9-mavzu: auditorlik dalillar



Yüklə 216 Kb.
səhifə1/7
tarix22.02.2023
ölçüsü216 Kb.
#101287
  1   2   3   4   5   6   7
9-mavzu auditorlik dalillar

9-mavzu: AUDITORLIK DALILLAR

  • REJA:
  • 1. Auditorlik dalillar tushunchasi, ularning tayinlanishi va oldiga qo’yiladigan talablar.
  • 2. Auditorlik dalillarning turlari.
  • 3. Auditorlik dalillarni olish manbalari.
  • 4. Auditorlik amallari va auditorlik dalillarini to’plash.
  • 5. Auditorlik dalillarni olish usullari.

1. Auditorlik dalillar tushunchasi, ularning tayinlanishi va oldiga qo’yiladigan talablar.

  • Auditning xalqaro standartlari – AXS (International Standarts of Auditing – ISAs) da standartlash ob’ekti sifatida V – «Auditorlik dalillar» (500-599) nomli maxsus bo’lim ajratilgan. Ushbu bo’lim 9 ta standartni o’z ichiga oladi:
  • № 500 – «Auditorlik dalillar» (Audit Evidence)
  • № 510 – «Birlamchi kelishuvlar – boshlang’ich qoldiq-lar» (Initial Engagements Opening Balances)
  • № 520 – Analitik amallar (Analytical Procedures)
  • № 530 – Auditorlik tanlash (Audit Sampling)
  • № 540 – Buxgalterlik hisobida baholanadigan qiymat-lar auditi (Audit of Accounting Estimates)
  • № 550 – Bog’liq tomonlar (Related Parties)
  • № 560 – Keyingi hodisalar (Subsequent Events)
  • № 570 – Uzluksiz faoliyat (Going Concern)
  • № 580 – Rahbariyatning bildirgisi (Management Representations)

Ushbu standartlar auditorlik faoliyatining xalqaro amaliyotida olinadigan dalillarning etarlilik darajasini va ularni to’plashga nisbatan qo’yiladigan talablarni belgilaydi.

  • Ushbu standartlar auditorlik faoliyatining xalqaro amaliyotida olinadigan dalillarning etarlilik darajasini va ularni to’plashga nisbatan qo’yiladigan talablarni belgilaydi.
  • Bizning mamlakatimizda esa shu vaqtgacha qabul qilingan auditorlik faoliyati milliy stanlartlaridan quyidagilarni shunday bo’lim sifatida umumlashtirish mumkin:
  • №10-AFMS «Moliyaviy hisobot tarkibidagi boshqa axborotlar»; №11-AFMS «Ma’lumotlarni kompyuterda ishlash (MKI) sharoitida audit o’tkazish»; №13-AFMS «Tahli-liy amallar»; №14-AFMS «Auditorlik tanlash»; №16-AFMS «Ekspert ishidan foydalanish»; №50-AFMS «Auditorlik dalillar».
  • Auditorlik dalillarning miqdor va sifat ko’rsatkich-lariga, shuningdek ularni olish maqsadida bajariladigan amallarga nisbatan qo’yiladigan talablar № 50 – «Auditorlik dalillari» nomli AFMSda belgilangan. Ushbu standart talablarini barcha auditorlik tashkilotlari auditorlik tekshiruvlarini o’tkazish chog’ida qo’llashi majburiydir.
  • Auditor moliyaviy hisobotning haqqoniyligini asoslashi uchun quyidagi amallarni bajarish natijasida etarli auditorlik dalillarini to’plashi lozim:
  • schyotlar bo’yicha oborotlar va qoldiqlarning moliyaviy hisobotda to’g’ri aks ettirilishini batafsil tekshirish:
  • tahliliy amallar:
  • ichki nazorat vositalarini tekshirish;

Yüklə 216 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə