A adolatli, samarali, qulay



Yüklə 46 Kb.
tarix21.10.2023
ölçüsü46 Kb.
#129664
3-mavzu test


1. Har qanday soliq tizimiga qo‘yiladigan fundamental talablar yig‘indisi sifatida soliqqa tortish prinsiplari fanda qanday guruhlanadi?
a. adolatli, samarali, qulay
b. mutanosib, samarali, qulay
c. adolatli, mutanosib, qayishqoq
d. ==ishonchli, adolatli, samarali

2. Soliqqa oid prinsiplar nima?


a. soliq solish tartibi
b. soliq tizimini shakllantirish tartib-qoidalari
c. ==soliqlarni belgilash, soliqqa tortish va soliq munosabatlarini tartibga solishda amal qilinishi lozim bo‘lgan asosiy g‘oyalar, tartib va qoidalardir
d. soliq sohasida tadqiqotlar olib borgan iqtisodchi olim va mutaxassislarning soliqlar va soliqqa tortishni takomillashtirishga qaratilgan nazariy qarashlari hamda g‘oyalari majmuasi

3. Quyidagilardan qaysi biri zamonaviy soliq munosabatlaridagi iqtisodiy prinsiplar turkumiga kirmaydi?


a. samaradorlik tamoyili
b. ko‘p qirralilik (ko‘p ob’ektlilik) tamoyili
c. mutanosiblik tamoyili
d. ==betaraflik tamoyili

4. Qaysi javobda soliqqa tortishning tashkiliy prinsiplari turkumiga kirmaydigan tamoyil keltirilgan?


a. soliq tizimining yagonaligi prinsipi
b. soliqqa tortishning qayishqoqligi prinsipi
c. soliqqa tortishning oshkoraligi prinsipi
d. ==soliq qonunchiligining orqaga qaytmaslik prinsipi

5. Quyidagilardan qaysi biri zamonaviy soliq munosabatlaridagi huquqiy prinsiplar turkumiga kirmaydi?


a. soliq qonunchiligining ustivorligi tamoyili
b. ==ko‘p qirralilik (ko‘p ob’ektlilik) tamoyili
c. soliqlarning qonun bilan o‘rnatilishi tamoyili
d. betaraflik tamoyili

6. Qaysi javobda O‘zbekiston Respublikasining soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari prinsiplari to‘g‘ri va to‘liq keltirilgan?


a.== soliq solishning majburiyligi, adolatliligi, soliq tizimining yagonaligi, soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining oshkoraligi va soliq to‘lovchining haqligi prezumpsiyasi prinsiplari
b. soliq solishning majburiyligi, aniqligi, soliq tizimining yagonaligi, soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining oshkoraligi va soliq to‘lovchining haqligi prezumpsiyasi prinsiplari
c. soliq solishning majburiyligi, adolatliligi, soliq tizimining va soliq qonun hujjatlarining oshkoraligi va soliq to‘lovchining haqligi prezumpsiyasi prinsiplari;
d. majburiylik, aniqlik va soliq organlarining soliq to‘lovchilar bilan hamkorligi, adolatlilik, soliq tizimining yagonaligi, oshkoralik va soliq to‘lovchining haqligi prezumpsiyasi

7. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida keltirilgan “Soliq solishning adolatliligi” prinsipining to‘liq mohiyati qaysi javobda to‘g‘ri keltirilgan?


a.== Soliq imtiyozlarini belgilash ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo‘lishi kyerak. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha yakka tartibdagi xususiyatga ega bo‘lgan imtiyozlar byerilishiga yo‘l qo‘yilmaydi
b. Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari har bir soliq to‘lovchi qaysi soliqlarni, qachon, qancha miqdorda hamda qay tartibda to‘lashi kyerakligini aniq biladigan tarzda ifodalangan bo‘lishi kyerak
c. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kamsitish xususiyatiga ega bo‘lishi mumkin emas hamda ijtimoiy, irqiy, milliy, diniy va boshqa shu kabi mezonlardan kelib chiqqan holda qo‘llanilishi mumkin emas
d. Soliq solish masalalarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar rasmiy nashrlarda e’lon qilinishi shart

8. Qaysi javobda A.Smit ilgari surgan soliqqa tortish prinsiplari to‘g‘ri va to‘liq keltirilgan?


a. aniqlik, qulaylik, tejamlilik
b.== adolatlilik, aniqlik, qulaylik, tejamlilik
c. adolatlilik, aniqlik, tejamlilik
d. tenglik, aniqlik, umumiylik, tejamlilik

9. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida keltirilgan “Soliq tizimining yagonaligi prinsipi”ning to‘liq mohiyati qaysi javobda to‘g‘ri keltirilgan?


a. soliq imtiyozlarini belgilash ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo‘lishi kyerak. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha yakka tartibdagi xususiyatga ega bo‘lgan imtiyozlar byerilishiga yo‘l qo‘yilmaydi
b. ==soliq tizimi O‘zbekiston Respublikasining butun hududida barcha soliq to‘lovchilarga nisbatan yagonadir
c. soliq solish masalalarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar rasmiy nashrlarda e’lon qilinishi shart
d. O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududi doirasida tovar (ish, xizmat)larning yoki moliyaviy mablag‘larning erkin muomalada bo‘lishini bevosita yoki bilvosita cheklab qo‘yadigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar belgilanishiga yo‘l qo‘yilmaydi

10. Nemis iqtisodchisi A.Vagnyer tomonidan soliqqa oid prinsiplar necha guruhga ajratilgan?


a. 3
b==. 4
c. 5
d. 6
Yüklə 46 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə