9-mavzu: Ta’lim va tarbiyaning psixologik asoslari


"Tarbiyasi qiyin" bolalar psixologiyasi



Yüklə 51,08 Kb.
səhifə9/10
tarix22.05.2023
ölçüsü51,08 Kb.
#112107
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
9-mavzu Ta’lim va tarbiyaning psixologik asoslari

9. "Tarbiyasi qiyin" bolalar psixologiyasi
" Tarbiyasi qiyiin" bolalar pedagogik qarovsizlik natijasidir.
L.S.Vigotskiy fikricha, "qiyin" o’smir hayoti munosabatlar xarakterining natijasidir.
Bular avvalo qaysar, injiq bolalar, ularni qiziqarli faoliyat turiga tortish, ularni tarbiyalashning asosiy usullaridan biridir, qo’pol bolalardir. Ularning faolligini maqsadga muvofiq o’zgartirish, ularga ba'zi huquqlarni berish yo’li
bilan ularga ta'sir o’tkazish mumkin. Psixologiyada "tarbiyasi qiyin" bolalarning bir qancha klassifikasiyalari mavjud.
Birinchi guruh - ijtimoiy salbiy, mustahkam qarashlarga ega bolalar;
Ikkinchi guruh - qonunbuzarlarga tahlid qiluvchi bolalar;
Uchinchi guruh - ijobiy va salbiy xulq - atvor stereotiplari o’rtasida ikkilanuvchi, o’z xatolarini tushunuvchi bolalardir.
To’rtinchi guruh - irodali bolalarga bo’ysunuvchilar.
Beshinchi guruh - qonunbuzarlik yo’liga tasodifan kirib qolganlar.
Shuni aytish lozimki, tarbiyasi og’ir bolalar uchun, ular yashayotgan muhit, oila, ular o’qiyotgan jamoa, sinfning roli juda kattadir.


10. Tarbiya jarayonining samaradorligini oshiruvchi psixologik mexanizmlar
Tarbiyali bo’lim - bu xulq-atvorini nazorat qilishdan iboratdir. Bunday nazorat insonga yomon hatti-harakatlarni bajarmaslik imkoniyatini beradi.
Agar shaxs xulq-atvorini axloqiyligi haqida qayg’ursa, u ijtimoiylashuvga erishgan bo’ladi.
Tarbiyalanganlik ijtimoiylashuvni o’rganish jarayoni sifatida qaraladigan yosh psixologiyasida olingan natijalarga asoslanadi.
Bola o’zini egosentrik emas, balki tarbiyali tutishi uchun tarbiyalanganlik qanday rag’batlantirilishi kerak Tarbiya o’z mohiyatiga ko’ra ijtimoiy jihatdan ijobiy ehtiyojlarni hosil qilishidir. Agar ta'lim shaxsning ongini shakllantirish bo’lsa, tarbiya uning ongsizlik sferasiga ta'sir etishdir.
Bolalarga ularni tarbiyalaydiganlarga hissiy yaqinlik xos. Odatda 6 oylik bolalar unga g’amxo’rlik qiladigan ota-onasiga bog’lanib qoladilar.
Ota-onaning oldida , ular bilan muloqatda bo’lish bolalarga juda yoqadi, ularning yo’g’ligi bolaga yoqmaydi. Ota-onaning g’amxo’rligini bildiradigan so’zlar, hatti-harakatlar bola uchun juda katta ahamiyatga ega, uni erkalamaslik, suymaslik salbiy ahamiyatga ega bo’ladi.
Xulq-atvorning dastlabki ijtimoiylashuvi xuddi shu o’rganish jarayoni orqali sodir bo’lishi mumkin: xulq,-atvorning istalgan shakllari g’amxo’rlik va e'tibor bilan tag’dirlanadi, kutilmagan shakllari esa qo’llab-quvvatlanmaydi. Lekin, yaxshi xulq-atvorni rag’batlantirish va yomon xulq-atvor uchun jazolash axloqiy ijtimoiylashuvning kichik bir jismidir. Biz ko’rib chiqan xulq-atvor hamma bolalarga ham taluqli emas.
Bolalarni tarbiyalash samaradorligini oshirishda an'ana va urf-odatlarning roli katta.
Xalq urf-odatlari, an'analari va marosimlari katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Ular odamlarni bir-biriga yaqinlashtiradi, do’stlik-birodarlik his-tuyg’ularini rivojlantiradi. Bular o’z navbatida yoshlar uchun ibrat namunasini o’taydi.
Mustaqil jamiyatning baxt-saodati yo’lida halol mehnat qilish: jamiyat boyligini saqlash va ko’paytirish yo’lida har bir kishining tinmay g’amxo’rlik kilishi, ijtimoiy burchni yaxshi anglash; jamiyat hayotida va shaxsiy hayotda halollik va rostgo’ylik, axloqiy sofdillik, odamiylik va kamtarlik, milliy va irqiy adovatlarga aslo yo’l qo’ymaslik va shu kabilar tarbiya jarayonining muhim xislatlaridir.
Tarbiya jarayonida g’amxo’rlikning funksiyasi kattadir. Bolalar befarq ota-onalarga nisbatan g’amxo’r ota-onaga ko’proq tahlid qiladilar. G’amxo’r ota-onalar bolaning salbiy xulq-atvorini qo’llab-quvvatlamaganda, bola o’z hatti-xarakatlarining oqibatini ertaroq anglaydi.
Tarbiyaviy jarayonni amalga oshirishda g’amxo’rlik bilan bir qatorda yaxshi ko’rishga asoslangan intizomga rioya qilish zarurdir. Bu bola bilan doimiy muloqotni tushuntirishni, muhokama qilishni, agar bolaning xulq-atvori shuni talab qilsa, og’zaki tanbeh berishni, yaxshi xulq-atvor uchun taqdirlashni nazarda tutadi.
Tarbiya jarayonining texnologiyasini quyidagicha sharhlash mumkin:
1. Tarbiyalanuvchini alohida takrorlanmas, individuallik sifatida tushunmoq lozim. Unint ehtiyojlari strukturasini aniqlash kerak.
2. Ijobiy emosiyalar vositasida ijobiy xulq-atvor odatlarini shakllantirmoq kerak. Ong ham, iroda ham motivlar ierarxiyasini shakllantira olmaydi. Zotan, bir ehtiyojning o’rnini faqat boshqa ehtiyojgina egallashi mumkin.
3. Shu ehtiyojlarni qondirish vositalari bilan bolani qurollantirish tarbiya va tarbiyachidan muloqotni ham, hamdardlikni ham emas, aynan shu vositalar bilan qurollantirishni kutadi.
Arastu aytganidek: "Tarbiya uch narsaga ehtiyoj sezadi: iste'dodga, ilmga, mashqqa".

Yüklə 51,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə