8- mavzu: ta'limning tashkiliy shakllari va metodlari asosiy savollar



Yüklə 60,79 Kb.
səhifə9/15
tarix21.10.2023
ölçüsü60,79 Kb.
#129895
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
8-mavzu

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Usul
Metod - (grekcha “metodos” so'zidan olingan bo'lib, yo'l, ahloq usuli ma'nolarini anglatadi). Tabiat va ijtimoiy hayot hodisalarini bilish, tadqiq qilish usuli. Faoliyat, harakatning yo'li, usuli yoki qiyofasi, shakli, ko'rinishi.
Ta'lim metodi - o'qituvchining o'quvchilar bilan muntazam qo'llaydigan, o'quvchilarga o'z aqliy qobiliyatlarini va qiziqishlarini rivojlantirish, bilim va ko'nikmalarni egallash hamda ulardan amalda foydalanish imkonini beruvchi ish usuli. Belgilangan ta'lim berish maqsadiga erishish bo'yicha ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchilar o'zaro faoliyatini tashkil qilishning tartibga solingan usullari majmuasidir.
Metodika - biror ishni maqsadga muvofiq o'tkazish metodlari, usullari, yo'llari majmuasi. U alohida metodikalardan tashkil topadi. Pedagogika fani sohasida ma'lum o'quv fanini o'qitish hamda tarbiyaviy ishlar qonuniyatlarini tadqiq qiladi. Masalan, tillar metodikasi, arifmetika metodikasi va shu kabilar.
Usul - biror narsa, hodisa, jarayonni o'rganish yoki amalga oshirish tartibi.
Uslub - biror narsa, hodisa, jarayonni o'rganish yoki amalga oshirish uchun qo'llash lozim bo'lgan usullar majmuasi.
Yo'l (ruscha - priyom) - biror maqsadni amalga oshirish uchun tanlangan harakat turi.
Yuqorida aytilganlardan ko'rinadiki, har bir ta'lim metodi tarkibiga muayyan ta'lim-tarbiyaviy vazifani bajarishga qaratilgan ish-harakat usullari, yo'llari kiradi.
O'quvchiga bilimlarni etkazish shakliga ko'ra ta'lim metodlari:

  1. Og'zaki bayon qilish metodlari.

  2. Ko'rgazmali metodlar.

  3. Amaliy metodlar kabi turlarga ham ajratiladi.

Ta'lim metodlari tizimida muhim o'rin tutadigan og'zaki bayon qilish metodlarining o'zi ham quyidagi turlarga ajratiladi
Ta'lim metodlari tizimida muhim o'rin tutadigan og'zaki bayon qilish metodlarining o'zi ham quyidagi turlarga ajratiladi:


Og’zaki bayon qilish metodlarining turlari
Og'zaki bayon qilish metodlari o'quvchilarning umumiy madaniyati, mantiqiy fikrlashi hamda bilish qobiliyatini rivojlantirish bilan bog'liqdir. Ugbu metodlar o'quvchining nutq boyligini oshirish va xorijiy tillarni o'rganishdagi ahamiyati beqiyos.
Metodning samarasi ko'p jihatdan o'qituvchining nuqt mahorati, so'zlarni o'z o'rnida, ifodali bayon qilishi, shuningdek, o'quvchilarning yoshi, rivojlanish darajasini inobatga olgan holda yondashuviga bog'liq. Shu bois hikoya mazmuni o'quvchilarning mavjud bilimlariga tayanishi, ularni kengaytirishga xizmat qilishi zarur. Hikoyaning axborotlar bilan boyitilishi maqsadga muvofiqdir.
Hikoya qilinayotgan materialni samaralash maxsus reja asosida amalga oshiriladi. O'qituvchi har bir darsda uning maqsadini aniq belgilab oladi, undagi asosiy tushunchalarga alohida urg'u berishga e'tiborni qaratadi. Hikoya qisqa bo'lishi hamda o'quvchilarda his-hayajon va mavzuga nisbatan qiziqishni uyg'otishi kerak.
/ \

Yüklə 60,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə