8-Mavzu. Qobiliyatlar va shaxsning kasbiy shakllanishi. (2 soat) Reja : Qobiliyatlar va ularning tabiiy asoslari



Yüklə 125,94 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix08.02.2023
ölçüsü125,94 Kb.
#100471
  1   2
8-маър



8-Mavzu. Qobiliyatlar va shaxsning kasbiy shakllanishi. 
(2 soat) 
Reja : 
1.
 
Qobiliyatlar va ularning tabiiy asoslari.
2.
 
Qobiliyatlarning sifat va miqdor 
xarakteristikasi
3.
 
Shaxs faolligi va qobiliyatlar .
4.
 
Umumiy va maxsus qobiliyatlar.
5.
 
Shaxsning kasbiy shakllanishi va qobiliyatlar 
 
Tayanch iboralar : 
Qobiliyat, malaka, ko’nikma, bilim, sifat, miqdor, aqliy 
iste’dod, testlar, Kettel, Terman, Spirmen. Iste’dod, qobiliyat, malaka, ko’nikma, 
bilim, sifat, miqdor, aqliy iste’dod, testlar. 
Qobiliyatlar kishining shunday psixologik xususiyatlaridirki, bilim, 
ko`nikma, malakalar orttirish shu xususiyatlarga bog`liq bo`ladi. Shu xususiyatlar 
mazkur bilim, ko`nikma va malakalarga taalluqli bo`ladi. Malakalar, ko`nikma va 
bilimlarga nisbatan qobiliyatlari qandaydir imkoniyat sifatida namoyon bo`ladi. 
Qobiliyatlar faqat faoliyatda, shunda ham amalga oshirilishi mumkin bo`lmagan 
faoliyatdagina namoyon bo`ladi. (Rasm solish qobiliyati bor yo`qligini shu 
faoliyatda aniqlanadi). Masalan, Albert Eynshteyn (1879-1955, nemis fizigi) o`rta 
maktabda uncha yaxshi o`kimagan o`quvchi edi, uning kelajakdagi genialligidan, 
aftidan hech narsa dalolat bermas edi. Qobiliyatlar bilim, malaka va 
ko`nikmalarning o`zida ko`rinmaydi, balki ularni egallash dinamikasida namoyon 
bo`ldi. 
Qobiliyatlar shaxsning mazkur faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirish 
sharti hisoblangan va buning uchun zarur bilim, ko`nikma va malakalarni egallash 
dinamikasida yuzaga chiqadigan farqlarda namoyon bo`ladigan individual 
psixologik xususiyatdir. Shunday qilib, qobiliyat odamlarni sifat jihatidan bir 
biridan farqlaydigan individual psixologik xususiyatdir. Qobiliyatlarni sifat 
xususiyati deb qarab chiqadigan bo`lsak, u odamning murakkab psixologik 
xossalari sifatida namoyon bo`ladi, va maqsadga etish uchun juda zarur bir necha 
yo`llarni egallaganligini bildiradi. Kishida u yoki bu faoliyatga qobiliyat bo`lib, 
boshqa biriga bo`lmasligi mumkin, lekin uning o`rnini to`ldirish, (kompensatsiya) 
imkoniyati borligidan foydalanib uni paydo qilish mumkin. (Masalan, kar-soqov, 
ko`r-olima O. I. Skoroxodova faoliyati). 
Qobiliyatlarning sifat jihatidan xarakteristikasi insonga mehnat faoliyatining 
qaysi sohasida (konstruktorlik, pedagogik, iqtisodchilik, sport va boshqalar) 
osonlik bilan o`zini topa oladi, katta yutuqlarga va muvaffaqiyatlarga erishadi 
deyishga imkon beradi. qobiliyatlarning sifat xarakteristikasi ularga miqdoriy 
xarakteristikasiga uzviy bog`liq. 
Psixologiyada qobiliyatlarni miqdor jihatdan o`lchash muammosi katta 
tarixga ega. XIX asr oxiri XX asr boshlarida qator burjua olimlari (Kettel, Termen, 
Spirmen va boshqalar) ommaviy ixtisoslar uchun kasb tanlashni amalga oshirish 
zarurati bilan bog`liq bo`lgan talablar ta'siri ostida ta'lim olayotganlarning qobiliyat 
darajasini aniqlashni taqlif qildilar. Lekin bunday qarashlar hukmron doiralar 


manfaatiga, ularning «qobiliyatli ekanliklarini» ta'kidlashga xizmat qildi. 
qobiliyatlarni o`lchash usuli sifatida aqliy iste'dod testlaridan foydalanildi.
Qobiliyatlar kishining konkret faoliyatidan tashqarida mavjud bo`lmaydi, 
balki ularning tarkib topishi ta'lim va tarbiya jarayonida sodir bo`ladi. Demak, 
qobiliyatlarni aniqlashning eng ishonchli yo`li - bu ta'lim jarayonida bolalarning 
yutuqlari dinamikasini aniqlashdan iboratdir. Bolaning qanday qilib kattalar 
yordami bilan bilim va ko`nikmalarni egallashlariga, bunday yordamni qanday 
qilib har xil qabul qilishlariga qarab qobiliyatlarning kattaligi, kuchi va zaifligi 
haqida asoslangan xulosalar chiqarishi mumkin. Bundan tashqari qobiliyatlarni 
aniqlashda shaxsni o`rganishning boshqa metodlaridan ham foydalanish mumkin. 
Qobiliyat strukturasi konkret faoliyat turi bilan belgilanadi. Bir faoliyatga bir 
necha qobiliyat kirishi mumkin. Masalan, pedagogik faoliyatga pedagog odobi, 
kuzatuvchanlik, bolani sevish, talabchanlik va hokazolar kiradi. Shulardan biri 
etakchi, qolganlari yordamchi fazilatlar bo`lishi mumkin. Kishi qobiliyati uning 
yordamchi, qo`shimcha fazilatlariga bog`liq yoki shunday deb qaralishi mumkin. 
Masalan, bir odam o`z ishini puxta, mazmunli uddalaydi, lekin artistlik, notiqlik, 
san'atini yaxshi egallamagani (ya'ni, yordamchi fazilatga ega emasligi) uchun 
o`zini ko`rsata olmaydi, ikkinchi bir odam ishni shunchaki uddalasa ham uni ko`z- 
ko`z qila oladi, o`zini iste'dod egasi qilib ko`rsata oladi. qobiliyatlar strukturasida 
shu singari tomonlarini umumiy va maxsus sifatlarini farqlay olish kerak. 
Odamlarni qobiliyatiga qarab tiplarga ajratish muammosi juda murakkab. 
Birida maxsus, birida umumiy sifat ustunlik qilishi mumkin. I. P. Pavlov 
qobiliyatga qarab odamlarni 3 tipga bo`ladi: «Fikrlovchi tip», «Badiiy tip», 
«O`rtacha tip». Bunda odamdagi ikki signal tizimi nisbatini hisobga oladi. 
Qobiliyatlar kishining shunday psixologik xususiyatlaridirki, bilim, 
ko`nikma, malakalar orttirish shu xususiyatlarga bog`liq bo`ladi, lekin shu 
xususiyatlarning o`zlari mazkur bilim, ko`nikma va malakalarga taalluqli 
bo`lmaydi. Aks holda imtihonda qo`yilgan baho, doska oldidagi javob 
muvaffaqiyatlari to`g`risida qat‘iy xulosa chiqarish imkonini bergan bo`lur edi. 
Shu bilan birga psixologik tadqiqotlar va pedagogik tajriba ma‘lumotlari 
guvohlik berishicha, ba‘zan dastlab nimalarnidir bajara olmagan va bu bilan 
tevarak atrofdagilardan o`ngaysiz ajralib turgan kishi ta‘lim olish natijasida 
favqulodda ko`nikma va malakalarni tez o`zlashtirib oladi va tezdayoq mahorat 
yo`lida hammani quvib o`tadi.
Psixologiya qobiliyatlar va faoliyatning muhim komponentlari bo`lmish bilimlar, 
malakalar va ko`nikmalarning aynan bir xilligini inkor qilar ekan, ularning birligini 
ta‘kidlaydi. Qobiliyatlar faqat faoliyatda, shunda ham faqat ana shu qobiliyatlarsiz 
_malgam oshirishi mumkin bo`lmaganfaoliyatdagina namoyon bo`ladi. Agar 
kishini rasm chizishga faoliyatdagina namoyon bo`ladi. Agar kishini rasm 
chizishga o`rgatishga hali urinilmagan bo`lsa, agar u tasviriy faoliyat uchun zarur 
bo`lgan hech qanday ko`nikmani egallamagan bo`lsa, uning rasm solish 
qobiliyatlari to`g`risida gap bo`lishi mumkin emas. Faqat rasm chizishga va 
tasviriy san‘atga mahsus o`qitish jarayonida o`quvchida qobiliyatning bor yo 
yo`qligi 
aniqlanishi mumkin. Bu uning ish usullarini, rang munosabatlarini 
qanchalik tez va oson o`zlashtirib olishida, tevarak- atrofimizdagi olamda 


go`zallikni ko`rishga o`rganishida 
namoyon bo`ladji. Bolada 
hali 
zarur 
qobiliyatlarning atrofdagilar tomonidan tan olinmaganligi, keyinchalik ularni 
yanada rivojlantirish munosib shon-shuhrat keltirganligi hollari ko`plab uchraydi. 
Albert Eynshteyn o`rta maktabda uncha ya‘shi o`qimagan o`quvchi hisoblanar va 
uning kelajakda geneialligidan, aftidan hech narsa dalolat bermas edi. 
Shunday qilib, qobiliyatlar shaxsning mazkur faoliyatini muvaffaqiyatli 
amalga oshirish sharti hisoblangan va buning uchun zarur bilim, ko`nikma va 
malakalarni egallash dinamikasida yuzaga yaiqadigan farqlarda namoyon 
bo`ladigan individual-psixologik xususiyatdir. Agar shaxsning ma‘lum sifatlar 
yig`indisi odamning pedagogik jihatidan asoslanib berilgan vaqt ichida egallangan 
faoliyati talablariga javob bersa, bu narsa bizga unda mazkur faoliyatga qobiliyat 
borligi to`g`risida xulosa chiqarishga asos bo`ladi. Agarda boshqa kishi xuddi 
shunaqa boshqa sharoitlarda uning oldiga faoliyat ro`baro` qilayotgan talabalarning 
uddasidan chiqa olmasa, unda tegishli psixologik sifatlar, boshqacha so`zlar bilan 
aytganda, qobiliyatlar yo`q deb taxmin qilishga asos bo`ladi.o`z-o`zidan ma‘lumki 
bunday odam zarur ko`nikma va bilimlarni umuman egallay olmaydi, degan ma‘no 
kelib chiqmaydi. Bu ko`nikma va bilimlarni egallash cho`zilib ketadi, natijasi 
nisbatanoz bo`lsa ham favqulodda ko`p kuch-g`ayrat sarflanishi va shu kabilarni 
talab qilishini bildiradi. Iste‘dod bu kishiga qandaydir murakkab mehnat faoliyatini 
muvaffaqiyatli, mustaqil va original tarzda bajarish imkoniniberadigan qobiliyatlar 
majmuasidir.Qobiliyatlar kabi iste‘dod ham faqat ijodiyotda yuksak mahoratga va 
anchagina muvaffaqiyatlarga erishish imkoniyatidan iboratdir. Oqibat natijada 
ijodiy yutuqlar odamlarning ijtimoiy-tarixiy hayot sharoitlariga bog`liqdir. 
Iste‘dodlarning uyg`onishi ijtimoiy shart-sharoitlarga bog`liqdir. Ma‘lum 
qobiliyatlarning to`l-to`kis rivojalnishi uchun naqadar qulay sharoitlarning mavjud 
bo`lishi davlat uchun naqadar qulay sharoitlarning mavjud bo`lishi davlat oldida 
turgan qulay sharoitlarning mavjud bo`lishi davlat oldida turgan konkret 
vazifalarning xususiyatlariga va davr ehtiyojlariga bog`liq. Urush yillarida 
sarkardalik iste‘dodlari jo`shqin rivojlanadi, tinchlik davrida injenerlik, 
konstruktorlik va shu kabi iste‘dodlar rivojlanadi. Kishi psixik faoliyatida birinchi 
signallar tizimi signallarining nisbatan ustunligi uning badiiy tipga, signallar 
signalining nisbatan ustunligi fikrlovchi tipga, signallar vakolatining tengligi 
odamlarning o`rta tipga mansubligini belgilaydi. Badiiy tip uchun bevosita ta'surot, 
jonli tasavvur, emotsiya ta'sirida paydo bo`ladigan obrazlar yorqinligi 
xosdir.Fikrlovchi tip uchun mavhumlik, mantiqiy tuzilmalar, nazariy mulohazalar 
ustunligi xosdir. 
Alohida olingan, yakka qobiliyatni garchi u taraqqiyotning juda yuksak 
darajasiga erishgan va yorqin ifodalangan bo`lsa ham iste'dod bilan tenglashtirib 
bo`lmaydi. Xotira, aqlning epchilligi, qo`llash ko`lamining kengligi iste'dodga yo`l 
ochadi. Bu singari sifatlarni mashhur odamlar faoliyati misolida ko`ramiz. 
Iste'dod strukturasi oqibat natijada mazkur faoliyat shaxs oldiga qo`ygan 
talablar xarakteri bilan belgilanadi. Bu umumiy va maxsus qobiliyatlar bilan 
bog`liq. Bir qator iste'dodli bolalarni o`rganish natijasida ba'zi bir juda muhim 
qobiliyatlarni aniqlashga erishildi. Bunday qobiliyatlar yig`indisi aqliy iste'dod 
tuzilmasini tashkil etadi. Shunday yo`l bilan ajratganda shaxsni birinchi xususiyati


ziyraklik, yig`noqlik, doimo jiddiy tayyorlikdir. Ikkinchi xususiyat birinchi 
xususiyat bilan bog`liq - mehnatga tayyorligi, mehnatga moyilligi, mehnatga 
ehtiyojdir. Uchinchi xususiyati - intelektual faoliyatga bevosita bog`liqdir: bu 
tafakkur xususiyatlari, fikrlash jarayonlarining tezligi, aqlining sistemaliligi, taxlil 
va umumlashtirish imkoniyatlarining ko`pligi, aqliy faoliyatning yuksak 
mahsuldorligidir. Shaxsning o`z so`zini o`tkaza olishi, boshqa odamga kuchli ta'sir 
eta olish kishi faoliyatida katta ahamiyatga egadir. Shuning uchun psixologiyada 
bu muammo bilan bog`lik qator tadqiqotlar olib borilmoqda. Masalan amerikalik 
psixolog A.Assingerning bu sifatni o`rganish testi «Pedagog tajovuzkorligini 
baholash» deb nomlanadi.
Ye.I.Rogov esa shaxs tipologik xususiyatlarini aniqlash, o`quvchi-o`qituvchi 
munosabatlarini aniqlash singari test so`rovnomalari yordamida shaxs sifatlarini 
aniqlash hozirgi kunda keng qo`llanilmoqda. Shuningdek, shaxs sifatlarini aniqlash 
muammolariga duch keladigan rahbar xodimlar, maktab va o`quv muassasasalari 
psixologlari Ayzenk, Ye.I.Rogov so`rovnomalaridan foydalanishlari mumkin. 
Iste'dod qator darajalariga ega bo`lib, maxsus iste'dod faoliyat turlari bilan, 
mahorat - ruyobga chiqish tezligi, chaqqonligi bilan belgilanadi. Ilhomlanish - 
faoliyat davomida qo`l keladigan izchillik tizimiga ega bo`lish bilan harakatlanadi 
va hokazo. 

Yüklə 125,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə