21
I. FANINING MAQSADI VA UNI MUTAXASSIS TAYYORLASHDAGI
O’RNI.
I.1.Fanni o’qitishdan maqsad:
Istiqlolchilik harakati tarixi fanini o’rganish bugungi kunning muhim va dolzarb
masalalalaridan biridir. Milliy uyg’onish har
bir xalq va umummillat
manfaatlariga xizmat qilishi zarur. Fanning asosiy maqsadi talabalarni mustaqil
fikr yuritishga o’rgatish, ulardan mamlakatimizning boy tarixidan faxrlanish his-
tuyg’usini shakllantirishdan iboratdir.
Shu bilan birgalikda, 1917-1935 yillarda Vatanning asl o’g’lonlari tomonidan
mustabid sovet tuzumiga qarshi olib borilgan kurashning mohiyati shaqida
tushuncha va ko’nikmalar xosil qilish.
I.2. Fanning o’rganadigan muammolari:
Istiqlolchilik
harakati
tarixi
fanining
o’rganadigan
muammolari
quyidagilardan iborat;
- Petrograddagi 1917 yil fevral inqilobi va uning Turkiston o’lkasiga ta`siri:
- 1917 yil oktabr davlat to’ntarishidan so’ng o’lkadagi ijtimoiy-siyosiy axvol va
Turkiston muxtoriyatining tarixiy taqdiri;
- Farg’ona vodiysida istiqlolchilik harakati vujudga kelishining ijtimoiy-siyosiy
zamini;
- Istiqlolchilik harakatining mohiyati va uni harakatlantiruvchi kuchlari;
- Buxoro va Xorazm xalq sovet respublikalarida istiqlol uchun kurash;
- 1925-1935 yillarda istiqlol uchun kurash;
- Istiqlol uchun kurashning mag’lubiyati sabablar va saboqlari;
I.3. Boshqa fanlar bilan bog’liqligi:
Fanning rivojlanishi va tadqiqoti ko’lami bir
qancha fanlar bilan aloqada
bo’lishini taqazo etadi. Bu borada O’zbekiston tarixi, Manbashunoslik,
Tarixshunoslik, Tarixiy o’lkashunoslik, Tarixiy geografiya,
Jahon tarixi fanlari
bilan bevosita aloqada bo’ladi.