8-sinf biologiya. 4-Laboratoriya mashg’uloti. Mavzu



Yüklə 45,35 Kb.
tarix11.05.2022
ölçüsü45,35 Kb.
#86535
8-4-laboratoriya


8-sinf biologiya.

4-Laboratoriya mashg’uloti.
Mavzu: Jismoniy mashq bajarganda yurak-qon tomirlar sistemasiga ta’sirini baholash.

Mashg’ulotning maqsadi: O’quvchilarga jismoniy mashq bajarganda yurak-qon tomirlar sistemasiga ta’sirini baholashni o’rgatish asosida nazariy bilimlarini mustahkamlash.
Kerakli jihozlar: Sekundomerli soat, Fonindoskop, Sfigmomanometr yoki tanometr.



Sekundomer Fonindoskop Tanometr

Ishning borishi: 1. Tajriba o’tkazish uchun 2-3 o’quvchi ajratiladi.

2. Ular 5 minut partada tinch o’tirib dam olgandan keyin pulsi sanaladi va arterial bosimi o’lchanadi. Tinch holatda olingan natijalar doskaga har bir o’quvchining familiyasi qarshisida yozib qo’yiladi.

3. So’ngra o’quvchilar navbat bilan belgilangan jismoniy mashqni bajaradilar (30 sek 20 marta o’tirib turadilar).

4. Mashq tugashi bilanoq pulsi sanaladi, arterial qon bosimi o’lchanadi. Olingan natija doskaga- tinch holatdagi natijalar yoniga yozib qo’yiladi.

5. 3-minut dam olgandan keyin puls va qon bosimi takror o’lchanib, doskaga yozib qo’yiladi. Bu natija tinch holatdagiga tenglashishi kerak. Agar tenglashmasa, mazkur o’quvchining yurak qon-tomir sistemasi chiniqmaganligini ko’rsatadi.






O’quvchilarning

ism familiyasi



Mashq bajarishdan oldin

Jismoniy mashq bajarganda

Mashq bajargandan 3 minut keyin

Puls soni

1-min


Max-min arterial bosim

Puls soni

1-min


Max-min arterial bosim

Puls soni

1-min


Max-min arterial bosim

1

Arislonov Sherzod

70

110-70

100

150-60

70

110-70

2

Bo’riyev Lochin

70

110-70

130

160-50

72

120-80

3

Qo’chqorov Qo’zivoy

72

120-80

150

180-40

86

130-70

Uyga vazifa: Xulosa yozib kelish.
Yüklə 45,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə