7 sinflarda ijodiy bayon o’tkazish



Yüklə 88,83 Kb.
tarix08.06.2022
ölçüsü88,83 Kb.
#89117
Dars-ishlanma


Fan nomi: Ona tili
Sinf: 7 sinf
Dars ishlanma mavzusi: “7 sinflarda ijodiy bayon o’tkazish”
O’quvchilar soni: 32



Darsning texnologik xaritasi

1

Fan

Ona tili

2

Sinf

7

3

Dars mavzusi

“7 sinflarda ijodiy bayon o’tkazish”

4

Dars turi

Nazorat ishi darsi

5

Dars maqsadlari

1. ta’limiy: o’tilgan mavzular bo’yicha olingan nazariy ma’lumotlarni amaliy qo’llash;
2. tarbiyaviy: o’quvchilarni ijodiy fikrlashga o’rgatish, vatanparvarlik, xalqparvarlik hissini uyg’otish, komil insonlar qilib tarbiyalash;
3. rivojlantiruvchi: o’quvchilarning og’zaki va yozma nutq savodxonligini, mustaqil ishlash malakalarini o’stirish;

7

Jihoz

Kompyuter, proyektor, yig’ma albomlar, gazeta, rangli suratlar

8

Uslub

Ma’ruza va amaliyotning uyg’unligi ;

9

Shakl

Savol-javob, “Klaster”, “Venn diagrammasi”, jamoa va guruhlarda ishlash;

10

1-bosqish (3 daqiqa)

Tashkiliy qism

11

2-bosqich (5daqiqa)

O’tilgan mavzularni takrorlash

12

3-bosqich (30 daqiqa)

Bayon yozish

13

4-bosqich (5 daqiqa

Darsni mustahkamlash

14

5-bosqich ( 2 daqiqa)

Dars yakuni




Mavzu: “7 sinflarda ijodiy bayon yozish”
Dars maqsadlari:
1. ta’limiy: o’tilgan mavzular bo’yicha olingan nazariy ma’lumotlarni amaliy qo’llash;
2. rivojlantiruvchi: o’quvchilarning og’zaki va yozma nutq savodxonligini oshirish, mustaqil ishlash malakalarini o’stirish;
3. tarbiyaviy:o’quvchilarni ijodiy fikrlashga o’rgatish, vatanparvarlik, xalqparvarlik hissini uyg’otish, komil insonlar qilib tarbiyalash;
Jihoz: kompyuter, proyektor, yig’ma albomlar, gazeta, rangli suratlar;
Dars uslubi: Ma’ruza va amaliyotning uyg’unligi ;
Shakli : savol-javob, “Klaster”, “Venn diagrammasi”, jamoa va guruhlarda ishlash;
Asosiy tushunchalar: bayon, og’zaki va yozma nutq, peyzaj, tasviriy vositalar
Darsning borishi

  1. Tashkiliy qism

  1. salomlashish

  2. davomatni aniqlash

O’qituvchi:- Kimlar bugun navbatchi?
Navbatchilar: - Bizlar bugun navbatchi.
O’qituvchi:- Kimlar yo’qdir darsda?
Navbatchilar: - Hamma bordir darsda.
Hamma o’quvchilar: - Shiorimiz : “Yuz foiz o’qishda va har ishda”
O’qituvchi: -Barakalla, ofarin, darsimizni boshlaymiz,
Darsimiz avvalini savollardan boshlaymiz.

  1. 3 guruhga bo’linish

II.O’tilgan mavzuni so’rash.
1.o’tilgan mavzu “Yordamchi so’zlar” bo’yicha guruhlarga topshiriqlar berish: 1-guruhga - klaster tuzish

Yordamchi so’zlar



asosiy ma’noga ega emas

ma’lum so’roqqa javob bo’lmaydi
ko’makchi, bob’lovchi, yuklama,
undov so’zlar, taqlid va modal so’zlar gap bo’lagi vazifasida kelmaydi

2-guruhga topshiriq: Yordamchi so’zlarning vazifalari va ularning turlari bo’yicha misollar aytish


3-guruhga topshiriq:
Yordamchi so’zlarning o’xshash va farqli tomonlarini Venn diagrammasi asosida belgilash:

o’xshash
tomonlari:
-atash ma’noga ega emas;
-so’roqqa javob bo’lmaydi;
-ko’makchi, bog’lovchi, yuklama, modal so’zlar sof va vazifadosh bo’ladi;
-yuklama va undov so’zlar chiziqcha bilan yoziladi



farqli tomonlari
-undovlar odatda deb so’zi bilan qo’llanib hol, degan sozi bilan qo’llanib, sifatlovchi aniqlovchi bo’lib keladi;
- taqlid so’zlar otlashib, ko’plik, egalik, kelishik qo’shimchalarini olib keladi

farqli tomonlari
-teng bog’lovchilar uyushiq
bo’laklar va teng munosabatdagi gaplarni bog’laydi;
-ergashtiruvchi bo’g’lovchilarni o’zaro tobe munosabat-
dagi gap bo’lagi va gaplarni
bo’laydi;
-undovlar otlashganda gap bo’lagi vazifasida keladi

II.Bayon yozish


1.O’qituvchi so’zi:- Mana, o’tilgan mavzularni ham takrorlab oldik. Bugun shu mavzular asosida ijodiy bayon yozamiz. Siz bayon turlari va bayon yozish qoidalarini bilasiz. Ayniqsa, ijodiy bayon – siz sevgan bayon turlaridan biridir. Qolaversa, bugungi bayonga siz oldindan tayyorgarlik ko’rgansiz.
Kuni kecha qadimiy va navqiron shahar – Shahrisabz shahrida sayohatda bo’ldik. Men sizlarga ta’kidlab shu sayohat taassurotlari asosida ijodiy bayon yozishimizni eslatgan edim. Menimcha, hamma tayyorgarlik ko’rgan bo’lishi kerak. Qani, sayohat kimda qanday taassurot qoldirdi?
Salomov Kamoliddin:- Sayohat menga juda yoqdi. Oldin ham bu shaharda bo’lganman-u, lekin tarixiy joylarini yaqindan ko’rib, muzey xodimlaridan aniq ma’lumotlarni eshitmaganman. Ayniqsa, jahon she’riyatining gultojlari Xusrav Dehlaviy, Bedil, Mirzo G’olib, hazrat Navoiy bobomizning qadamlari tekkanligi meni qoyil qoldirdi.
Do’stova Go’zal: - Menga tarixiy obidalardan Dorut-tilovat, Dorus – saodat, Cho’bin madrasasi, Chorsu yodgorliklari, hashamatli Oqsaroy katta taassurot uyg’otdi. Shunday boy tariximiz, zukko va donishmand ajdodlarga voris ekanligimizdan faxrlanaman.
Siddiqov Shohruh:- Bu shahar Amir Temurdek zotga maskan ekanligidan ham faxrlanamiz. Oqsaroydek hashamatli, ulug’vor binoning qurilish tarixini bilib oldim. O’zimiz yashab turgan Kitob tumani – kat – qo’rg’on, joy, ob – suv, ya’ni “suv bo’yidagi makon” ekanligi, XVIII asrda Shaxrisabz begi tumanimizni tiklagani, Nautaka, Kesh – Shahrisabzning qadimiy nomlari ekanligini, Kesh tarkibiga 16ta tuman kirganligini bilib oldim.
Sattorova Shahzoda: - Butun Sharq olamida “Ilmu adab qubbasi” deb e’tirof qilingan bu shahar menga ham juda yoqadi. Men bu shaharda ko’p bo’lganman. Ammo sinfimiz bilan jamoa bo’lib kelish men uchun juda qiziqarli bo’ldi. Iskandar davridagi muarrixlarning ma’lumotlariga qaraganda, boy va gullab yashnagan shahri Keshda erksevar va mag’rur sug’dlar istiqomat qilganliklarini bilib oldim. Hali bu shaharning ochilmagan qirralari juda ko’p. O’ylaymanki, bizning oramizdan shu qirralarni ochadigan ajdodlarimizga munosib avlodlar yetishib chiqadai.


O’qituvchi: - O’ylaymanki, fikr bildiruvchilar juda ko’p, ammo vaqtni ham hisobga olishimiz kerak. Endi guruhlarimiz 2-shartni bajarishadi.


Shahrisabz shahri haqida slaydlar namoyish etiladi. O’quvchilar bu suratlarni ko’rib o’z kuzatishlarini yanada mustahkamlab oladilar. Slaydda quyidagi gaplar namoyish qilinadi.

  1. Mana yo’lga chiqdik.

  2. Darhaqiqat, biz ham buyuk ajdodlarimizga munosib voris bo’lamiz.

  3. “Ur-e-e-e” – deb qichqirdi Sardor.

  4. Hazrat Sohibqiron bu muborak maskanda quyoshdek balqib chiqqanki, bu ham bejiz bo’lmasa kerak.

  5. Mana, qarshimizda salobatli yashil shahar – Shahrisabz!

  6. Oxirgi soatni intizorlik bilan kutdik. Axir, sayohatga chiqamiz-da.

  7. Eh! Qanday qadimiy va betakror shahar!

  8. Hazil-huzul bilan manzilga yetib keldik.

  9. Amir Temurdek zotning maskani.

10.Turkiy ulusdan tarqagan, shu yurtning zurriyodi hisoblangan jahon she’riyatining gultojlari Xusrav Dehlaviy, Bedil, Mirzo G’olib, hazrat Navoiy bobomizning qadamlari tekkan qutlug’ shahar bu..

  1. Xayriyat, “Damas” mashinasi kelib to’xtadai.

  2. Xullas, aytaversak ta’rifga so’z ojiz.

  3. Ne-ne buyuk shoir-u mutafakkir olimlarning zuvalasi olingan yurt.

  4. Dorut-tilovat, Dorus-saodat, Cho’bin madrasasi, Chorsu yodgorliklari, hashamatli Oqsaroy kabi muqaddas qadamjolari bor muqaddas g’osha bu!

So’ng shu gaplar asosida o’quvchilar fikrlarini jamlab, belgilangan daqiqalarda bayon rejasini tuzadilar. Taxminan reja shunday bo’lishi mumkin (Matn sarlavhasini ham mustaqil tuzadilar)


Qadimiy va navqiron shahar
Reja:

  1. Sayohatga tayyorgarlik

  2. Yo’lda

  3. Assalom, yashil shahar!

  4. Kelajak bugundan boshlanadi

  5. Ajdodlarga munosib avlod bo’laylik

2 . Bayon yozish

  1. Mustahkamlash

  1. Guruhlar yozgan matnlarida yordamchi so’zlarni qanchalik qo’llaganlari haqida axborot beradilar. Ya’ni, qaysi guruh sardorlari eng ko’p yordamchi so’zlar qo’llaganligi aniqlanadi.

  2. Guruhlardan o’quvchilar chiqib doskada tuzgan matnlaridan yordamchi so’zlar ishtirok etgan gaplardan yozadilar. Bunda qaysi guruh chiroyli yozganligi aniqlanadi.

  1. Dars yakuni

  1. Musobaqa yakuni (guruhdagi bajargan ishlariga qarab)

  2. Uyga vazifa: “Yordamchi so’zlar” mavzusida ilmiy matn tuzish;

qobiliyatli o’quvchilar uchun: sayohat taassurotlari asosida rasmlar chizib kelish va sarlavhalar topish; yordamchi so’zlar haqida qo’shimcha ma’lumotlar topib kelish.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. M. Abdurahmonova “Bayonlar to’plami”. Toshkent. 2008 yil

  2. 7 sinf uchun uslubiy qo’llanma

  3. Qo’shimcha adabiyotlar

Internet resurslari: www.ziyonet.uz, testing.uz
Elektron resurslar: multimediya umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazi resurslari, darsga oid taqdimot
Yüklə 88,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə