98 Brutsellyoz (354-bet) Asta-sekin charchash, bosh va suyak og`riqlari bilan boshlanadi. Odam kechalari isitmalab, terlaydi. Isitma bir necha kunga yo`qolib ketadi, so`ng qayta keladi



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/14
tarix21.05.2022
ölçüsü1,18 Mb.
#87575
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
uz latin wtnd 2015 03

Qorachiq
(ko`z o`rtasidagi qora dog`) kattaligiga ham e`tibor ber-
ing. Agar ular juda katta bo`lsa, bu shok holatidan darak beradi (170-bet). 
Agar ular juda katta yoki juda kichik bo`lsa, bu zaharlanish yoki ma`lum 
dorilar ta`siri bo`lishi mumkin.
Ko`z qorachiqlari orasidagi katta farq tibbiy tomondan jiddiy holatni bildi-
radi:
• Agar ko`z qorachig`i juda katta bo`lib, kasalni qayt qildiradigan darajada 
qattiq og`risa, bu GLAUKOMA (415-bet) bo`lishi mumkin.
Ikkala ko`zga ham qarang va ular orasidagi har qanday farqni 
bilishga harakat qiling, ayniqsa, qorachiqlar kattaligidagi farqqa e`tibor 
bering:


Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013
106
• Agar ko`z qorachig`i kichikroq bo`lib, qattiq og`risa, IRIT (414-bet) juda 
jiddiy kasallik bo`lishi mumkin.
• Hushsiz yoki boshi jarohatlangan odamning ikki ko`zi qorachig`lari orasi-
dagi farq, miya shikastining belgisidir. Shuningdek, MIYAGA QON QUYIL-
GAN (insult) bo`lishi ham mumkin (583-bet).
Hushsiz yoki boshi jarohatlangan odamning qorachiqlariga e`tibor 
bering.
QULOQ, TOMOQ VA BURUN
Quloqlar:
Doim quloqdagi 
og`riq va infeksiya belgilarini tek-
shiring, ayniqsa, agar bola isitmalayot-
gan yoki shamollagan bo`lsa. Ko`p 
yig`lab qulog`ini tortayotgan bolada 
ko`pincha quloq infeksiyasi bo`ladi 
(554-bet).
Quloqni asta tortib ko`ring. Agar bu og`riqning zo`rayishiga olib kel-
sa, infeksiya quloq nayida bo`lishi mumkin (eshituv kanalida). Shuning-
dek quloq ichidagi qizarishlarga va yiringlarga e`tibor bering. Bunda kichik 
fonarcha yordam beradi. Lekin cho`p, sim yoki boshqa qattiq narsalarni 
hech qachon quloq ichiga tiqmang.
Kasal yaxshi eshitayotganini yoki uning bir qulog`i boshqasiga 
nisbatan og`irroq ekanligini tekshiring. Eshitish qobiliyatini aniqlash uchun 
bosh va boshqa barmoqlaringizni kasal quloqlari oldida ishqalang. Karlik 
va quloqlardagi zing`illash xususida 584-betga qarang.

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə