9- mavzu. Neoklassik maktab iqtisodiy qarashlari



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə7/14
tarix27.05.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#113411
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
9- mavzu. Neoklassik maktab iqtisodiy qarashlari

MUA = PA . MUM (11.2).


Keling endi talab egri chizig’ini keltirib chiqarish orqali talabda uchraydigan bir necha muammolarni va Marshallning bu muammolarga topgan yechimini ko’rib chiqaylik. Agar biz naflilikni maksimallashtiruvchi tovar bilan boshlab va keyinchalik bir tovarning narxini pasaytira boshlasak, biz talab miqdori va narx o’rtasidagi bog’liqlikni
hosil qilishimiz mumkin (11.1) va (11.2) tenglamalardan foydalanib, biz A tovar narxini tushirish talab miqdorining o’sishiga ma’lum holatdagina sababchi bo’lishini kuzatishimiz mumkin. A tovar narxining tushishining ikki ta’siri bor. Almashtirish ta’siri A tovar narxi uning o’rnini bosuvchilariga nisbatan arzonroq, shuning uchun odamlar A tovar iste‘molini oshiradilar. Almashtirish ta’siri har doim arzon narxda ko’proq iste‘mol qilishni va qimmat narxda kamroq iste‘mol qilishni boshlashiga ta’sir qiladi. Narx o’zgarishi orqali yuzaga keladigan daromad ta’siri murakkabroq. A tovar narxining pasayib ketishi odamning real daromadini oshiradi. Arzon narx bilan odam A tovarning oldingi miqdorini sotib olishi mumkin va undan tashqari A tovarga yoki boshqa tovarlarga ishlatilishi mumkin bo’lgan ortiqcha daromad paydo bo’ladi. Masalan, agar A tovarning narxi 1$ bo’lsa va avval 10 dona sotib olinayotgan bo’lsin, A tovarning narxi 0.90$ ga tushishi real daromadni 1.00$ ga oshiradi. Kishi daromadining oshishi bilan tovar iste‘molining oshishi normal tovarlarga xos. Agar A tovar normal tovar bo’lsa, uning talab egri chizig’i pastga va o’ngga siljiydi. Uning narxining tushishi unga bo’lgan talab miqdorining almashtirish ta’siri va daromad ta’sirida ko’tarilishiga olib keladi.
Agar A tovar darajasi past tovar bo’lsa, boshqa murakkabliklar kelib chiqadi. Daromadning oshishi bilan iste‘mol miqdorining tushishi past darajadagi tovarlarga xos. Gamburger iste‘molchilar byudjetida darajasi past tovar bo’lishi mumkin. Daromad oshsa, gamburgerning iste‘mol qilinish soni tushadi. Agar A tovar past darajadagi tovar bo’lsa, unda uning narxining tushishi almashtirish ta’siri sababli uning iste‘molining oshishiga olib keladi, ammo daromad ta’siri ostida uning iste‘moli tushadi. Agar almashtirish ta’siri daromad ta’siridan kuchli bo’lsa, talab egri chizig’i kamayib boradi, ammo agar daromad ta’siri almashish ta’siridan kuchliroq bo’lsa, talab egri chizig’i oshib boradi. Talab egri chizig’ining o’sishi talab nazariyasiga biroz ziddir. Bu nazariy jihatdan ehtimoldan xoli emas, ammo hech qanday empirik asoslangan ma’lumot ta’lab egri chizig’ining o’sishini kuzatmagan.
Marshall birinchi bo’lib talab qonunini ta’riflab o’tdi: ―Narx tushishi bilan talab miqdori ko’tariladi va narx o’sishi bilan esa kamayadi‖. Keyinchalik u Robert Giffen tomonidan yig’ilgan ma’lumotlardan kelib chiqib kambag’al odamlarning non uchun talab egri chizig’i o’sib boruvchi egri chiziq bo’lishi mumkinligini aytib o’tdi. Boshqa so’z bilan aytganda, non narxining ko’tarilishi go’sht va boshqa qimmat tovarlar iste‘molining kamayishiga va non iste‘molining ko’payishiga olib keladi. Shu sababdan past darajadagi tovarlar almashtirish ta’siriga qaraganda daromad ta’siri kuchli bo’ladi va bu nazariy adabiyotlarda Giffen tovarlari, deb ataladi. Giffen paradoksi haqida juda ham ko’p adabiyotlarda ma’lumot berilgan bo’lsa ham uning o’sib boruvchi talab egri chizig’i haqida aniq statistik ma’lumotlar keltirilmagan.
Keling endi talab egri chizig’i hosil bo’lishining nazariy muammolariga qaytamiz va Marshall ularga qanday yechim topganini o’rganib chiqamiz. U naflilik funksiyasining yig’indi shaklidan foydalanganligi uchun o’zining rasmiy matematik urinishlarida o’rnini bosuvchi va bir-birini to’ldiruvchi mahsulotlar ta’sirini e‘tiborsiz qoldirgan, lekin ularning xususiyatlari haqida gapirib o’tadi. Kam narx o’zgarishida daromad ta’siri ahamiyatsiz (kichkina), deb hisoblaydi. Shuning uchun agar biz (11.1) formula bo’yicha A tovarning narxini tushirsak, talab narxi oshadi va A tovarning me‘yoriy nafliligi MUA /PA nisbatiga qadar tushib boradi va boshqa tovarlar Me‘yoriy nafliligining narxga nisbatiga tenglashadi. Marshallning usulini boshqa nuqtayi nazardan ham o’rganish mumkin. Formuladan (11.2) foydalanib, A tovar narxining tushishi me‘yoriy naflilikning kamayishi hisobiga uning iste‘molining ko’payishiga olib keladi.
Marshall pulning me‘yoriy nafliligi o’zgarmas, deb qabul qilishi va boshqa nazariyalarni rad etishining ikki sababi bor: birinchidan, unda daromad ta’siri va almashtirish ta’sirini aniq ajratib oladigan usul yo’q edi, ikkinchisi, narxning kichik o’zgarishlarida daromad ta’siri juda ham kichik bo’lib, uni e‘tibordan chetda qoldirish tahlilga ta’sir qilmas edi.3 Marshall pulning me‘yoriy nafliligi narxning kichik o’zgarishlarida o’zgarmas, deb qabul qilishi unga hozir farovonlik iqtisodi, deb nomlangan fanda bir necha muhim xulosalar qilishga imkon berdi. Odatdagidek, Marshallning iqtisodning yangi taraflarini kashf qilishi o’zidan keyin ko’pgina iqtisodchilarning uning ishini davom ettirishi va rivojlantirishiga sababchi bo’ldi. Iste‘molchi ortiqcha nafliligi tushunchasi birinchi bo’lib Marshall tomonidan taklif etilgan va hozirgacha iqtisodiyot nazariyasida muhokama qilinadi.
(11.2) formuladan foydalanib, MUA = PA* MUM va pulning Me‘yoriy nafliligi o’zgarmas, deb qabul qilsak, A tovarning narxi va A tovarning Me‘yoriy nafliligi to’g’ridan to’g’ri bir-biriga bog’liq. Marshall A tovarning narxi iste‘molchilar uchun A tovar Me‘yoriy nafliligi o’lchovi, degan xulosaga kelgan. Talab egri chizig’i Me‘yoriy naflilikning kamayib borishi tufayli pastga va o’ngga siljiydi. Ularning pastga siljishi iste‘molchilar oldingi iste‘mol qilingan mahsulotga keyingi iste‘mol qilingan mahsulotdan ko’ra ko’proq pul to’lashga tayyor ekanligini bildiradi. Biroq bozorda iste‘molchilar iste‘mol qilinadigan barcha hajmdagi tovarni bitta narxda sotib oladilar. Chunki narx oxirgi iste‘mol qilingan mahsulotning Me‘yoriy nafliligini o’lchaydi, natijada iste‘molchilar avval iste‘mol qilmoqchi bo’lgan mahsulotga to’lamoqchi bo’lgan pullaridan kamroq narxda sotib olishga erishadilar.
Iste‘molchilarning to’lashga tayyor bo’lgan narxlari bilan haqiqatda to’langan narx o’rtasidagi farq Iste‟molchi ortiqcha nafliligini tashkil qiladi.
Marshall iste‘molchi ortiqcha nafliligi tushunchasini farovonlik haqidagi xulosalarini keltirishda ishlatilishni xohlagan, shuning uchun iste‘molchi ortiqcha shaxsiy nafliligidan ko’ra guruh sifatida iste‘molchilar nafliligi haqida ko’proq bosh qotirgan. U yakka talab egri chizig’i bilan emas, balki bozor talab egri chizig’i bilan ishlagan. 9.1- chizmada ko’rsatilgan bozor talabi egri chizig’ida biz iste‘molchilarning ortiqcha nafliligini tahlil qilamiz. Agar bozor narxi OC bo’lsa, talab miqdori OH bo’ladi. DD bu bozor talabi egri chizig’i bo’lsa, unda iste‘molchilar OC ga qaraganda balandroq narxda sotib olishga tayyor, bo’ladilar. OM - sotib oluvchi MP narxini to’lashga tayyor ammo faqat MR narxini to’lagan. Bunda RP iste‘molchi ortiqcha nafliligini tashkil qiladi. Boshqa barcha iste‘molchilar ham xuddi shu tarzda iste‘molchi ortiqcha nafliligiga ega bo’ladilar. Iste‘molchilar umumiy ortiqcha nafliligi miqdori CDA ga teng bo’ladi.



Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə