8-mavzu: Yoshlik, yetuklik va keksalik davrining psixologik xususiyatlari reja


Uzoq umr ko‘ruvchilarning psixologik xususiyatlari



Yüklə 81,85 Kb.
səhifə8/8
tarix21.05.2023
ölçüsü81,85 Kb.
#111841
1   2   3   4   5   6   7   8
8-mavzu Yoshlik, yetuklik va keksalik davrining psixologik xusu

8. Uzoq umr ko‘ruvchilarning psixologik xususiyatlari
Yirik jahon psixologlari S.Pako, G.Offre, L.Bine, U.Maynot, E.Medavir, A.Komfort, I.V.Davidovskiy, B.G.Ananev, N.V.Nagorniy, Ye.D.Aleksandrova va boshqalar uzoq umr ko‘rish sirlarini ekologik omillar orqali tushuntirishga harakat qila­dilar. Aksariyat olimlarning fikricha, ekologik omil­lar insonning yashash sharoitiga, kamol topishiga, bevosita yoki bilvosita ta’sir qiladigan omillardir. Insonning ijtimoiy muhiti sharoitlari ichiga kasb mehnati, turmush tarzi, madaniyati va ma’naviyati kabilar kiradi.
Jahon fani to‘plagan ma’lumotlarga ko‘ra, ochiq havoda ortiqcha zo‘riqishsiz jismoniy mehnat bilan shug‘ullangan odamlarda harakatning tezligi, qad-qomatning tikligi, ma’naviy tetiklik, ruhiy faollik uzoqroq saqlanadi. Mana shu holat jismoniy tarbiya bilan doimiy shug‘ullanuvchi kishilarda ham bo‘ladi.
“Umrni uzaytirish muammolari” nomli (1952) kitobda dog‘istonliklarda uzoq umr ko‘rishnipg acosiy sabablari quyidagilar ekani ta’kidlangan: 1) Respublikaning tog‘li qismidagi iqlim sharoiti va jo‘g‘rofiy omillar; 2) sutkasiga 3−4 marta iste’mol qilinadigan go‘shtli, o‘simlik moyli va sutli oziq-ovqatlar, chekishning, ichish va ortiqcha jinsiy aloqaning ta’qiqlangani; 3) avlodan-avlodga asrlar davomida o‘tib kelayotgan madaniy an’analar, o‘ziga xos turmush tarzi va uning xususiyatlari; 4) gigienaning barcha qonun va qoidalariga rioya qilinishi va butun umr bo‘yi jismoniy mehnat bilan shug‘ullanish; 5) bir maromda ham passiv, ham aktiv hordiq chiqarish; 6) aholi turmush darajasining moddiy-maishiy jihatdan yaxshilanishi va hokazolar.
S.Pako va uning izdoshlari ta’kidlaganidek, kek­sayish jarayonida ayrim psixofiziologik va psixolo­gik jarayonlarning barqarorlashuvi inson umrining uzayishiga, unda ijodiy faollik uzluksiz davom etishiga yordam beradi, aqliy mehnat bilan doimo shug‘ullanuvchi keksa odamlarda mantiqiy xotira saqlanadi. Shu bilan birga iqtidorli va aqlni peshlash mashqlari bilan shug‘ullangan kishilarda ham intellektning yuksak darajasi saqlanib, boshqa bilish funksiyalarining faoliyati bir tekis harakatni vujudga keltiradi.
Uzoq umr ko‘rishning, umr uzayishining muhim omillaridan yana bittasi kasb-korlik faoliyatiga bog‘liq psixik holatning barqarorlashuvidir. Ana shu holatga insonning ko‘rish idrokida fazoni farqlash (fazoviy tasavvur) qobiliyati kiradi. Fransuz geron­tologi va oftalmologi G.Offre “Gerontologiya asoslari” (1960) kitobidan joy olgan “Ko‘zning keksalarga xos o‘zgarishi” asarida ilmiy-amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan ma’lumotlar keltiradi. Uning fikricha, keksalikda presbioniya (grekcha, qarilikda ko‘rishning zaiflashuvi) hodisasi ro‘y berib, yaqinni ko‘rish yomonlashadi. G.Offrening fikricha, 10 yoshdan ko‘rish akkomodatsiyasining kuchi pasayishi, agarda 10 yoshda akko­modatsiya kuchi 16 dioptriyaga (grekcha optik o‘lchov) teng bo‘lsa, 40−45 yoshda−4, keyinchalik esa 1 bir dioptriyaga tushib ketishi mumkin. 50−60 yoshlarda akkomodatsiya o‘zining eng quyi darajasiga tushadi, biroq shundan keyingi yosh davrlarida barqarorlashib boradi. Jahon psixologiyasi fani ma’lumotlariga qaraganda, akkomodatsiyaning kuchi shunchalik kamayib boradiki, yaqinni faqat kuzoynak bilan ko‘riladigan bo‘ladi.
Ba’zi manbalarda mayda narsalar bilan shug‘ullanmaydigan, ko‘zi uzoqni ko‘rishga o‘rgangan odamda akkomodatsiya yuksak darajada saqlanishi, ko‘z xiralashuvi juda sekin, goho butunlay ro‘y bermasligi mum­kin.
M.Ya.Lojechnikova va L.N.Kuleshovaning aniqlashicha, haydovchilar, temiryo‘lchilar, ovchilarning ko‘rish sezgirligi yoshligida 1 yoki 1,5 birlikka teng bo‘l­sa, uzoq yillardan keyin ham o‘zgarmasligi mumkin.
I.V.Davidovskiy va B.G.Ananevlar ta’kidlaga­nidek, qarish va uzoq umr ko‘rish o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Binobarin, umrni uzaytirishning juda ko‘p omillari bor. Yuqorida uzoq umr ko‘rishning ekologik omillari ifodalandi, lekin uning psixologik, ijti­moiy-psixologik omillari, manbalari va mexanizmlari ham mavjuddir. Umuman aytganda, insonning umrini uzaytirish uchun shaxslararo yaxshi munosabat, shirin muomala, samimiy muloqot, oilaviy totuvlik, asab sistemasini asrash, barqaror his-tuyg‘u, hamdardlik, psixik faollik, irodaviy tetiklik bo‘lishi zarur.


Takrorlash va muhokama qilish uchun savollar

1.Yoshlik davri va uning o‘ziga xos psixologik xususiyatlari haqida tushuncha bering.


2.Yetuklik davrining birinchi bosqichidagi shaxsning psixologik xususiyatlarini ayting.
3.Yetuklik davrining ikkinchi bosqichidagi shaxsning psixologik xususiyatlari ayting.
4. Psixogerontologiya haqida umumiy tushuncha bering?
5. Biologik keksayish hamda keksayish davridagi shaxs psixologiyasi haqida tushuncha bering.
7. Keksalik davridagi shaxsning psixologik xususiyatlari nimadan iborat.
Yüklə 81,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə