8-mavzu. O‘zbekiston Respublikasidagi ijtimoiy o‘zgarishlar. Reja


O‘zbekistonda korruptsiyaga qarshi kurash agentligining tashkil



Yüklə 435,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/5
tarix06.01.2023
ölçüsü435,2 Kb.
#98267
1   2   3   4   5
8-mavzu. O‘zbekiston Respublikasidagi ijtimoiy o‘zgarishlar. Rej

O‘zbekistonda korruptsiyaga qarshi kurash agentligining tashkil 
etilishi. 
2020 
yil 
24 
yanvarda 
O‘zbekiston Respublikasi
 
Prezidenti 
SH.Mirziyoevning Oliy Majlisga muroajaatnomasida korruptsiyaga qarshi 
kurashuvchi organ tuzilishi kerakligi aytilgandi. 2020 yil amalga oshirilishi 
rejalashtirilgan Davlat dasturining 53–bandida ham belgilab qo‘yilgan. Ushbularni 
ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 iyundagi 
“O‘zbekiston 
Respublikasida 
korruptsiyaga 
qarshi 
kurashish 
tizimini 
takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6013-
son Farmoniga muvofiq, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Korruptsiyaga 
qarshi kurashish agentligi faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida O‘zbekiston 
Respublikasi Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi. Unga 
«Yuksalish» umummilliy harakati raisi va Qonunchilik palatasi deputati Akmal 
Burhonov agentlik direktori etib tayinlandi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan tashkil qilingan ushbu 
agentlik Oliy Majlis palatalari oldida hisob beradi. Agentlikning asosiy
vazifalaridan biri korruptsiya yuqori bo‘lgan sohalarni chuqur tahlil qilish, hamda 
korruptsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini 
bartaraf etish hisoblanadi. Byudjet mablag‘laridan foydalanish, davlat aktivlarini 
realizatsiya qilish va davlat haridlari sohasida korruptsiyaga qarshi nazorat qilish 
masalalari ham Agentlikning vakolatlari doirasiga kiradi. Bundan tashqari
Agentlikning davlat xizmatchilarining daromadlari va mol mulkini dekloratsiya 
qilish tizimi joriy etilishi hamda dekloratsiyadagi ma’lumotlarning haqqoniyligi 
tekshirilishini tashkil etish vazifalari ham yuklangan. Ushbu agentlik hozirgi 
kunga kelib quyidagi vazifalarni bajaradi.
Agentlik davlat va nodavlat tashkilotlari, muassasalar, tadbirkorlik 
sub’ektlari, O‘zbekiston Respublikasidagi chet davlatlarning diplomatik 
vakolatxonalari va konsullik muassasalari, xalqaro tashkilotlar, chet el 
korxonalari va mutaxassislari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi. 
Prezident SHavkat
 
Mirziyoev 2020 yil 11 fevral kuni korruptsiyaga qarshi 
kurashish hamda jamoatchilik nazorati tizimlarini takomillashtirish masalalari 
bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazib, unda Korruptsiya iqtisodiyot rivoji, chinakam qulay 
tadbirkorlik va investitsiya muhiti uchun eng asosiy to‘siqlardan biri ekanligi va 
mamlakatimizda ushbu muammo xanuzgacha borligini ta’kidladi. Korruptsiya kabi 
salbiy illatlarga qarshi kurashishda davlat organlari faoliyati va ish jarayonlarini 
shaffofligini ta’minlash va bunda e’tiborni ishga olish, davlat xaridlari, ruxsatnoma 
va litsenziyalar berish kabi jarayonlarda ochiq-oshkoralikni ta’minlashga qaratish 
kerak ekani xususida so‘z bordi. 
2020 yilning 7 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va 
Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan birgalikda korruptsiya holatlari 


kuzatilayotgan sohalar uni keltirib chiqarayotgan omillar va ularni oldini olishga 
bag‘ishlangan idoralararo yig‘ilish tashkil etildi. Bu borada mamlakatimizda 
huquqiy asoslarni yaratishga e’tibor berilib, so‘nggi to‘rt yilda 70 dan ortiq qonun 
hujjatlari qabul qilinganligi ta’kidlandi. O‘zbekiston so‘nggi to‘rt yilda Jahon 
bankining “Biznes yuritish” indeksida 18 pog‘onaga, Meros jamg‘armasining 
“Iqtisodiy erkinlik” indeksida esa 52 pog‘onaga ko‘tarildi. SHuningdek Jahon 
bankining “Korruptsiyani tiyib turish”, “Transperens interneshnl” xalqaro 
nohukumat tashkilotining “Korruptsiyani qabul qilish”, Jahon odil sudlov 
loyihasining “Korruptsiyaning mavjud emasligi” indekslarida sezilarli o‘zgarishlar 
yuz bergani aytildi. Taassufki, respublikamizda o‘tgan ikki yilda 1 986 nafar 
mansabdor shaxslar korruptsiyaviy jinoyatlarni sodir etganligi uchun jinoiy 
javobgarlikka tortilgan. Bunday jinoyatlar oqibatida yetkazilgan moddiy zarar 
miqdori 2 trln. so‘mdan oshganligi bu boradi ishlar yanada faollik talab etilishidan 
dalolat bermoqda. 
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, O‘zbekiston taraqqiyotining yangi 
bosqichiga qadam bosarkan, avvalo, davlat va jamiyatning birdamligi, yakdilligi, 
harakatda tenglik va adolatni ta’minilashi zarur bo‘ladi. Zaruriyat esa bajarilmas 
ekan erkin fuqarolik jamiyatini qurish dargumondir. Buyuk sarkarda, 
markazlashgan davlat asoschisi Amir Temur o‘z davrida davlat boshqaruvini 
odilliq kengashlilik va yuksak mahorat bilan olib borgan. U o‘zining mamlakatni 
boshqarish va odora etishda farzandlari va kelajak avlod uchun qo‘llanma bo‘la 
oladigan “Temur tuzuklari”ni meros qilib qoldirdi. Amir Temur nasihatlaridan 
birida shunday degan edi: “...davlat qonunlar asosida qurilmas ekan, unday 
saltanatning shukuhi, qudrati va tarkibi yo‘qoladi”.

Yüklə 435,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə