8-bob. Statistik indekslar


Statistik indekslarni iqtisodiy menejmentda qo‘llash



Yüklə 402,5 Kb.
səhifə5/6
tarix28.05.2022
ölçüsü402,5 Kb.
#88188
1   2   3   4   5   6
8-mavzu lotin

8. 5. Statistik indekslarni iqtisodiy menejmentda qo‘llash
Biz indekslarni yuqorida murakkab to‘plamlarni o‘rganuvchi instrument sifatida ko‘rib chiqdik. Biroq, ularni statistikadagi roli bu bilan kifoyalanmaydi. Indekslarda undan kam bo‘lmagan, balki undan ham muhimroq yana bir xususiyat, ya’ni murakkab ko‘rsatkichlarni o‘zgarishida alohida omillarni rolini o‘lchash mavjuddir.
Mohiyati bo‘yicha, omillar rolini baholash imkoniyatlari agregat shakldagi umumiy indekslarni tuzishda yaratilgan. Ayrim kompleks ko‘rsatkichlarni ko‘rib chiqaylik. Ulardan biri tovar oborotidir. Bu ko‘rsatkichni sotilgan masulotlar miqdori va ular baholarining ko‘paytmasi shaklida ifodalash mumkin, ya’ni . Ko‘rinib turibdiki, tovar oborotining qiymati sotilgan tovarlar miqdori va bahosining o‘zgarishi hisobidan o‘zgarishi mumkin. Qishloq xo‘jaligida esa yalpi hosilning o‘zgarishi bevosita ekin maydoni va hosildorlikning o‘zgarishiga bog‘liq.
Bu bog‘liqliklarni o‘rganish statistikada juda katta ahamiyatga ega: birinchidan har bir omilning ta’siri alohida baholanadi; ikkinchidan, menejerlar bu ko‘rsatkichlardan kompaniya faoliyatini boshqarishda foydalanadi va h.k.
Alohida omilning ta’sirini aniqlash uchun, omillar ko‘paytmasi shaklida berilgan natijaviy belgida o‘rganiladigan belgiga o‘zgaruvchan belgi deb, qolganlarini esa doimiy deb hisoblash kerak. Agar biror aniq ko‘rsatkich (k) ni ikki omil (a va v)ning ko‘paytmasi shaklida ifoda etilsa, nisbat k ko‘rsatkichning a omil hisobidan, nisbati esa v omil hisobidan o‘zgarishini ko‘rsatadi. Omillarni bunday darajada ajratish va boshqa omillar ta’sirini abstraksiyalash doimiy deb qabul qilingan omillarni qaysi davr darajasida ko‘rish uchun zarur. Bu ishni bajarish uchun nazariy jihatdan bir necha variant bo‘lishi mumkin:
- indekslashtirilayotan omillarni o‘rganishning birin-ketinligidan qat’iy nazar doimiy omillar bazis davri darajasida olinadi;
- doimiy omillar joriy davr darajasida ko‘riladi: (a omilni ta’siri) va (v omilni ta’siri);
- tekshirilayotgan omillarning har biri boshqa (kelgusi) omillarni ta’sirini aniqlashda joriy davr darajasida qo‘yiladi: agar a omil ta’siri quyidagi nisbat bilan aniqlansa, v omil ta’siri quyidagi nisbat bilan hisoblanadi.
Bu variantlar soni omillar soniga bog‘liq, ya’ni omillar soni qancha ko‘p bo‘lsa, tegishli ravishda variantlar soni ham ortib boradi va aksincha.
Statistik indekslarini o‘rganishda yana bir qoidani bilish zarur. Agar natijaviy ko‘rsatkichni biz hajm va sifat omillarining ko‘paytmasi deb ifodalasak, bu paytda natijaviy ko‘rsatkichga hajm ko‘rsatkichining ta’sirini aniqlash uchun sifat ko‘rsatkichi bazis darajasida belgilanadi. Agarda sifat ko‘rsatkichining ta’siri aniqlansa, hajm ko‘rsatkichi joriy davr darajasida belgilanadi.
Baho, fizik hajm va tovar oboroti indekslari o‘zaro bog‘liq va biri-birini taqozo qiluvchi indekslardir. Baho indeksini (Jp)ga sotilgan tovarlar fizik hajmi (Jq) ga ko‘paytirsak, tovar oborotining haqiqiy baholardagi umumiy indeksi kelib chiqadi.
Jp ∙ Jq = Jpq



8.1–jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan foydalanib bu indekslarning natijalarini keltiramiz:



0,9995 ∙ 1.2804 = 1.2797


Bu indekslar yordamida hodisani vaqt bo‘yicha nisbiy baholab qolmasdan, balki shu o‘rganilayotgan hodisaga ta’sir qiluvchi omillarning rolini mutlaq raqamlar orqali ham o‘rganish mumkin:


Haqiqiy baholarda hisoblangan tovar oboroti indeksining sur’ati bilan maxrajining farqi joriy davrda o‘tgan davrga nisbatan tovar oboroti qiymatini qanday o‘zgarganligini baholaydi.


so‘m.

Demak, joriy davrda o‘tgan davrga nisbatan tovar oboroti haqiqiy baholarda 221 ming so‘mga oshgan. Bu oshish qaysi omillar hisobidan amalga oshdi? Bu savolga javob berish uchun baho va fizik hajm indekslarining sur’at va maxrajlari farqlarini hisoblash kerak.


Agarda baho indeksining sur’atidan maxrajini ayirsak, joriy davrda o‘tgan davrga nisbatan bahoning o‘zgarishi hisobiga tovar oboroti hajmining qanday o‘zgarganligini aniqlaymiz:
pq(p)= =1011000-1011500=-500 so‘m.

Endi fizik hajm indeksining sur’atidan maxrajini ayiramiz:


pq(q)=q1p0-q0p0=1011500-790000=221500 so‘m,


bu erdan: p+q=pq


-500+221500=221000 so‘m.


Demak, joriy davrda o‘tgan davrga nisbatan tovar oborotining hajmi haqiqiy baholarda 221000 so‘mga ko‘paygan. Baho o‘zgarishi natijaviy ko‘rsatkichning o‘zgarishiga salbiy ta’sir o‘tkazgan, ya’ni bahoning pasayish hisobidan tovar oboroti 500 so‘mga kamaygan. Ikkinchi omil esa natijaviy ko‘rsatkichni o‘zgarishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan. Sotilgan tovarlar miqdoring ko‘payishi hisobidan tovar oboroti oshgan.
YUqorida biz tovar oboroti, baho va fizik hajm indekslarining o‘zaro bog‘liqligini, ularning nisbiy va mutlaq o‘zgarishlari biri-biriga bog‘liq ekanligini ko‘rib chiqdik. Xuddi shunday bog‘lanish yalpi hosil, hosildorlik va ekin maydonlari indekslari o‘rtasida ham mavjud, ya’ni



Bu erda yalpi hosil (YM) ni o‘zgarishi ikki omilga: hosildorlik (Y) va ekin maydonlarining (M) o‘zgarishiga bog‘liqdir.


O‘zaro bog‘liq indekslar guruhiga o‘zgaruvchan va o‘zgarmas tarkibli hamda tarkibiy siljishlar indekslarini ham kiritish mumkin. Masalan, baho bo‘yicha bu indekslarni quyidagicha yozish mumkin.



Indekslarning o‘zaro bog‘liqligi asosida o‘rtacha ko‘rsatkich (bizni misolimizda o‘rtacha baho) dinamikasiga indekslashtirilayotgan belgining va tarkibiy siljishlar omilining ta’sirini aniqlash va tahlil qilish mumkin.


SHunday qilib, iqtisodiy hayotda murakkab hodisalar ko‘p bo‘lganligi tufayli, ularning turli tomonlarini tahlil qilish va ochib berish uchun statistikada bitta emas, balki tuzilishi mazmunan va tayinlanishi turlicha bo‘lgan, lekin bir-birini to‘ldiruvchi va bir-biriga bog‘liq bir qator indekslar qo‘llaniladi. SHuning uchun ham biz turli ko‘rsatkichlarning tahlil qilishda qo‘llaniladigan indekslar tizimi haqida so‘z yuritishga harakat qilamiz.
Iqtisodiy hodisa va jarayonlarni tahlil qilishda shunday ko‘rsatkichlarga duch kelamizki, ularning o‘zgarishi bir nechta omillarni o‘zgarishiga bog‘liq. Masalan, moddiy xarajatlar qiymatining o‘zgarishi chiqarilgan mahsulot miqdoriga, u yoki bu xom-ashyoning ulushi sarfi va bahosining o‘zgarishiga bog‘liq. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin.
Agarda natijaviy ko‘rsatkich (W) alohida omillarning ketma-ket ko‘paytmasi W=abc… n shaklida ifodalansa, u paytda indekslar On =Oa•Ob•Oc ­ko‘rinishida bo‘ladi.
Natijaviy ko‘rsatkich indeksini omil indekslariga ketma-ket zanjirsimon usulda yoyish natijasida quyidagi indekslarga ega bo‘lamiz:
a) begilarning o‘zaro bog‘liqligi tizimi a ekstensiv omildan boshlanadi:






b) belgilarning o‘zaro bog‘liqligi tizimi a intensiv omildan boshlanadi:








Bu indekslarni sur’atidan maxrajini ayirsak, umumiy natijaviy belgining alohida omillarga yoyilganini ko‘ramiz. Omillarning natijaviy ko‘rsatkichga ta’sirini o‘zgarish sur’atlari orqali ham ifodalash mumkin.


Makrodarajadagi ko‘rsatkichlarni tahlil qilishda va tekshirishda ham indekslardan keng foydalaniladi.

Yüklə 402,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə