 6, 7, 8 C) 1, 3, 5, 6, 7, 9 D) 1, 3, 7, 8, 9

24. Uzоq Sharqdаn O‘rtа yer dеngizigа qаdаr hududlаrdа fаqаt kаrvоn yo‘llаri оrqаli sаvdо оlib bоrilmаgаn. Fоrs ko‘rfаzi vа Qizil dеngiz оrqаli ……………. sаvdоgаrlаrining o‘nlаb kеmаlаri suzgаn.

A) аrаb, hind, хitоy B) аrаb, hind, хitоy, vizantiya

C) arab, eron, xitoy D) xitoy, hind, eron

25. 1406-yilda istilo qilingan davlat bilan quyidagi qaysi davlat qizg’in savdo olib borgan?

A) Vizantiya B) Xitoy C) Yaponiya D) Arab xalifaligi

26. Ilk o’rta asrlarda Yevropada rohiblar toat-ibodatdan bo’sh paytlarda xattotlik bilan shug’ullanganlar, ayrimlari esa monastir qoshidagi maktablarda bolalarga dasr berishgan. Bolalarga nimalar o’rgatilgan?

1. Xattotlik 2. Yunon tili 3. Ibodat qilish 4. Duo o’qish 5. Aniq fanlar

A) 1,3,5 B) 2,3,4 C) 1,3,4 D) 3,4,5

27. XV asr o’rtalarida Fransiyada qirol hokimyatini kuchaytirgan omilni aniqlang?

A) Angliya ustidan erishilgan g’alaba

B) Mamlakatning markazlashuvi

C) Qirolning muntazam qo’shinga ega bo’lishi

D) qirol o’zboshimcha baronlar qal’alarini, ularni bo’ysundirishi.

28. Xitoyda qaysi sulola davrida markazlashuv nihoyasiga yetdi?

A) Suy B) Tan C) Yuan D) Sun

29. Vizantiya imperiyasining iqtisodiy barqarorligini taminlagan omillarni aniqlang.

1. Slavyan qabilalaridan doimiy to’lovlarning undirib olinishi

2. Aholining katta qismini dehqonlar tashkil etishi

3. Suniy sug’orishga asoslangan sermahsul ziroatchilikning bo’lishi

4. Doimiy bosqinchilik urushlarida katta o’ljalarning qo’lga kiritilishi

5. Tekin ishchi kuchi hisoblangan qullar sonining G’arbiy Rim imperiyasidagiga qaraganda ko’pligi

A) 1, 4, 5 B) 1, 4 C) 2, 3, 4 D) 2, 3

30. Quyidagi qaysi javobda xatolik mavjud?

A) Mo’g’ul qabilalari ko’pchiligi chorvachilik bilan shug’ullangan

B) Xristian dini qabul qilinishi slavyan yozuvining yaratilishiga turtki bo’ldi

C) Alkuin asarlaridan biz Buyuk Karl hayoti va faoliyati haqida ma’lumotlarni olamiz

D) “Rus haqiqati” ning ko’pchilik moddalarida jarima to’lash ko’zda tutilgan


Yüklə 2,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə