111
Deviant xulq - atvorli o‘smirlarning ijtimoiy pedagogik
reabilitatsiyasi reabilitatsion markaz deb
nomlanuvchi ixtisoslashgan
muassasalarda amalga oshiriladi. Bu muassasalarning vazifalari:
- nazoratsizlik, daydilik profilaktikasi,
- ota - onasi aybi bilan yoki ekstrimal vaziyat tufayli qiyin hayotiy holatga
tushib qolgan bolalarga tibbiy - psixologik yordam,
- ijobiy ijtimoiy xulq - atvor, atrofdagilar bilan muomula qilish
ko‘nikmalarini shakllantirish,
- ota - onasi qaramog‘isiz qolgan bolalarga nisbatan vasiylik
funksiyalarini
bajarish,
- shaxsning inqirozli ruhiy holatlarini bartaraf etishga yordam beruvchi
ruhiy va pedagogik qo‘llab - quvvatlanish,
- oilaga qaytib kelishga ruxsat,
- normal rivojlanish, ta’lim olish imkoniyati bilan ta’minlash,
- ishga jolashtirilishiga g‘amxo‘rlik qilishdan iborat.
Bu muassasalarda ijtimoiy pedagogik reabilitatsiya uch asosiy
bosqichdan iborat: tashxis qilish reabilitatsion dasturni yaratish va amalga
oshirish, bolaning reabilitatsiyadan keyingi himoyasi.
Tashxis qilish voyaga yetmagan shaxsga emotsional sohasi
rivojlanishi, shaxsiy xislatlar,
ijtimoiy rollar, kasbiy qiziqishlarning
shakllanganlik darajasini aniqlashga qaratilgan ijtimoiy pedagogik
tadqiqotlar o‘tkazishni ko‘zda tutadi.
Reabilitatsion dastur har bir bola uchun individual tuzilib,
faoliyatning asosiy elementlari - maqsadi, vazifasi,
shakllari, vositalari,
bosqichlarini o‘zida mujassam etadi. Reabilitatsiya dasturining asosiy
maqsadi shaxsning axloqiy qadriyatlarini shakllantirish va to‘g‘rilash,
bolalarga muomala ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam ko‘rsatish.
Reabilitatsiyadan
keyingi
himoya
bolalarga
reabilitatsiya
markazidan chiqqanidan so‘ng oila, do‘stlar, maktab jamoasi bilan uyg‘un
munosabatlarni tiklashga yordam beradi.
Qiyin tarbiyalanadigan bolalarni reabilitatsiya jarayonida tarbiya
muassasalari katta ahamiyatga ega.
Ta’lim muassasining reabilitatsion xizmati umumiy yondashuv
asosida funksional majburiyatlar va kasbiy vakolatlar doirasiga o‘zaro
munosabatga kirishuvchi va bola hamda uning munosabatlarini
uyg‘unlashtirishga qaratilgan o‘zaro bog‘liq
chora - tadbirlar tizimini
amalga oshiruvchi mutaxassislar guruhi va pedagogik jamoadir. Maktab
112
reabilitatsiyasi (tibbiy - psixologik - pedagogik) reabilitatsiya xizmati
modeli muassasa spetsifikasini ham inobatga oladi.
Bu reabilitatsiya xizmatining asosiy vazifalari quyidagilar:
- bolalar va o‘smirlar rivojlanishidagi o‘zgarishlar sabablarini aniqlash;
- ularni bartaraf etish vositalarini qidirish;
- ta’lim - tarbiya, yashash sharoitlarini optimallashtirish;
- normal shaxs rivojlanishiga yordam beruvchi pedagogik jarayonni
tashkil qilish;
- tavakkal guruhi bolalari va o‘smirlarini o‘z
vaqtida aniqlash;
- o‘smirlarning ruhiy inqirozini yengib o‘tish;
- maxsus reabilitatsion dasturlarni amalga oshirish orqali muhtojlarga har
tomonlama yordam ko‘rsatish.
Reabilitatsiyaning asosiy tamoyillari:
- mintaqaviy xususiyatlarni, mintaqadagi ijtimoiy - madaniy va iqtisodiy
holatni inobatga olish;
- sheriklik;
reabilitatsion chora - tadbirlarning keng qamrovliligi;
- ketma - ketlik;
- individual, insoniy yondashuv.
Mintaqaviy ijtimoiy - madaniy va iqtisodiy vaziyatni bilish
tamoyili bolalar kontingentlari, muassasalar strukturasini bilishni taqozo
etadi.
Sheriklik tamoyili ( ijtimoiy pedagog, shifokor, psixolog - bola)
barcha psixologik - pedagogik va reabilitatsion chora - tadbirlarni bola
shaxsi orqali amalga oshirilishidan iborat.
Keng qamrovlilik tamoyili reabilitatsion
dasturni amalga
oshirishdagi turli chora - tadbirlar komelksini ko‘zda tutadi.
Reabilitatsiyaning quyidagi bosqichlari mavjud: oilaviy, ijtimoiy va
ta’lim va b.
Ketma - ketlik tamoyili bir reabilitatsion chora - tadbirdan
boshqasiga asta - sekin o‘tishni ko‘zda tutadi.
Individual - insoniy yondashuv bola rivojlanishining nafaqat aktual
balkishunga yaqin hududlarini ham inobatga olish lozimligini ko‘zda
tutadi.
Ta’lim muassasasining reabilitatsion tizimi asosan psixologik -
pedagogik xarakterga ega, ya’ni uning mazmuni va shakllari asosiy
maktab xodimlarining zimmasida bo‘ladi. Avvalambor u bolalarni o‘z
maqomlarida (muomalaning to‘laqonli a’zosi sifatida)
va muomala
113
layoqatiga ega (yetakchi o‘quv faoliyatinig sub’ekti) sifatida
tiklanishlariga qaratilgan. U bolalar, o‘smirlar va ularning ijtimoiy atrof-
muhiti bilan ish olib borishiga bog‘liq. Pedagoglar shug‘ullanuvchi
nuqsonlar va me’yordan chetga og‘ishlar sabablari asoson psixologik -
pedagogik xarakterga ega bo‘lib, kerakli vositalar yordamida to‘g‘ri
yo‘lga solinadilar.
Ta’lim muassasalarida ijtimoiy pedagogik reabilitatsiya qarovsiz
bolalar va o‘smirlarga nisbatan oilaviy va maktab repressiyalarini oldini
olishga, nizoli vaziyatlarni hal qilishga shuningdek esa ularni o‘quv
faoliyatining sub’kti sifatida tiklashga qaratiladi.
Dostları ilə paylaş: