8-sinf Jahon tarixidan 1-nazorat ishi test savollari



Yüklə 17,64 Kb.
tarix17.05.2022
ölçüsü17,64 Kb.
#87154
8-sinf Jahon tarixi 1-nazorat ishi


8-sinf Jahon tarixidan 1-nazorat ishi test savollari

1.Portugaliyaliklarning geografik kashfiyotlardagi muvaffaqiyatlari kimning nomi bilan bog’liq?

A) Bartolomeu Diash B) Xristofor Kolumb C) Amerigo Vespuchchi D) Genrix Dengizchi

2.O’rta asrlarda zamonaviy ko’rinishdagi ilk bank qachon va qayerda vujudga kelgan?

A) XV asrda Genuyada B) XVI asrda Florensiyada C) XVII asrda Italiyada D) XVIII asrda Venetsiyada

3.1517-yilda “95 tezis” deb nomlangan ma’ruzasini e’lon qilgan ilohiyot fani professori qaysi universitet o’qituvchisi edi?

A) Berlin universiteti B) Myunxen Universiteti C) Vittenberg universiteti D) Kyoln universiteti

4.1540-yilda tuzilgan “Iso jamiyati”ning asoschisi kim edi?

A) Martin Lyuter B) Ignatiy Loyola C) Tomas Myunser D) Rafael Santi

5.Quyidagilardan Tomas Mor (1478-1535) ning asarini belgilang.

A) “Qirol Lir” B) “Don Kixot” C) “Utopiya” D) “Mona Liza”

6.Quyidagi variantlardan mashhur rassom Rembrandtning yashagan yillarini ko’rsating.

A) 1564-1616 B) 1606-1669 C) 1483-1520 D) 1475-1564

7.Quyidagi variantlardagi faylasuflardan qaysi biri “Insonning tabiiy huquqlari: yashash, erkinlik va mulkka egalik qilish” huquqlari haqidagi ta’limotni yaratdi?

A) Isaak Nyuton B) Galileo Galiley C) Jon Lokk D) Jordano Bruno

8.1558-yil Angliyada taxt tepasiga kelgan shaxsni ko’rsating.

A) Yakov I B) Yelizaveta I C) Genrix VIII Tyudor D) Karl I

9.Angliya qaysi yildan boshlab “Buyuk Britaniya” deb atala boshlandi?

A)1707-yildan B) 1714-yildan C)1716-yildan D)1718-yildan

10. Quyidagi variantlardagi yillarda bo’lib o’tgan urushlarning qaysi biri “Shimoliy urush” nomini olgan?

A) 1756-1763 B) 1618-1648 C) 1700-1714 D) 1700-1721

11.Qanday manbalarda XI asrdan boshlab «Dashti Qipchoq» dеb ataluvchi geografik hudud tilga olinadi?

A) arab va fors B) arab va turk C) turk va uyg`ur D) fors va arman

12. Qachon Sulton Husayn Boyqaro Xuroson taxtini egalladi?

A) 1461-yilda B) 1465-yilda C) 1467-yilda D) 1469-yilda

13. Qachon Muhammad Shayboniyxon dastlab qisqa muddatga bo`lsada Samarqandni egallaydi?

A) 1499-yil B) 1500-yil C) 1501-yil D) 1503-yil

14. Jonibek Sulton kimning o`g`li edi?

A) Xo`ja Mahmud Sultonning B) Shohbudog` Sultonning

C) Sulton Ali Mirzoning D) Muhammad Mahmud Sultonning

15.Muhammad Shayboniyxon qachon Xurosonga yurish boshladi?

A) 1504-yil yozida B) 1505-yil kuzida C) 1506-yil bahorida D) 1507-yil qishida

16.Shayboniylar davlatida Ko’chkunchixonning hukmronlik yillarini aniqlang.

A) 1530-1533-yillar B) 1533-1540-yillar C) 1510-1530-yillar D) 1556-1598-yillar

17. Kimning hukmronligi davrida Buxoroning poytaxt sifatidagi nufuzi har tomonlama o`sdi?

A) Abu Said B) Ubaydullaxon C) Abdullatifxon D) Abdullaxon II

18. Abdullaxon II ga siyosiy kurashlarda juda katta madad bo`lgan shayx to`g`ri berilgan javobni aniqlang.

A) Muhammad Islom B) Shayx Abubakr Sa`d C) Xoja Ahror D) Shayx Shamsiddin Kulol

19. Ichki nizorlardan foydalangan Eron shohi Abbos Buxoro xonligigining qaysi hududlarini egallaydi?

1.Nishopur 2.Samarqand 3.Axsi 4.Mashhad 5.Andijon 6.Sabzavor 7.Toshkent 8.Hirot

A) 2,3,5,7 B) 1,2,4,7 C) 1,3,4,8 D) 1,4,6,8

20. Abdullaxon II markaziy hokimiyatga bo’sunishni istamagan qaysi hududlarni qilich kuchi bilan bo’sundirdi?

1. Toshkent 2. Samarqand 3. Balx 4.Sayram 5. Badaxshon 6. Turkiston 7. Farg`ona

A) 1,2,3,5,7 B) 1,2,4,6,7 C) 1,2,3,4,5,6,7 D) 1,2,3,4,5,6

21. Qachon Buxoro xonligida Shayboniylar sulolasi hukmronligi barham topdi?

A) 1598-yil B) 1599-yil C) 1600-yil D) 1601-yil

22. Qachon Rossiya tomonidan Astraxan bosib olinadi?

A) 1555-yilda B) 1556-yilda C)1558-yilda D) 1560-yilda

23. Buxoro xonligida ashtarxoniy Imomqulixonning hukmronlik yillarini aniqlang

A) 1601-1605-yillar B) 1602-1605-yillar C) 1605-1611-yillar D) 1611-1642-yillar

24. Jonibek Sulton qaysi o`g`lining foydasiga taxtdan voz kechadi?

A) Boqi Muhammad B) Dini Muhammad C) Vali Muhammad D) Ali Muhammad

25. Imomqulixon qachon qozoqlarga hujum qilib, Tоshkеntni o`z tasarrufiga kiritdi?

A) 1610-yilda B) 1611-yilda C)1612-yilda D) 1613-yilda


8- “ ” sinf o’qivchisi: ______________________
To’gri javob: ________ Ball: ______ Baho:__________
Yüklə 17,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə