138
deviant xulq-atvorni keltirib chiqaruvchi sabablarni bartaraf etishga
qaratilgan ijtimoiy - iqtisodiy,
ijtimoiysiyosiy, tashkiliy, huquqiy va
tarbiyaviy chora tadbirlarni o‘tkazishdan iborat.
Tibbiy - biologik
yondashuvning mohiyati esa ijtimoiy normalardan ehtimoliy og‘ishlarni
turli ruhiy anomaliyalar bilan aziyat chekuvchi shaxslarga nisbatan
davlat profilaktik xarakterdagi choralar vositasida oldini olish
hisoblanadi. Ijtimoiy pedagogik yondashuv
deviant xulq-atvorga ega
o‘smirning ijobiy hislatlarini tiklashda namoyon bo‘ladi. Deviant xulq-
atvorga ega bolalarning ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiyasi Ijtimoiy
pedagogning dezadaptatsiya bo‘lgan o‘smirlar bilan ishlashining boshqa
bir texnologiyasi ularning reabilitatsiyasi hisoblanadi. Reabilitatsiya
keng
turdagi vazifalar, elementar ko‘nikmalardan tortib insonning
jamiyatda to‘liq integratsiyalashuvigacha bo‘lgan masalalarni hal
qilishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimi sifatida qaralishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: