98 Brutsellyoz (354-bet) Asta-sekin charchash, bosh va suyak og`riqlari bilan boshlanadi. Odam kechalari isitmalab, terlaydi. Isitma bir necha kunga yo`qolib ketadi, so`ng qayta keladi



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/14
tarix21.05.2022
ölçüsü1,18 Mb.
#87575
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
uz latin wtnd 2015 03



Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013
98
Brutsellyoz
(354-bet)
Asta-sekin charchash, bosh 
va suyak og`riqlari bilan 
boshlanadi. Odam kechalari 
isitmalab, terlaydi. Isitma bir 
necha kunga yo`qolib ketadi, 
so`ng qayta keladi. Bu oylab 
yoki yillab davom etadi
BRUTSELLYOZ UCHUN 
ISITMA JADVALI
Peshin paytida isitma 
to’lqinsimon bo’lib keladi, 
kechasi tushadi
kasallik haftalari
Tug`ruqdan keyingi isitma 
(501-bet)
Tug`ruqdan keyingi birinchi 
kuni yoki kechroq boshlana-
di. Boshlanishida past bo`lib, 
keyinchalik ko`tariladi. Sassiq 
hid bo`lishi va qin yiringlashi 
mumkin. Og`riq va ba`zan qon 
ketishi kuzatiladi.
TUG’RUQDAN KEYINGI ISITMANING JADVALI
bola tug’ilgandan keyingi kunlar
ko’pincha past isitma 
bilan boshlanadi
bemorning ahvoli 
og’irlashadi va isitma 
ko’tariladi
Yuqoridagi barcha kasalliklar xavfl i bo`lishi mumkin.
Yuqorida aytil-
ganlarga o`xshash belgilar va isitma bilan o`tadigan kasalliklar ko`p. 
Ushbu kasalliklarni ajratish qiyin. Ularning ko`pi anchagina jiddiy bo`ladi. 
Iloji bo`lgan mahallarda tibbiy yordamga murojaat qiling.
Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013
99
Bemorni Tekshirish
3
BOB
Bemorning ehtiyoju xojatlarini bilib olish uchun dastlab unga 
muhim savollar berishingiz shart va so`ng ehtiyotkorlik bilan tekshirishin-
giz kerak. Siz bemorning ahvoli og`ir yoki yengil ekanligini aniqlashga 
yordam beruvchi belgilarni qidirishingiz kerak.
Bemorni yorug`lik ko`p bo`lgan joyda, iloji bo`lsa quyoshda tek-
shiring, lekin hech qachon qorong`i xonada tekshirmang.
Har bir bemor uchun maxsus so`raladigan savollar va usullar mav-
juddir. Kasalning o`zi sezayotgan belgilar va tekshiruv vaqtida siz topgan 
belgilar ham shular qatoriga kiradi. Gapira olmaydigan odamlar va chaqa-
loqlar xususida bu belgilar juda muhim bo`ladi
Bu kitobda „belgi” so`zi kasallikning alomati, ya`ni simptomi ma`nosida 
ishlatilgandir.

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə