9-mavzu: Atmosferaga tarqalayotgan zararli changlar va zararli gazlar hamda ularning ruxsat etilgan tashlamalari me’yorlarini hisoblash



Yüklə 201,83 Kb.
səhifə1/3
tarix05.10.2023
ölçüsü201,83 Kb.
#125471
  1   2   3
Lecture 9


9-mavzu: Atmosferaga tarqalayotgan zararli changlar va zararli gazlar hamda ularning ruxsat etilgan tashlamalari me’yorlarini hisoblash.
https://images.app.goo.gl/gYsZ8q4xdc7KUN2u6
Atmosfera (yunoncha atmos– bugʻ va sfera) – yer sharini oʻrab olgan va u bilan birga aylanadigan havo qobigʻi. Atmosfera massasi 5,15-YU15 t boʻlib, yer shari ogʻirligi (5,977-1021 t)ning taxminan. milliondan bir boʻlagiga teng. Balandlikka koʻtarilgan sari Atmosfera bosimi va zichligi kamayib boradi. Atmosferaning qalinligi bir necha oʻn ming km boʻlishiga qaramay, uning asosiy massasi yer sirtiga yondashgan yupqa qatlamda joylashgan.
http://eol.jsc.nasa.gov/scripts/sseop/photo.pl?mission=ISS013&roll=E&frame=54329
Atmosfera havosining yer ustki qatlamini sanoat korxopaliridan tashlanadigan zararli moddalar bilan xavfli ifloslanish darajasi zararli moddalarning yer ustki kontsentratsiyasi Smaks (mg/m3) bilan aniqlanadi. Smaks eng noqulay ob — havo sharoitiga to’g’ri keladigan va tashlash joyidan ma’lum masofada o’rnatiladi.
https://images.app.goo.gl/NqXhDZfxjG3FRXUZ8
Bir vaqtning o’zida atmosferada bir necha moddalariing birgalikda tahsir xususiyatiga ega bo’lgan zararli moddalar kontsentratsiyasining yig’indisi birdan oshmasligi kerax
Bu yerda: S1, S2, . . . . Sn — atmosfera havosidagi zararli moddalarning bir joydagi kontsentratsiyasi, mg/m3. RECHK1, RECHK2, RECHKP — zararli modalarning tegishli ruxsat etilgan chegaraviy kontsentratsiyalari, mg/m3
Dumaloq og’izli birgina manbadan chiqayotgai qizigan gaz — havo aralashmasi chiqindisining kontsentratsiya Smaks kattaligi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Dumaloq og’izli birgina manbadan chiqayotgan sovuq gaz — havo aralashmasi chiqindisining kontsentratsiya Smax katgaligi quyidagi formula bilan aniqlaiadi
Bu yerda A - Atmosfera havosidagi zararli moddalarning vertikal va gorizontal yig’indisini aniqlovchi, atmosferaning harorat intratifikatsiyasiga bog’liq koeffitsient. O’rta Osiyoning subtropik zonasi uchun ~ 240, Qozog’iston va O’rta Osiyoning qolgan rayonlari. Quyi Povoljg’e, Kavkaz, Moldaviya, Sibir, O’zoq Sharq - 200, shimol, shimoliy — g’arb, o’rta Povoljg’e, Ural, Ukraina uchun - 160, MDHning Yevropa territoriyasining markaziy qismi uchun – 120ga teng
M— atmosferaga tashlanayotgan zararli moddalar miqdori, g/s. Bu kattalik loyihaning texiologik qismini hisoblab aniqlanadi yoki tegishli korxona normativlariga mos ravishda qabul qilinadi.
F — zararli moddalarni atmosfera havosida cho’kish tezligini ehtiborga oluvchi o’lchovsiz koeffitsieit. Gazsimon zararli moddalar va mayda dispers aerozol aralashmalar uchun F = 1 ; chang va qurum uchun, agar tozalashning o’rtacha ekspluatatsion koeffitsienti 90% va undan katta bo’lsa F= 2, 70-90%da F= 2,5 , 75% kam bo’lsa F = 3 ga teng bo’ladi.
Agar tashlama suv bug’i bilan birga chiqib uning kondensatsiyalanishi sodir bo’lsa, shuniigdek, chang zarralarini koagulyatsiyalanishga uchrashi mumkin bo’lsa, F ~ 3 deb qabul qilinadi m va n manba og’zidan tashlanayotgan gaz — havo aralashmasi chiqindisini sharoitini hisobga oluvchi o’lchovsiz koeffitsient.
Koeffitsient m quyidagi formula bilan aniqlanadi.
Korxonada xom ashyoni tayyorlashda ishlash; churigan uskunalardan chang chiqadi; bu chang ventilyator yordamida so’rilib, atmosferaga chiqarib tashlanadi. Tashlama m/sek tezlikda balandligi N m, diametri D bo’lgan mo’ridan havoga tashlanadi
https://go3.imgsmail.ru/imgpreview?key=42fd0e7bc6ee953f&mb=imgdb_preview_1505
1. Changning kutilgan eng katta kontsentratsiyasi Sm ni
hisoblab toping va uni RECHK — 0,5 mg3 /m3 qiymati bilan solishtirib ko’ring.
2. Chang uchun RECHK 1/sek ning qiymatini toping va uni hahiqiy tashlanayotgan M — miqdori bilan solishtirib ko’ring.
3. Ventilyator yordamida chiqarib tashlanayotgan chiqindi havo yo’liga chang to’tib qoluvchi uskuna qurish zarurligini asoslab ko’rsating.
Yechish:
Sovuq tashlamalar uchun Sm i RECHT quyidagi formulalar yordamida hisoblab chiqariladi:
bunda: A— ob — havo, iqlim hamda zararli moddalarni havoda vertikal, gorizontal yo’nalishda tarqalish shart - sharoitiga bog’liq bo’lgan koeffitsient;
F — moddalarning o’tirib qolish tezligini ehtiborga
oluvchi koeffitsient, G’=3
n — moddalarni mahlum manbadan qanday shart— sharoitlarda chiqarib tashlanayotganini ehtiborga oluvchi koeffitsient.
Changli havoning hajmi
p-ni aniqlash uchun Um pi hisoblab chiqaramiz
Har qanday qattiq moddalarning havoda Suzib ( uchib) yuruvchi mayda zarrachalari chang hisoblanadi. Odamlar nafas olganlarida ularning o’pkalariga havo bilan birgalikda chang ham tushadi. Odamning sog’ligi uchun havodagi changning mag’lum bir miqdordagi kontsentratsiyasi xavfli bo’ladi.
Ishlab chiqarishdagi ko‘pgina jarayonlar turli xil tarkibdagi chang va gazlarni ajralib chiqishi bilan amalga oshadi. Shu sababli, sof toza havo deyarli uchramaydi va havo tarkibida hamisha ma’lum miqdorda (1m3 toza havo tarkibida 0,25 mg.dan 0,5 mg. gacha) changlar bo‘ladi. Changlar ko‘rinishi va tarkibiga bog‘liq holda quyidagi guruhlarga bo‘linadi: organik, noorganik (mineral) va metall changlari.
Havo tarkibidagi changning xaqiqiy kontsentratsiyasini aniqlashda bir necha uslublar taklif etilgan. Bulardan eng oddiyi va keng tarqalgan uslubi quyidagicha. Maxsus qog’oz filtr olinadi, quritiladi va analitik tarozida o’lchanadi. Shundan keyin mag’lum miqdordagi tadqiq etiladigan havo filtr orqali o’tkaziladi. so’ngra filtr ikkinchi marta o’lchanadi. Filtrning massalari orasidagi farq, filtr orqali o’tkazilgan hajmdagi havoning tarkibidagi chang zarrachalarining ushlanib qolingan massasini ko’rsatadi.
Ish joylari havosini sog‘lomlashtirishda birinchi navbatda zararli changlar va gazlarning manbalari, ularni yuzaga kelishini kamaytirish yo‘llari, ushbu zararli gaz va changlarni ish joyi zonasiga kirish sabablari o‘rganilib, bartaraf etish choralari ko‘riladi. Yuqorida ko‘rsatilgan tadbirlar etarli darajada samarali bo‘lmagan hollarda esa shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish yoki ishlab chiqarishni avtomatlashtirish, masofadan boshqarish tizimlaridan foydalanish tavsiya etiladi
Havoning tarkibidagi chang miqdori quyidagi formula orqali aniqlanadi.
bu yerda: ‘ch- changni o’lchangan kontsentratsiyasi, mg/m3; q1 -toza filtrning massasi, g; q2 –changli filtrning massasi, g; W0- meg’yoriy (normal) sharoitda filtr orqali o’tkazilgan havoni hajmi; l./min; tb- filtr orqali havoni o’tkazish davomiyligi
Changning kontsentratsiyasini aniq hisoblash uchun xonaning bir necha joyidan namuna olish kerak. Filtr orqali o’tkaziladigan havoning miqdori asboblar-quruq reometr, gaz o’lchagich yoki maxsus aspirator (filtr orqali havoni so’rish uchun havo nasosi va bir nechta reometrlardan tashkil topgan) yordamida aniqlanadi.
Havoni tadqiq etishda qog’oz filtr maxsus patronga o’rnatiladi, patronning ingichka bo’yin qismiga rezina trubka biriktiriladi, rezina trubkani ikkinchi uchi esa reometrning pastki trubkachasiga yoki gaz o’lchagichga biriktiriladi. Reometrni yuqorigi trubkachasi o’z navbatida rezinali trubka yordamida havo yig’ish qurilmasi bilan to’tashtiriladi. Havoni yig’ish qurilmasi sifatida chang yutgich (pqlesos)dan foydalanish mumkin, faqatgina unga ozroq o’zgartirish kiritiladi. Buning uchun chang yutgichni yig’ish teshigiga rezinali po’kkak o’rnatiladi, rezina po’kkakdan esa ikki-uchta metall trubka (quvurcha) o’tkaziladi, trubkani diametri esa rezinali trubkani kiygizishga imkon bersin. Ishlashga qulay bo’lishi uchun filtrli patron shtativga o’rnatiladi. Havodan namuna olish uchun mo’ljallangan asbobni joylashtirilgan (montaj qilingan) holati. rasmga ko’rsatilgan.
Tadqiq natijasida aniqlangan havoning tarkibidagi changni xaqiqiy kontsentratsiyasini qiymati meg’yoriy ko’rsatkichdagi qiymatlar bilan solishtiriladi. Tadqiq etilgan xonadagi ishchining mehnat sharoitiga ruxsat etilgan changning kontsentratsiyasi quyidagi jadvalda keltirilgan ko’rsatkichlar yordamida aniqlanadi.


Yüklə 201,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə