8-mavzu. O‘zbekiston Respublikasidagi ijtimoiy o‘zgarishlar. Reja



Yüklə 435,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix06.01.2023
ölçüsü435,2 Kb.
#98267
1   2   3   4   5
8-mavzu. O‘zbekiston Respublikasidagi ijtimoiy o‘zgarishlar. Rej

 
O‘zbekiston 
Respublikasi
 
Prezidenti 
SH.M.Mirziyoevning 
Konstituttsiyaning 27 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida 
jamoatchik nazoratini, avvalo, huquqni muhofaza qilivchi va nazorat idoralari, 
moliya, banq ta’lim, sog‘liqni saqlash, komunal ho‘jaliq energetika va trasport 
sohalarida joriy etilishining zarurligini aytib o‘tdi. SHuningdek ommaviy axborot 
vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali mansabdor shaxslarning o‘z ishini qonuniy 
asosda to‘g‘ri tashkil etish va davlat organlari faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni 
jamoatchilikka to‘liq
va tezkor yetkazish
maqsadida ularning har birida matbuot 
hizmatining tashkil etilishi aytib o‘tildi. “Jamoatchilik nazorati – bu faqatgini 
davlat idoralari faoliyati ustidan nazorat emas, balki jamiyatning o‘zini-o‘zi 
boshqarish usuli, boshqacha aytganda, fuqarolik jamiyatini taraqqiy toptirishning 
muhum omillaridan biri” ekanligini ta’kidladi. 
SHuningdek ommaviy axborot vositalarning ish faoliyatidagi ochiqlik 
hamda tsenzurasiz faoliyat davlatimiz konstituttsiyasida ham mustahkamlab 
qo‘yilgan. Ushbu huquq o‘z navbatida Respublikadagi barcha axborot va davlat 
faoliyatining bevosita halq oldida ochiq va oshkora xisobot berishlari, halq 
muhokamasiga qo‘yish imkonini beradi. Davlat idoralari endigi navbatda halqga 
va halq manfaatlariga hizmat qilishi, demokratik tamoyillarning ustuvorligi va 
fuqarolik jamiyatining asosiy shartlari bajarilayotganligidan dalolat beradi.
“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari” yili deb e’lon qilingan 2017 yilda 
“Inson manfaatlari hamma narsadan ulug‘” degan g‘oya asosida amalga oshirildi 
va bu jarayon davom ettirilib borilmoqda. Mamlakatimizda inson manfaatlarini 
ta’minlash, huquqlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar 
negizida yutuq va kamchiliklar ochiq aytilib, unda hokimiyat tizimida mutlaqo 
yangi tizim joriy etildi. Ya’ni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual 
qabulxonasi, joylarda Xalq qabulxonalari tashkil etildi. Ushbu tuzilmalar davlat 
hokimiyati va boshqaruvi organlarining xalq bilan
hamkorlik qilishi, aholining eng


dolzarb muammolarini hal etilishi va jamoatchilik nazorati institutlarining 
jadallashuviga olib keldi.
Davlat idoralari ochiqligi va shaffofligi, OAVning keng tarmoqlardagi 
faoliyati va mamlakatimizdagi tub islohotlarni amalga oshirilishiga sabab bo‘ladi, 
avvalo, yurt ravnaqi, rivoji uchun hizmat qiladi. Mansabdor shaxslarning o‘z 
lavozimidan shaxsiy manfaatlari yo‘lida foydalanishga imkon bermaydi. SHaxsiy 
daxlsizliq huquqiy savodxonliq davlat idoralari mansabdor shaxslarining o‘z 
ishiga mas’uliyati ortadi. 
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari 
faoliyatining ochiqligi to‘g‘risidagi” Qonunda ko‘rsatilganidek davlat hokimiyati 
va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligining asosiy printsplariga davlat idoralari 
tomonidan taqdim etiladigan axborotdan hamma foydalanishi mumkinligi belgilab 
o‘tilgan. Ushbu qonunda axborotning o‘z vaqtida berilishi va ishonchliligi,
faoliyatining oshkoraligi va shaffofligi, davlat hokimiyati va boshqaruv 
organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborotni izlash, olish va tarqatish erkinligi 
kafolatlangan. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati to‘g‘risida 
axborot taqdim etishda avvalo, fuqarolarning o‘z sha’ni va qadr-qimmatini 
tajovuzlardan, o‘z shaxsiy hayotiga aralashuvlardan himoya qilishga bo‘lgan 
huquqlari va qonuniy manfaatlariga, shuningdek fuqarolar, yuridik shaxslarning 
o‘z ishchanlik obro‘sini himoya qilishga bo‘lgan huquqlariga rioya etish kabi 
muhim vazifalar belgilandi va tizimli amalga oshirilib kelinmoqda. 
Ushbu qonuning 7-moddasida davlat xokimiyati va boshqaruvi organlarining 
faoliyati to‘g‘risida axborot izlashni amalga oshirayotgan jismoniy yoki yuridik 
shaxs axborotdan foydalanuvchi ekanligi hamda u ba’zi huquqlarga ega ekanligi 
ko‘rsatilgan. Ushbu huquqlarga davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining 
faoliyati to‘g‘risidagi ishonchli axborotni olish va tarqatish, davlat hokimiyati va 
boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risida axborot olishni rad etish yoki 
axborotdan foydalanuvchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlardan ham 
foydalanishi ko‘rsatib o‘tilgan. 
SHuningdek ushbu Qonunning 12-moddasida
d
avlat hokimiyati va 
boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborotni e’lon qilish (chop etish) 
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining rasmiy nashrlari, rasmiy veb-
saytlari, shuningdek ommaviy axborot vositalari amalga oshirishi belgilab berildi. 
 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Davlat boshqaruvining ochiqligi 
va shaffofligini ta’minlash hamda mamlakatning strategik salohiyatini oshirish 
yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2019 yil 9 apreldagi qarori 
bilan 
axborotlarning 
umumfoydalanish 
uchun 
ochiqlik 
holati, 
ochiq 
ma’lumotlarning oshkoralik va sifat darajasi, ularni fuqarolarga va jahon 
hamjamiyatiga yetkazishning amaldagi mexanizmlari qabul qilingan xalqaro 


talablarga to‘liq javob bermaydi va natijada mamlakatimizning statistika salohiyati 
indeksidagi o‘rni pastligicha qolmoqda. “Elektron hukumat” Portalini 
rivojlantirish uchun davlat statistika Qo‘mitasiga bir qator huquqlar berildi. 
Portalni takomillashtirish chora-tadbirlari kompleksi, ochiq ma’lumotlar 
to‘plamlari ro‘yxatini tuzish, ustuvor xalqaro ma’lumotlar bazalarini o‘rganib 
chiqishga mas’ul vazirlik va idoralar ro‘yxati, ma’lumotlarning ochiqlik holatini 
o‘rganish, “Ochiq ma’lumotlar indeksi” va «Ochiq ma’lumotlar barometri” 
talablariga muvofiqligi, tegishli indikatorlarni joylashtirish bo‘yicha vazirlik va 
idoralar ro‘yxati, Statistika salohiyati indeksida mamlakat o‘rnini yaxshilashga oid 
“Yo‘l xaritasi”, Jahon bankining statistika salohiyati indeksida mamlakat reytingini 
yaxshilashning maqsadli ko‘rsatkichlari, Xalqaro byudjet hamjamiyatining Byudjet 
ochiqligi indeksida 2020 yildan boshlab Respublikamizning ishtirokini ta’minlash 
bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”, 2020-2021 yillarda Davlat statistika qo‘mitasida 
yangilanishi lozim bo‘lgan axborot-kommunikatsiya tizimlari uskunalari ro‘yxati 
ushbu qaror asosida tasdiqlandi. 
Portalda e’lon qilinadigan axborotlarning to‘liqligi, ishonchliligi, o‘z 
vaqtida shakllantirilishi, mamlakatimizga oid axborotlarning oshkoraligi va 
foydalanish erkinligi, axborotni shakllantirishda xalqaro metodologik standartlarga 
javob berish, tavsiyalarni o‘rganish va amalda qo‘llashda, Portalda e’lon 
qilinadigan ro‘yxatni muntazam yangilab turishda davlat organlari va tashkilotlar 
rahbarlarining vazifalari belgilab berildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Korruptsiyaga qarshi 
kurashish bo‘yicha idoraviy hujjatlar qabul qilingan bo‘lib, ular O‘zbekiston 
Respublikasi Adliya vazirligi tizimida “Korruptsiyaga qarshi kurashish dasturi”, 
“O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining korruptsiyaga qarshi kurashish 
siyosati”, 
“O‘zbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari 
xodimlarining odob-axloq qoidalari” kabilardir. Adliya organlari rahbarlarining 
korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash va ularga chek 
qo‘yish maqsadida tizimli ravishda fuqarolar va tadbirkorlar bilan sayyor tarzdagi 
uchrashuvlar tashkil etib kelinmoqda. Korruptsiya holati ko‘p sodir etilishi 
mumkin bo‘lgan faoliyat yo‘nalishlariga alohida e’tibor qaratildi. Ayniqsa, notarial 
idoralar faoliyatida korruptsiya va
huquqbuzarliklarni sodir etilishining oldini olish 
hamda sifatli huquqiy xizmat ko‘rsatishda shaffoflikni ta’minlash maqsadida 
alohida choralar ko‘rildi. O‘zbekiston Respublikasida korruptsiya darajasi yuqori 
bo‘lgan sohalar: soliq, sog‘liqni saqlash, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, xalq ta’limi, 
davlat xaridlarini amalga oshirish, yerdan foydalanish, paxta va don konlari ajartib 
olinib ular faoliyati tizimli ravishda kuzatib, taxlil etilib borilmoqda va bu tadbirlar 
o‘z natijasini berdi.



Yüklə 435,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə