+998939551810 Terdu pi o'zbek tili va adabiyoti yo'nalishi



Yüklə 21,87 Kb.
səhifə1/4
tarix20.04.2022
ölçüsü21,87 Kb.
#85677
  1   2   3   4
Begiyeva Shaxnoza


RAUF PARFINING “ABDULLAJON” MARSIYASIDA POETIK KOʻCHIMLAR

Begiyeva Shaxnoza Uchqunovna

begiyevauchqunovna1998@gmail.com

+998939551810

TerDU PI O'zbek tili va adabiyoti yo'nalishi

magistranti

Annotatsiya

"Abdullajon" marsiyasida shoir ruhiy iztiroblar va ayriliq portretini istiora, epitet, ramz, mubolagʻa kabi poetik koʻchimlar vositasida yaratgan. Maqolada badiiy tasvir vositalarining shoir qaygʻularini ifodalashdagi o'rni o'rganilgan.



Kalit soʻzlar:

Rauf Parfi, “Abdullajon” marsiyasi, poetik koʻchim, istiora, epitet, ramz, mubolagʻa, oksimaron.

Annotation

In the marsia "Abdullajon", the poet created a portrait of mental anguish and separation through poetic movements such as metaphor, symbol, diagnosis, oximaron, rhetoric. In Marsia, the means of artistic expression more effectively expressed the poet's sufferings.

Keywords:

Rauf Parfi, “Abdullajon” marsia, poetic movement, allegory, epithet, symbol, rhetoric, oximaron.

Аннотация

В марсия «Абдулладжон» поэт создал портрет душевных мук и разлуки с помощью таких поэтических движений, как метафора, символ, диагноз, оксимарон, риторика. У Марсия средства художественной выразительности более эффектно выразили страдания поэта.

Ключевые слова:

Рауф Парфи, марсия «Абдулладжон», поэтическое движение, аллегория, эпитет, символ, риторика, оксимарон.

Adabiyotshunos olimlar sheʼriy nutq badiiyatini 3 bosqich – poetik koʻchim badiiy sanʼat va sheʼriy nutq sintaksisiga ajratib oʻrganishgan "Poetik koʻchimlar umumtaʼlim maktablarida akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida "maxsus badiiy tasvir vositalari" , mumtoz adabiyotimizda "majozlar" va xalqaro atamalar shaklida "troplar" deb yuritiladi". [2. 324] Adabiy asarlarda soʻzlar oʻz yoki koʻchma maʼnoda qoʻllaniladi. Soʻzning koʻchma maʼnoda qoʻllanilishi - badiiy tasvir vositasidir. Poetik koʻchimlar sheʼrni yanada jozibador qiladi. Shoir unda sheʼrdan tashqari yana boshqa bir ifoda yaratadi. Bu orqali shoirning tasvir obyektiga ijodiy munosabati namoyon etiladi. Natijada, kitobxon she'r o'qish jarayonida tasvirlanayotgan obyekt haqida obrazli tasavvurga ega boladi.

"Bu o'rinda aytmoqchimizki, adabiyotimizda, xususan, she'riyatda koʻchimlar koʻp ishlatiladi. Sheʼriyatimizda tez-tez uchrab turadigan gul, bulbul, kun, tun, oy kabi anʼanaviy poetik obrazlar ham aslida majozlardir." [2. 325] Ko'chimlar har xil koʻrinishlarga ega. Qoʻllanishiga ko'ra ular turlicha tasnif qilib o'rganiladi.

Oʻzbek sheʼriyatining azim chinorlaridan biri, turk ozodligi va taraqqiysini tarannum etgan shoir - Rauf Parfi Oʻzturkdir. Tadqiqotimizning obyekti-shoirning "Abdullajon" marsiyasi. O'ziga xos metaforik obrazlar, ko'chim, badiiy sanʼatlar va ritmga ega ushbu avtobiografik sheʼr shoirning harbiy xizmatga ketib, bevaqt halok boʻlgan jiyani hamda qadrdon doʻsti - Abdullajon vafoti munosabati bilan yozilgan. Undagi poetik ko'chim namunalariga e’tibor qarataylik:

Istiora (ar. vaqtincha omonatga, oriyatga olmoq) - bir so'z shaklini vaqtincha "omonatga olib" , boshqa, yaʼni koʻchma maʼnoda ishlatish. Istiorada soʼzni oʻz maʼnosidan boshqa maʼnoda ishlatish o'xshashlik asosida amalga oshadi. [4.] Rauf Parfining "Abdullajon" marsiyasiga nazar tashlaymiz:



Yüklə 21,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə