9-mavzu. Annotatsiya matni, tuzilishi va ifoda materialining xususiyatlari



Yüklə 55,5 Kb.
səhifə1/2
tarix19.04.2023
ölçüsü55,5 Kb.
#106148
  1   2
9-mavzu. Annotatsiya matni, tuzilishi va ifoda materialining xus


9-mavzu. Annotatsiya matni, tuzilishi va ifoda materialining xususiyatlari
Rejasi:
1. Annotatsiya matni, tuzilishi va ifoda materialining xususiyatlari
2. Annotasiya turlari
3. Annotasiyani tuzishga qo’yiladigan asosiy talablar
4.O’qigan kitoblaringiz bo’yicha annotatsiya namunalarini yozing.
5.Amaliy topshiriq.
1. Annotatsiya matni, tuzilishi va ifoda materialining xususiyatlari
Аnnоtаtsiya - bаdiiy, ilmiy, mеtоdik аsаrlаrning muаllifi, mаvzusi, mаnbаsi, undа ko‘tаrilgаn аsоsiy mаsаlаni ko‘rsаtishgа qаrаtilgаn qisqа хаbаrdir. Аnnоtаtsiya o‘zining kаmso‘zligi, hаjm jihаtidаn nihоyatdа kichikligi bilаn bаyоnning bоshqа turlаridаn аjrаlib turаdi. Batafsil yozilgan annotatsiya quyidagi savollarga javob bera olishi lozim.
Ishda nima haqida so‘z boradi?
Muallif qanday savollarni o‘rtaga qo‘yadi?
Bu savollar qanday yoritib berilgan?
Ishning tuzilishi qanday?
Ishni qanday baholash mumkin?
Yozilgan ish kimlarga mo‘ljallangan? v.h.
Annotatsiya (lotinchadan annotatio — mulohaza) yoki rezyume, qisqa xulosa (frantsuzchadan resume — «qisqa, qisqartirilgan») — kitob yoki biror bir asarning qiskacha mazmuni. Shuningdek annotatsiya — nashr (qulyozma. monografiya, maqola yoki kitob)ning qisqacha tavsifi bo’lishi ham mumkin. Annotatsiya asarning nashr etilgan vaqti va joyini, nominativ formasini, O’ziga xos ajralib turadigan jixatlari tasvirlaydi.
Annotatsiya kitob yoki maqolaning asosiy mavzusini o’z ichiga oladi.
Annotatsiya odatda ilmiy jurnallar, kitoblar boshida muallif va sarlavhadan keyin uchraydi.
Ingliz tilidagi adabiyotlarda annotatsiya ko’proq, «Abstract» nomi bilan uchraydi.
Aynan dars ishlanma annotatsiyasida quyidagilar bo’lishi mumkin:
darsning asosiy maqsadi;
qaysi sinf uchun mo’ljallangan;
dars ishlanmasi nechta o’quvchiga mo’ljallangan:
mavzuning qisqacha tavsifi:
o’quvchilar qanday yangi bilim va ko’nikmalarni egallashadi:
darsda qanday metodlar foydalanilgan va boshqa ma'lumotlar.
Annotatsiya (lot. annotatio – qayd) – qisqacha ta’rif. Kitob, maqola, qo‘lyozma mundarijasini, g‘oyaviy-siyosiy yo‘nalishini va boshqa jihatlarini ochib beradi. A.ni, mas, kitobning o‘zida, bi-bliografik ko‘rsatkichlarda va kutubxona kataloglarida uchratish mumkin. Uning vazifasi o‘quvchilarda muayyan kitob, maqola, qo‘lyozma to‘g‘risida umumiy ta-savvur tug‘dirish va ularga adabiyotlar tanlashda yordam ko‘rsatishdir.
Annotasiya - qandaydir nashr haqidagi qisqa axborot; hujjat, uning bir qismi yoki hujjatlar guruhining maqsadi, mazmuni, shakli va boshqa o’ziga xos xususiyatlari nuqtai nazaridan tavsifnomasi.
Annotasiya boshlang’ich hujjatda so’z boradigan savolga javob beradi.

Yüklə 55,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə