9-sinf. Konstitutsiyaviy huquq asoslari fanidan II chorak uchun test savollari I variant



Yüklə 29,7 Kb.
səhifə1/3
tarix13.01.2023
ölçüsü29,7 Kb.
#98564
  1   2   3
9-sinf Huquq II chorak test


9-sinf. Konstitutsiyaviy huquq asoslari fanidan II chorak uchun test savollari
I VARIANT
1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining nechanchi moddasida “O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari
jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar” deb yozilgan?
A) 32-modda B) 34-modda C) 35-modda D) 39-modda
2. Fuqаrоlаrning dаvlаt vа jаmоаtchilik fаоliyatini tаkоmillаshtirish bo‘yichа tаvsiyalаrini ifоdаlоvchi murоjааtlаr nima deb ataladi?
A) Ariza B) Taklif C) Shikoyat D) Namoyish
3. Fuqаrоlаrning buzilgаn huquqlаri, erkinliklаri vа qоnuniy mаnfааtlаrini tiklаshni tаlаb qilish to‘g‘risidаgi murоjааtlariga nima deb atalishini toping?
A) Ariza B) Taklif C) Shikoyat D) Namoyish
4. Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar huquqiy jihatdan qanday nomlanadi?
A) Diskriminatsiya B) Sivilizatsiya C) Protest D) Apatrid
5. O‘zbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquq va erkinliklari qanday huquq normalariga muvofiq ta’minlanadi?
A) fuqarolik kodeksi orqali B) xalqaro huquq normalar orqali
C) Inson huquqlarini himoya qilish shartnomasi orqali D) to’g’ri javob yo’q
6. O’zbekiston Respublikasi Fuqaroligiga qabul qilish kimning qaroriga asosan qabul qilinadi?
A) Oliy Majlis B) Oliy Sud C) Vazirlar Mahkamasi D) Prezident
7. O’zbekiston hududida necha yoshgacha bo‘lgan fuqarolar ota-onalari, vasiylari (boquvchilari)ning mustaqil chetga chiqishiga oid notarial tasdiqlangan roziligi bo‘lgan taqdirdagina xorijga kattalarning hamrohligisiz chiqishlari mumkin.
A) 15 dan 17 yoshgacha B) 14 dan 18 yoshgacha C) 15 dan 18 yoshgacha D) 13 dan 16 yoshgacha
8. Qanday hollarda O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan mahrum etish mumkin?
A) fuqaroning xorijiy davlatda harbiy xizmatga, xavfsizlik xizmati organlariga, politsiyaga, adliya organlariga yoki davlat hokimiyati organlariga ishga kirishi oqibatida
B) fuqaro xorijiy mamlakat fuqaroligiga o‘tgan taqdirda
C) O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi bila turib yolg‘on ma’lumotlar yoki qalbaki hujjatlarni taqdim etish natijasida qo‘lga kiritilgan bo‘lsa
D) Barcha javoblar to’g’ri
9. Fuqarolarning eng asosiy burchi nima?
A) Konstitutsiyaga rioya qilish. B) Qonunlarga rioya qilish.
C) A va B javoblar to’g’ri. D) Тo’g’ri javob yo’q.
10. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining nechanchi moddasida “Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega” deb yozilgan?
A) 39-modda. B) 40-modda. C) 41-modda. D) 42-modda.
11. Oliy Majlis huzurida qachon “Inson huquqlari bo‘yicha Vakillik instituti – Ombudsman” tashkil etilgan?
A) 1995-yil B) 1996-yil C) 1997-yil D) 1998-yil
12. Ombudsmanning huquqlari keltirilgan qatorni toping?
A) shikoyatlarni ko‘rib chiqish
B) ariza beruvchi o‘z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun foydalanishi mumkin bo‘lgan vositalar va yo‘llarni ko‘rsatish
C) qonunchilikka xilof bo‘lmagan boshqacha choralar qo‘llash
D) Barcha javoblar to’g’ri
13. Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tashkil etilgan yilni toping?
A) 1995-yil B) 1996-yil C) 1997-yil D) 1998-yil
14. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining nechanchi moddasida “o‘z mamlakatini himoya qilish, harbiy yoki muqobil xizmatni o‘tash” to’g’risida yozilgan?
A) 47-modda. B) 48-modda. C) 50-modda. D) 52-modda.
15. Tinch davrda harbiy xizmatga chaqirilmaydigan xalq vakillarni toping?
A) Ayollar B) Qariyalar C) O’spirinlar D) to’g’ri javob yo’q
16. Nechanchi yildan 14-yanvar kuni bizning davlatimizda Vatan himoyachilari kuni deb e’lon qilingan?
A) 1994-yildan B) 1993-yildan C) 1992-yildan D) 1995-yildan
17. Necha yoshdan boshlab, qasddan qilingan jinoyati uchun jinoiy javobgarlikka tortilishadi?
A) 14 yoshdan B) 16 yoshdan C) 18 yoshdan D) 11 yoshdan
18. Voyaga yetmagan qonunbuzarlarga nisbatan qanday jazo turlari qo‘llanishi mumkin.
A) yetkazilgan ziyonni bartaraf etish majburiyatini yukladi B) jarima
C) ozodlikdan mahrum etish D) Barcha javoblar to’g’ri
19. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining nechanchi moddasida “Madaniyat yodgorliklari davlat muhofazasidadir” deb yozilgan?
20. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida nafaqat O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining asosiy huquqlari, qolaversa, ularning … ham belgilab berilgan.
21. Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha Vakili nima deb ataladi?
22. Ozbekiston Respublikasida necha yoshdan pasport beriladi?
23. Chet elga chiqish uchun «chiqish vizasi» berilishi nechanchi yildan to‘xtatildi?
24. Ma’lum bir siyosiy talablarni bildirish maqsadidagi ommaviy yurishga nima deb yuritiladi?
25. Mehnat qonunchiligida ishga qabul qilish necha yoshdan qilib belgilangan?




Yüklə 29,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə