8-Mavzu. Shartnomalar nazariyasi Reja: Shartnoma tushunchasi



Yüklə 350,89 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/13
tarix18.01.2023
ölçüsü350,89 Kb.
#98750
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
8-мавзу ИИ (1)



8-Mavzu. SHartnomalar nazariyasi 
Reja:
1. SHartnoma tushunchasi
2. Sotish to’g’risidagi shartnoma va yollash to’g’risidagi shartnoma 
3. SHartnomalarning turlari 
1.
 
Tashkilot va institutlarni bir biri bilan taqqoslash 
5.Tashkilot tushunchasi va institut bilan tashkilot o’rtasidagi chegara 
6. Qishloq xo’jaligida shartnoma munosabatlari 
 
1. SHartnoma tushunchasi
SHaxslar o‟zaro hamkorligining umumiy doiralari institutlar tomonidan 
belgilanadi. Bitimlarni tuzish shartlarining muayyan doiralari esa o‟zaro 
hamkorlikning turli ishtirokchilari o‟rtasida qayd etiladi. O‟zbekiston Respublikasi 
Fuqarolik Kodeksining 9-bobi (101-112-moddalar) bitimlarga bag‟ishlangan. Agar 
mulkchilik huquqlari nazariyasining atamalaridan foydalansak, mulkchilik 
huquqlari bilan almashish va ularni himoyalash to‟g‟risidagi har qanday kelishuvni 
shartnoma, deb atash mumkin. SHartnomani tuzishda shaxslar rasmiy va norasmiy 
me‟yorlarni muayyan bitim ehtiyojlari uchun qo‟llagan holda, ulardan 
foydalanishadi. Boshqacha aytganda, shartnoma belgalangan institutsional 
doiralarda amalga oshiriladigan almashuv maqsadlari va shartlarining shaxslar 
tomonidan ongli ravishda va erkin tanlanishini aks ettiradi. 
SHartnoma
– belgalangan institutsional doiralarda shaxslarning ongli 
ravishda va erkin tanlashi natijasi hisoblangan mulkchilik huquqlari bilan 
almashish va ularni himoyalash to‟g‟risidagi kelishuv. 
SHunday qilib, institutsional tahlil oqilona tanlov modelining umumiy emas, 
balki xususiy holatini ko‟rib chiqish uchun zamin yaratadi. Ushbu model universal 
emas, u alohida institutsional doiralarda shaxslarning xatti-harakatni yoritish bilan 
chegaralanadi, bunda shaxslar ushbu doiralarga cheklangan darajada ta‟sir 
ko‟rsatadi. Oqilona tanlov modelini institutsional doiralarga joylashtirish «doira 
samarasi» deb nom oldi. Biroq oqilona tanlov institutsional doiralarini faqat 
chegaralash (giyohvondlik moddalari, qurol-aslaha, boshqa ijtimoiy xavfli tovarlar 
va xizmatlar oldi-sotdisi to‟g‟risida shartnomalar tuzish uchun qonuniy taqiq) 
sifatida talqin etish noto‟g‟ri bo‟ladi. Institutsional doiralar nafaqat cheklaydi, balki 
oqilona tanlovni amalga oshirish uchun zamin yaratishi mumkin. SHu tariqa
ishonchning norasmiy me‟yori ham, tomonlarning shartnomadan kelib chiquvchi 
majburiyatlarining
paydo bo‟lishi to‟g‟risidagi rasmiy qoida ham, hatto shartnoma 
tuzish va uni bajarish lahzasi o‟rtasida ancha vaqt o‟tgan taqdirda ham huquqlar 
bilan almashish imkonini beradi. Bunday institutsional doiralarda amal qiluvchi 
«munosabatli» odam, o‟z xususiyatlariga ko‟ra „omo oeconomicusdan farq qiladi – 
birinchi tushuncha ikkinchisiga qaraganda ancha keng. 


«Munosabatli» odam oqilona maqsadli harakat me‟yoriga amal qiladi, lekin 
shu bilan birga u o‟z xatti-harakatini ishonch, empatiya va bozor konstitutsiyasini 
tashkil qiluvchi boshqa me‟yorlar asosida ham quradi. 
Uni tuzish va bajarish lahzalarining vaqt bo‟yicha mos kelmasligini nazarda 
tutuvchi shartnoma odatiy holatni o‟zida namoyon etadi.
Bozor konstitutsiyasiga ko‟ra, shaxs xatti-harakatiga «tabiiy» omillarning ta‟sirini 
aniq oldindan aytishning iloji yo‟q. CHunki bozor konstitutsiyasi 
shaxs 
va
«tabiat»
o‟rtasidagi emas, balki 
shaxslar o’rtasidagi
o‟zaro hamkorlikni tartibga soluvchi 
me‟yorlar yig‟indisini o‟zida namoyon etadi. SHaxslar o‟rtasidagi o‟zaro hamkorlik 
natijalariga «Tabiat» ta‟sirining uchta varianti mavjud. 
1.
«Tabiat» o‟zaro hamkorlik natijalariga ta‟sir ko‟rsatmaydi, shaxslar ushbu 
holatda 
aniqlik
sharoitida bo‟ladi 
2.
«Tabiat» o‟zaro hamkorlik natijalariga ta‟sir ko‟rsatadi, lekin uning ta‟sirini 
oldindan aytish mumkin. SHaxs tomonidan qabul qilinadigan qarorni muqobil 
natijalarning paydo bo‟lishi ehtimoli ma‟lum bo‟lganida «hisoblab chiqish» mumkin.
3.
«Tabiat» o‟zaro hamkorlik natijalariga ta‟sir ko‟rsatadi, lekin uning ta‟sirini 
oldindan aytib bo‟lmaydi. Qaror qabul qilish natijalarini «hisoblab chiqish» mumkin 
emas, chunki qarorni qabul qilish vaqtida ularning paydo bo‟lishi ehtimoli emas, balki 
faqat uning muqobil yakunlari ma‟lum.
Xatar va noaniqlik sharoitida hamma shaxslar ham bir xil harakat qilmaydi. 
Insonlarning xatarga nisbatan munosabatlari nuqtai nazaridan ularning uchta xili 
mavjud: xatarga 
qarshi
insonlar; xatarga
 betaraf 
munosabatda bo‟ladigan insonlar 
va xatarga 
moyil
insonlar. 

Yüklə 350,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə