9-mavzu: Ta’lim va tarbiyaning psixologik asoslari


O’quv faoliyatini boshqarish



Yüklə 51,08 Kb.
səhifə6/10
tarix22.05.2023
ölçüsü51,08 Kb.
#112107
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
9-mavzu Ta’lim va tarbiyaning psixologik asoslari

6. O’quv faoliyatini boshqarish

Boshqaruv bu shunday yo’naltiruvchi kuchki, u insonlardagi ijodiy potensial imkoniyatlarini oladigan sharoitlarni yuzaga chiqarishni maqsad qilib qo’yadi. Shunday ekan, o’qituvchining ta'lim-tarbiya jarayonini to’g’ri va oqilona boshqara olishi o’quvchi shaxsi kamolotida nihoyatda kattadir.


Faoliyatdan kutiladigan natija psixologiyada maqsad deyiladi. O’quv jarayonining boshqarilishi ikkita asosiy maqsadni ko’zda tutadi. Ulardan birinchisi, o’quv jarayonini to’g’ri tashkil eta olish, ikkinchisi esa o’quvchilarning shaxsiy qiziqish va ehtiyojlarini qondirishdir. Ana shu maqsadlar boshqarishning vazifalarini belgilab beradi. Demak, o’quv jarayonini boshqarishning:
- birinchi vazifasi tashkiliy bo’lib, o’quvchilarning ta'lim tarbiyasi bo’yicha ijtimoiy buyurtmalarni qondirish;
- ikkinchi vazifasi - bevosita o’quvchining qiziqish va talablarini qondirishga yo’naltirilgan holatdagi ijtimoiy vazifadir.
Shuningdek, bu vazifa o’quvchilarni ko’tarinkilik, yaxshi kayfiyat va o’quv jarayonidagi ishchanlikni yuzaga keltirishni ham o’z ichiga oladi. Afsuski, ko’p yillar davomida boshqarishning ana shu ijtimoiy vazifasiga juda ham e'tibor berilgan.
Boshqaruvning ikkinchi vazifasi bu ijtimoiy-psixologikdir. Bu vazifa o’quvchilarda samarali faoliyat uchun zarur bo’lgan ijtimoiy-psixologik holat va xususiyatlarni rivojlantirishga qaratilgandir.
Bu holat va xususiyatlar o’quvchilarni o’zaro jipslashtirish, nazorat, o’z-o’zini boshqarish, shuningdek, mustaqil ta'lim olishlarini rivojlantirishdan iboratdir.
O’quv jarayonini boshqarish uchun quyidagi tarkibiy qismlarni egallash lozim:
1.Berilgan o’quv topshiriqini yechish uchun vositalar tanlash.
2.Topshiriqlarni yechish jarayonida o’z-o’zini nazorat qilish.
3.O’zlashtirilgan bilimlar, malakalar, ko’nikmalar sifatini
4.O’quv topshiriqlarini bajarilganligini tekshirish.
5.O’z oldiga maqsad qo’ya olish.
6. Turli belgilar bilan predmetning ichki munosabatlari muvofikligini ko’ra olish.
O’qitishning ikkita usuli mavjud. Biri an'anaviy o’qitish usuli -bunda o’qituvchi muammoni belgilaydi, vazifalarni aniqlaydi va muammoni yechib beradi. O’quvchi esa masalani yechish yo’llarini eslab qoladi va uni yechishni mashq qiladi. Bunda o’quvchilarda reproduktiv tafakkur shakllanadi.Rivojlantiruvchi ta'lim o’qitishning muammoli usulida o’qituvchi o’quvchilarning bilish jarayonlarini boshqaradi, uni tashkil etadi va nazorat qiladi.O’quvchi esa muammoni tushunadi, uni yechish yo’llarini qidiradi va uni yechadi. Bunday hollarda o’quvchi tafakkurining mahsuldorligi oshadi va uning mustaqilligi rivojlanadi.
O’quvchining o’qishga bo’lgan qiziqishini rivojlantirish uchun o’qituvchi quyidagi qoidalarga tayanishi lozim:
1 O’quv jarayonini shunday tashkil etish lozimki, bunda o’quvchi faol harakat qilishi, mustaqil izlanishi, yangi bilimlarni o’zi kashf etishi va muammoli xarakterdagi masalalarni yechish uchun sharoit izlashi kerak.
2. O’quvchilarga bir xil o’qitish usullari va bir turdagi ma'lumotlarni berishdan qochish kerak.
3.O’rgatilayotgan fanga nisbatan qiziqishning namoyon bo’lishi uchun ayni shu fan yoki bilim, o’quvchining o’zi uchun qanchalik ahamiyatli va muhim ekanligini bilishi kerak.
4.Yangi material qanchalar o’quvchi tomonidan avval o’zlashtirilgan bilimlar bilan bog’liq? bo’lsa, u o’quvchi uchun shunchalik qiziqarli bo’ladi.
5.Haddan ziyod qiyin material o’quvchida qiziqish uyg’otmaydi. Berilayotgan bilimlar o’quvchining kuchi yetadigan darajada bo’lishi lozim.
O’qituvchi o’rganilayotgan mavzu yoki bilimining ahamiyatini ko’rsatish, o’quvchining o’quv faolligini oshirish uchun qiziqarli misollar, aqliy o’yinlardan keng foydalanishi lozim. Lekin, ta'limdagi har bir beriladigan bilim yorqin, qiziqarli bo’lavermaydi, shuning uchun o’quvchilarda iroda, qatiylik, mehnatsevarlik kabi xislatlarning kamol toptirilishi nihoyatda zarurdir. Ana shu xislatlar o’quvchining kelgusida o’z-o’zini nazorat qilishga, o’z-o’zini baholashga va mustaqil ta'lim olishga asos bo’lishi kerak.

Yüklə 51,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə