9-mavzu. Vaqtli qatorlar


-rasm. Vaqtli qatorni tashkil etuvchi komponentlari modellari1



Yüklə 462,78 Kb.
səhifə8/10
tarix27.09.2023
ölçüsü462,78 Kb.
#124119
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
9-ma`ruza. Vaqtli qatorlar

1.-rasm. Vaqtli qatorni tashkil etuvchi komponentlari modellari1

Trend parametrlari qiymatlari eng kichik kvadratlar usuli bo‘yicha aniqlanadi. Buning uchun normal tenglamalar tizimi tuziladi. Ikki noma’lumli tenglamalarni yechish uchun sanoq boshini qatorning o‘rtasiga o‘tkaziladi. Vaqt davrlarini qatorning aniq o‘rtasidan nomerlaganda nomerlarning yarmi manfiy qiymat bo‘ladi va yarmi – musbat. Bunday holda normal tenglamalar tizimi qisqaradi.



4. Vaqtli qatorlarni tekislash usullari

Vaqtli qatorlar tendentsiyasini aniqlash bir necha usullari mavjud (2.-rasm):




2.-rasm. Vaqtli qatorlarni tekislash usullari2
Iqtisodiy qatorlar dinamikasi tendensiyasini aniqlash vaqtida ko‘pchilik hollarda turli darajadagi polinomlar:

va eksponensional funksiyalar qo‘llaniladi:

Shuni qayd etib o‘tish lozimki, funksiya shakli tenglashtirilayotgan qatorlar dinamikasi xarakteriga muvofiq, shuningdek, mantiqiy asoslangan bo‘lishi lozim.


Polinomning eng yuqori darajalaridan foydalanish ko‘pchilik hollarda o‘rtacha kvadrat xatolarining kamayishiga olib keladi. Lekin bunday vaqtlarda tenglashtirish bajarilmay qoladi.
Tenglashtirish parametrlari bevosita eng kichik kvadratlar usuli yordamida baholanadi. Eksponensional funksiya parametrlarini baholash uchun esa boshlang‘ich qatorlar qiymatini logarifmlash lozim.
Normal tenglamalar sistemasi quyidagicha bo‘ladi:
a) tartibli polinom uchun:

b) eksponensional funksiya uchun:

Agar tendensiya ko‘rsatkichli funksiyaga ega bo‘lsa, ya’ni

bo‘lsa, ushbu funksiyani logarifmlab, parametrlarini eng kichik kvadratlar usuli yordamida aniqlash mumkin. Ushbu funksiya uchun normal tenglamalar sistemasi quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:

Mantiqiy tahlil hamda tadqiqot tufayli qo‘lga kiritilgan shaxsiy tajriba asosida qator turli xil funksiyalar tanlab olinadi va ularning parametrlari baholanadi. Shundan so‘ng har bir funksiya uchun quyidagi formula asosida o‘rta kvadratik xatolar aniqlanadi:
,
bu yerda: – qatorlar dinamikasining qiymati;
– qatorlar dinamikasi qiymatlarini tenglashtirish;
– funksiya parametrlari soni.
Mazkur usul faqat tenglama parametrlarining teng sonida natijalar beradi.
Ikkinchi usul dispersiyalarni taqqoslashdan iborat. O‘rganilayotgan qatorlar dinamikasi umumiy variatsiyasini ikki qismga, ya’ni tendensiyalar tufayli sodir bo‘ladigan variatsiyalar va tasodifiy variatsiyalar yoki bo‘lishi mumkin.
Umumiy variatsiya quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
,
bu yerda, - qatorlar dinamikasining o‘rtacha darajasi.
Tasodifiy variatsiyalar quyidagi formula orqali aniqlanadi:
.
Umumiy va tasodifiy variatsiyalarning farqi tendensiyalar variatsiyasi hisoblanadi:
.
Tegishli dispersiyalarni aniqlashda daraja erkinligi quyidagicha bo‘ladi:
1. Tendensiyalar tufayli dispersiyalar uchun daraja erkinligi soni tekislash tenglamasi parametrlari sonidan bitta kam bo‘ladi.
2. Qatorlar dinamikasi darajasi soni bilan tekislash tenglamasi parametrlari soni o‘rtasidagi farq tasodifiy tendensiyalar uchun daraja erkinligi soniga teng bo‘ladi.
3. Umumiy dispersiyalar uchun daraja erkinligi soni qatorlar dinamikasi darajasi sonidan bitta kam bo‘ladi. Chiziqli funksiya uchun dispersiyalar quyidagicha hisoblanadi:
,
,
.
Dispersiyalar aniqlangandan so‘ng - mezonning empirik qiymati hisoblanadi:
.
Olingan qiymatni erkinlik va ehtimollik darajasiga muvofiq aniqlangan jadval qiymati bilan taqqoslanadi.
Agar ko‘rinishidagi tengsizlik bajarilsa, u holda tahlil qilinayotgan tenglama ifodalanayotgan tendensiya uchun to‘g‘ri keladi. Bunday hollarda tahlil qilishni mantiqiy tushunchalarga mos keladigan oddiy tenglamalardan boshlab, asta-sekin kerakli daraja aniqlanguncha qadar murakkabroq darajalarga o‘tib borish lozim.
Trend aniqlangandan keyin boshlang‘ich qatorlar dinamikasiga tegishli darajada trendning qiymati olinadi. Tahlil bundan keyin trenddan chetga chiqishi mumkin.

chetga chiqishi arifmetik dispersiyali o‘rtacha nolga teng bo‘ladi.
Tenglama parametrlarini aniqlash zarur:
,
.
Normal tenglamalar sistemasi to‘g‘ri chiziqli tenglamalar uchun quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:

Dinamika tendensiyasini aniqlashning eng sodda usuli qator darajalari davrini uzaytirish usulidir. Bu usulda ketma-ket joylashgan qator darajalari teng sonda olib qo‘shiladi, natijada uzunroq davrlarga tegishli darajalardan tuzilgan yangi ixchamlashgan qator hosil bo‘ladi.

Yüklə 462,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə