8-mavzu: O'simliklarning noqulay omillarga chidamliligi


Issiqlikning fiziologik jarayonlarga ta’siri



Yüklə 73,99 Kb.
səhifə8/26
tarix21.12.2022
ölçüsü73,99 Kb.
#97466
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26
8-mavzu (1)

Issiqlikning fiziologik jarayonlarga ta’siri. Qurg'oqchilik paytida o'simliklar suvsizlanishi bilan birgalikda ma’lum darajada qiziydi ham. Yuqori harorat (35°C va undan ko'p) tufayli hujayra sitoplazmasida harxil tipdagi o'zgarishlar yuz beradi. Ammo, o'simlikning isishi kam vaqtda, masalan, 5 minut davom etsa, sitoplazma o'z holiga kelishi mumkin.
Yuqori harorat hujayrada bir qancha o'zgarishlarga olib kelishi mumkin. Masalan, hujayra shirasi bir muncha quyuqlashadi. Shuningdek, hujayraning o'tkazuvchanligi bir qancha moddalar jumladan eozin, mochevina va glitserin uchun oshadi. Hujayrada ketadigan moddalar ekzoosmosi tufayli hujayra shirasida osmotik bosim sekin asta pasayib ketadi. Ammo 37 °C da osmotik bosimning yana oshishi kuzatiladi, chunki kraxmalning parchalanishi kuchayib, birlamchi qandlar miqdori ortadi. O'simliklarda ketadigan jarayonlardan eng muhimi bo'lgan fotosintez jarayoni, nafas olishga qaraganda yuqori haroratga ancha beriluvchandir. Shuningdek, suvsizlik natijasida ro'y beradigan polimerlarning parchalanishi, chunonchi oqsillarning parchalanishi yuqori haroratda yana ham kuchayib ketadi.
Oqsil moddalarning parchalanishi ammiak hosil bo'lishi bilan boradi. Bu esa yuqori haroratga chidamsiz o'simliklarda ularning zaharlanishiga olib keladi. Ayrim yuqori haroratga chidamli o'simliklarda ortiqcha ammiakni bog'laydigan organik kislotalar miqdori oshadi. Shuningdek, sitoplazmaning muzlash nuqtasi pasayib hujayra ichki qismida suv kamayadi va uyerda muz hosil bo'lishi bir muncha susayadi.
Chiniqishning ikkinchi fazasi -10°C, -20°C gacha davom etib haroratning bir sutkada 2-3°C gacha pasayishi bilan boradi. Bunda hujayra oraliqlarida muz hosil bo'lib birinchi fazada paydo bo'lgan hujayrani suvsizlanishdan saqlovchi himoya vositalari ishlay boshlaydi. O'simliklarning o'ta sovuqqa chidamliligiga ham xuddi sovuqqa chidamlilik kabi mikroelementlar katta ta’sir qiladi. Masalan, rux hujayralarda bog'langan suv miqdorini oshirib, qandlar yig'ilishini kuchaytirsa, molibden, mis, vanadiy, kobalt, azotning oqsildagi va umumiy miqdorini kuchaytiradi.
Shuni aytib o'tish lozimki, er shari quruqlik qismining anchagina qismi namgarchilikka muhtoj joylar hisoblanadi, ya’ni bu joylarda yillik suv bug'lanish 100mm va undan oshiq bo'lgani holda yog'ingarchilik miqdori 250-500 mm ni tashkil qiladi. Yuqoridagi maydonning yarmidan ko'prog'ida esa yillik yog'ingarchilik miqdori 250 mm dan ham kam.
Bizga ma’lumki, o'simliklarning yaxshi rivojlanishi uchun uning o'sish davrida namgarchilik muqobil ravishda bo'lishi maqsadga muvofiq. Ammo kontinental iqlim rayonlarida yozning eng issiq vaqtlarida yog'ingarchilik deyarli bo'lmaydi yoki kam bo'ladi.
Qurg'oqchilik. Kuchli quyosh nurlari sharoitida yuqori issiqlikda uzoq vaqt yog'ingarchilik bo'lmagan holda kelib chiqadi. Ko'pchilik hollarda qurg'oqchilik havo muhitida namning kam bo'lishidan kelib chiqadigan atmosfera qurg'oqchiligidan kelib chiqadi. Agar bu holat uzoq muddat davom etsa, tuproq qurg'oqchiligi kelib chiqadi. Garmsel vaqtida esa tuproq qurg'oqchiligi yuz bermasligi mumkin.

Yüklə 73,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə