7-sinf jahon tarixi oddiy darajadagi testlar. 1)


MURAKKAB DARAJADAGI TESTLAR(3.1)



Yüklə 2,49 Mb.
səhifə3/3
tarix05.04.2022
ölçüsü2,49 Mb.
#85069
1   2   3
7-SINF JAHON TARIXI

MURAKKAB DARAJADAGI TESTLAR(3.1)

31. Quyidagi javoblar qaysi xalqga oidligini aniqlang.

1. Tabiblari bosh suyakda jarrohlik muolajalarini amalga oshira bilgan

2. Urush xudosi sharafiga odamlar qurbonlik qilingan

3. Poytaxtida zodagonlar farzanlari va oddiy xalq uchun alohida maktablar bo’lgan

4. Kohinlari Quyosh va Oy tutulishini oldindan aytib bera olganlar

5. Aniq taqvimi 12 oyga bo’lingan

a) Mayya b) Astek c) Inklar

A) a-4,b-2,3,c-1,5 B) a-3,5,b-2,4,c-1

C) a-2,3,b-5,c-1,4 D) a-3,b-2,5,c-1,4

32. Quyidagi Fransiya shaharlarning joylashgan hududini aniqlang?

1. Flandriya Fransiyaning .... qismida

2. Provans viloyati Fransiyaning ... qismida.

3. Akvitaniya Fransiyaning .... qismi.

4. Avinon Fransiyaning ... qismi.

5. Tuluza Fransiyaning ... qismi.

a) Janub b) Sharq c) Shimol d) Garb

A) 1-c, 2-a, 3-a,4-b, 5-a B) 1-c, 2-a, 3-a, 4-a, 5-a

C) 1-d, 2-b, 3-a,4-a, 5-c D) 1-c, 2-a, 3-a, 4-c, 5-a

33. Quyidagi voqealarni xronoligik ketma-ketlikda joylashtiring.

1. Mayl End dasturi qabul qilindi

2. Xitoyda Yuan Chjan boshchiligida qo’zgolon boshlandi

3. Jonibekning vafot etishi

4. Boyazid Yildirim hukmdorligi boshlanishi

5. Mo’g’ullarga qarshi kurashda Dimitriy Ivanovichning dastlabki g’alabasi

A) 2,5,3,1,4 B) 3,2,5,1,4 C) 2,3,5,4,1 D) 2,3,5,1,4

34. Poytaxtiga XII asrda asos solingan davlat tarixiga quyidagi javoblardan qay biri talluqli emas?

A) Saroy va ibodatxonalarining derazalari bo’lmagan

B) Hunarmandchilikning kulolchilik, to'qimachilik, mis va oltindan zargarlik buyumlar yasash rivojangan

C) Dini ko’p xudolikka asoslangan edi

D) Saylangan lashkarboshisi kohin vazifasini ham bajargan

35. Quyidagilardan qaysi biri rus yerlarining birlashishiga imkon bergan omillar qatoriga kirmaydi?

A) Oltin O’rda xonlari zulmiga qarshi kurash zaruriyati

B) Rus shaharlarida hunarmandchilik va savdo-sotiqning jonlanishi

C) Turli viloyatlar orasidagi aloqalarning kuchayishi

D) Yangi knyazliklarning tashkil topishi va kuchayishi

36. Quyidagi fikrlardan qaysi biri xatoligini aniqlang.

A) Yuan sulolasiga qarshi dehqonlar qo’zg’oloni XIV asr o’rtalarida Xenan va Shandun viloyatlarida boshlangan

B) O’rta asrlarda Sahroyi Kabirning sharqida chorvachilik bilan shug’ullangan masai, galla, sidamo, tuareg qabilalari yashagan

C) Xitoyda yog’och tanqis bo’lganidan qurilishda g’isht, sopol va toshdan keng foydalanilgan

D) Rusda mahalliy boyarlarning markaziy hokimiyatga qarshi kurashi XII-XIII asrlarda Kiyev, Galich-Volin, Vladimir-Suzdal knyazliklarida ham kuzatiladi

37. O’rta asrlar tarixiga oid quyidagi fikrlarning qaysi birida xatolik mavjud?

A) Cherkov yig’inlari Xan imperiyasi uchga bo’lingan davrdan chaqirilgan

B) Songai davlatining asosiy daromad manbayi tuz savdosi va oltin konlari edi

C) Tombuktu madrasasida ilohiyotdan tashqari tarix, fiqh, matematika va astronomiya kabi ilmlar o’rgatilgan

D) Nagoya shahri qal’a yaqinida qurilgan

38. Hindistonning shimoliy hududlariga turk va afg‘on qabilalarining hujumlari va joylashuvi kuchaygan vaqtida yuz bermagan voqealarni toping.

1) Yaponiyadа yer egaligi munоsаbаtlаri uzil-kеsil shakllangan. 2) sаljuqiylаrdа ham yer egaligiga asoslangan dаvlаtning uzil-kеsil shаkllаndi. 3) G‘аrbiy Yevropa mаdаniyati yuksаlа bоshlаydi. 4) Angliyada dеhqоnlаr kurаshi kuchаyadi. 5) Fransiyadа qishlоq хo‘jаligining, hunаrmаndchilik vа sаvdоning o‘sishi bоshlаnаdi. 6) Yangi shaharlаr Fransiyaning shimоlidа, Nidеrlаndiya, Аngliya vа Gеrmаniyadа vujudga kela boshlangan.

7) Yevropadа ishlаb chiqаrish yuksаlgan. 8) to‘g‘ri burchakli ibodatxonalar o‘rniga ko‘rinishidan xochsifat, o‘rtasi xoch gumbazli ibodatxonalar barpo qilingan. 9) Vizantiyada impеrаtоrlаr аmаldоrlаr, ibоdаtхоnаlаr va mоnаstirlаrgа ko‘plаb yеr-mulklar in’оm etdilаr. 10. Urubаmbа dаryosi hаvzаsidа Kuskо shаhrigа аsоs sоlаdilаr.

A) 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10 B) 1 C) 1, 3, 5 D) 4, 6, 7, 8, 9, 10

39. Xitoyda yer egaligi munosabatlari shakllana boshlagan paytda quyidagi qaysi voqea sodir bo’lgan?

A) Xristian dini german qabilalari orasida tarqala boshlaydi

B) Xitoyda porox ixtiro qilindi

C) Hindistonda mulkchilik munosabatlari vujudga keladi

D) Yevropada cherkov yig’inlari chaqirila boshlandi

40. Xitoyda chegara hududlarida yangi shahar qal’alar bunyod etila boshlagan paytda.... ?

A) Syan joriy etildi

B) Franklar qiroli Xlodvig xristianlikni qabul qiladi

C) Uyg’urlarga qarshi uzoq yillar davom etgan urushlar boshlanadi

D) Guptalar imperiyasi parchalanib, mamlakatning katta qismi istilochilar qo’liga o’tadi

41. Hukmdоrlаri o‘z yaqinlаrining tоj-u tахtgа tаjоvuzidаn cho‘chib, ko‘pincha sаrоy аmаldоrlаrini, lаshkаrbоshilаri vа hаttо jаngchilаrni hаm qo‘shni qаbilаlаr vаkillаridаn оlishgаn davlat tarixiga oid ma’lumotni toping.

A) Hukumdorlari istilо etilgаn vilоyatlаr nоibligigа o‘z qаrindоshlаri vа yaqinlаrini tayinlagan

B) Davrlar o‘tishi bilan qullаr qаrаm dеhqоnlаrgа аylаnib bоrgan.

C) Xаlq qo‘zg‘оlоni oqibatida mаrоkаshliklаr hukmrоnligigа chеk qo‘yilgan.

D) qo‘shni mаyyalаr iхtirоsi аsоsidа o‘zlаrining quyosh tаqvimini yarаtgаnlаr.

42. Quyidagi qaysi javobda xatolik mavjud?

A) Germanlarda ichki savdoda eng muhim ashyo temir buyumlar hisoblangan

B) Varvar qabilalari Rim imperiyasining shimoli-g’arbiy chegarasi bo’ylab joylashgan

C) Buyuk ko’chishlarga qadar Franklar Reyn daryosi quyi oqimida yashaganlar

D) Franklarda yerning xususiy mulkka aylanishi, mulkiy tabaqalanishni tezlashtirib, yirik yer egaligining o’sishiga olib keladi

43. Quyidagi javoblardan nechtasi to’g’ri?

1. Xan quldorlik imperiyasi III asda inqirozga uchrab, uning o’rnida 3 mustaqil davlat tashkil topdi

2. Yevropaning ko‘pchilik shaharlarida dastlab bozorlar haftaning 1–2 kunida bo‘lgan. Doimiy bozorlar faqat yirik shaharlarda uchragan

3. XVI asrda Pekinda 1 mln, Kayfinda undan ham ko‘p aholi bo‘lgan

4. Chet ellik savdogarlar Samarqand qog‘ozi va gazlamalarini yuqori baholaganlar

5. Nara va Xeyyan dengiz sohilida vujudga kelgan

A) 1 B) 3 C) 4 D) 5

44. O’rta asrlar Amerikasining qadimiy xalqlaridan biri- inklarda hunarmandchilikni qaysi sohalari ayniqsa yuksalgan?

1. Oltin va kumush qazib olib undan buyumlar tayyorlash

2. Kulolchilik 3. Zargarlik 4. To’qimachilik

5. Bo’yoqchilik 6. Qurilish

A) 1, 2, 3, 4, 6 B) 1, 2, 3, 4, 5, 6 C) 2, 3, 4, 5 D) 1, 3, 4, 5, 6

45.To’g’ri ma’lumotni toping.

A) yer egaligi ishlàb chiqarish munosabatlarining yuksalishi ilk o’rta asrlarga to’g’ri keladi.

B) miloding ilk asrlarida xunn qabilalarida mulkiy tabaqalanish kuchaydi va Rim imperiyasiga bosqinlarni kuchaytirishgan.

C) Genrix I davrida kuchli nemis otliq qo’shini vujudaga keldi.



D) Slavyanlar qabila va hududiy jamoalarga bo’linib yashaganlar




GRAND study” o’quv markazi ona tili va adabiyot o’qituvchisi UMID QODIROV +998 93 709 02 31

Telegram ijtimoiy tarmog’ida: @grand_study. O’quv markaz telegram kanaliga a’zo bo’ling


Yüklə 2,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə