A avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/8
tarix16.02.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#100897
  1   2   3   4   5   6   7   8
23 ilova




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI 
 
A.AVLONIY NOMIDAGI PEDAGOGLARNI KASBIY RIVOJLANTIRISH 
VA YANGI METODIKALARGA O‘RGATISH MILLIY-TADQIQOT 
INSTITUTI
 
 
 
 
 
 
Umumta’lim fanlari metodistlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish kursining 
namunaviy o‘quv dasturi
A.Avloniy nomidagi 
PKRYMO‘MTI
 Ilmiy kengashining
2022-yil “31” maydagi 4-sonli bayonnomasi bilan ma’qullangan va tasdiqqa tavsiya 
etilgan
 
 
 
 
Tuzuvchilar:
M.Pardayeva, Sh.Daminova, M.Vohidova 
 
Taqrizchilar: 
A.Baxramov - A.Avloniy nomidagi PKRYMO‘MTI
 
prorektor, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Toshkent-2022 



Kirish 
Ushbu namunaviy o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini 
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 6-noyabrdagi PF-6108 Farmoni 
va “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha
chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 6-noyabrdagi PQ-4884-son, “Xalq ta’limi 
sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy 
rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil
25-yanvardagi PQ-4963-son qarorlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining “Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini 
tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2022-yil 17-yanvardagi 
25-son qarori hamda Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 20-apreldagi “Davlat ta’lim 
talablarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 121-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, 
rahbar va pedagog xodimlarni tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini 
oshirishning ilg‘or va shaffof tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini tatbiq etish yo‘li 
bilan xalq ta’limi tizimida kadrlar siyosatini shakllantirishning zamonaviy 
tamoyillarini joriy etish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar mazmunidan kelib 
chiqqan holda tuzilgan bo‘lib, zamonaviy talablar asosida Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar Xalq ta’limi 
boshqarmasi metodik xizmat bo‘limi, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari 
umumta’lim fan metodistlari malakasini oshirish jarayonlarining mazmunini 
takomillashtirish hamda ularning kasbiy kompetentligini muntazam oshirishni 
nazarda tutadi. 
O‘quv modullarining mazkur dastur doirasida taqdim etilayotgan mazmuni 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar 
Xalq ta’limi boshqarmasi metodik xizmat bo‘limi, tuman (shahar) xalq ta’limi 
bo‘limlari umumta’lim fan metodistlari uzluksiz kasbiy rivojlantirish mazmuni, 
sifati va ularning tayyorgarligiga qo‘yiladigan umumiy malaka talablari asosida 
shakllantirilgan bo‘lib, ularning zamonaviy boshqaruvga oid zamonaviy bilim
va innovatsiyalar, ilg‘or xorijiy tajribalardan samarali foydalanish, axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini o‘quv jarayoniga keng tatbiq etish, chet tillarini 
intensiv o‘zlashtirish darajasini oshirish hisobiga ularning kasb mahoratini 
muntazam yuksaltirishni nazarda tutadi. 
Uzluksiz kasbiy rivojlantirish kursining namunaviy o‘quv dasturi quyidagi 
modullardan iborat: 
1.
Metodistning kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirish
2.
AKT va mediasavodxonlik 
3.
O‘zini-o‘zi rivojlantirish, uzluksiz kasbiy rivojlanish
4.
Metodistning mas’uliyati va moslashuvchanligi
5.
Inklyuziv ta’limni joriy etish masalalari



6.
Ta’limning normativ-huquqiy hujjatlarini bilish va kasbiy faoliyatda 
foydalanish masalalari 
7.
Fandagi yangiliklar va fanni o‘qitishning dolzarb masalalari 
8.
O‘quvchilar kompetensiyalarini baholash usullari va vositalari 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə