9-mavzu. Sanoat korxonalarida diagnostika asoslari to‘G‘risida umumiy ma‘lumot



Yüklə 177,09 Kb.
səhifə1/5
tarix06.03.2023
ölçüsü177,09 Kb.
#102004
  1   2   3   4   5
9-Маъруза АСДИ


9-MAVZU. SANOAT KORXONALARIDA DIAGNOSTIKA ASOSLARI TO‘G‘RISIDA UMUMIY MA‘LUMOT
REJA:
1. Diagnostikaning asosiy tushuncha va ta‘riflari.
2. Diagnostikaning maqsadi va vazifalari.
3. Avtomatik tizimlarni yaratish va ekspluatasiya bosqichlarida diagnostika ta‘minoti.
4. Diagnostikaning rivojlanish istiqbollari, chet el tajribasi.
1. Diagnostikaning asosiy tushuncha va ta‘riflari
Avtomatlashtirish vositalarining diagnostikasi rivojlanishining asosiy masalalarini yechish diagnoz qo‘yish metodlarini, vositalarini, me‘yoriy ko‘rsatkichlarini va algoritmlarini ishlab chiqish, diagnostika qo‘llanishining optimal texnologik va tashkiliy prinsiplarini qabul qilish, diagnostika jarayonlarini takomillashtirish maqsadida statistik materiallar to‘plash va diagnostikaning iqtisodiy samaradorligini oshirishga bog‘liq.
Diagnostika nazorat qilish ishlarining yangi pog‘onasidagi takomillashgan shaklidir. U an‘anaviy nazorat operatsiyalaridan, ya‘ni birinchidan, agregat, mexanizmlar texnik holatlarini aniq baholash bilan, ikkinchidan, ularning samaradorlik parametrlarini aniqlash imkoni bilan (quvvat, yoqilg‘i iqtisodiyoti, tormozlarning, ilashuvlarining ishchi ko‘rsatkichlari va h.k.larni aniqlash), uchinchidan, nazorat rejimlarini optimallashtirish orqali avtomatlashtirish vositalarining texnik holatini tezkor boshqarish uchun sharoitlarning borligi bilan farq qiladi. Diagnostikaning rivojlanishi buzilishlarni aniqlash va diagnoz qo‘yish ishlarini keng avtomatlashtirish imkonini beradi.
Avtomatlashtirish vositalari diagnostikasining iqtisodiy samaradorligi quyidagicha: Joriy ta‘mirlash sarf-xarajatlari 8...12% ga, ehtiyot qismlar sarf-xarajatlari 10...12% ga yonilg‘i sarfi 2...5% ga kamayadi.
Diagnostika jarayonlari quyidagi operatsiyalardan tashkil topgan:
a) ob‘yektning hozirgi momentdagi texnik holatini aniqlash (diagnoz qo’yish);
b) ob‘yektning kelgusidagi texnik holatini aniqlash (oldindan aytib berish);
v) ob‘yektning oldingi texnik holatini aniqlash.

Yüklə 177,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə