8- sinf II chorak Sinf: Sana: Mavzu: О`zbek yozuvchilari


III.Yangi mavzuning bayoni



Yüklə 7,41 Mb.
səhifə4/40
tarix26.12.2022
ölçüsü7,41 Mb.
#97911
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
8-sinf 2-chorak o\'zbek tili

III.Yangi mavzuning bayoni.
4- mashq. Qavs ichida berilgan fe’l shakllaridan foydalanib, savollarga yozma javob bering.
1. Alisher Navoiy qanday inson bо`lgan? (bag`ishlagan, saqlashga harakat qilgan, rivojlantirgan, kо`targan, homiylik qilgan, yetishtirgan)
2. ,,Boburnoma“ memuar asarini kim yozgan? (zabt etgan, barpo etgan, bosib о`tgan)
3. Nima uchun ,,Boburnoma“ nodir asar hisoblanadi? (bergani, yoritilgani, aks ettirilgani uchun)
2-topshiriq. Suhbatni rollarga bо`lib о`qing va davom ettiring.
- Qayerdan kelyapsan? Qо`lingdagi qanday kitob?
- Oybek haqida berilgan topshiriq bо`yicha kutubxonaga borgan edim. Oybekning „Bolalik“ qissasini ham oldim.
- Kutubxonada yana qanday asarlar bor?
- Oybekning ,,Navoiy“ romani ham bor ekan. Men qissani о`qib bо`lgach, shu romanni olib о`qimoqchiman.
- Men ham kutubxonadan Oybekning kitoblarini olib о`qimoqchiman. ...
Siz о`zbek yozuvchilarining qaysi asarlarini о`qigansiz?
3-topshiriq. She’mi ifodali о`qing va mazmunini tushuntiring.
BOLAGA KITOB BERING!

Osmonlarda yurganlar,
Oltin saroy qurganlar,
,,Ne beray?“ - deb turganlar,
Bolaga kitob bering!
Bola oqqush, oq kaptar,
Dunyolardan bexabar.
Yovuzlik topmay xabar,
Bolaga kitob bering!
Kо`krak kerib yurganlar,
Kо`rkam saroy qurganlar,
,,Ne beray?“ - deb turganlar,
Bolaga kitob bering!
Keskir qilich bо`lsin u,
Kitobga о`ch bо`lsin u,
Yengilmas kuch bо`lsin u,
Bolaga kitob bering!
Kо`zlarni ochish kerak,
G`aflatdan qochish kerak,
Qanot chiqarish kerak,
Bolaga kitob bering!
Xazinayi jahon u,
Kichik Abu Rayhon u,
Sizga qarab hayron u,
Bolaga kitob bering!
Navoiydek bо`lsin u,
Yoningizga kelsin u,
Baxtli bola bо`lsin u,
Bolaga kitob bering!

Zulfiya M о`minova



Yüklə 7,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə