A avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix16.02.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#100900
  1   2   3   4   5   6   7
24 ilova




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI 
 
A.AVLONIY NOMIDAGI PEDAGOGLARNI KASBIY RIVOJLANTIRISH 
VA YANGI METODIKALARGA O‘RGATISH MILLIY-TADQIQOT 
INSTITUTI
 
 
 
Barkamol avlod bolalar maktabi to‘garak rahbari uchun uzluksiz kasbiy 
rivojlantirish kursining namunaviy o‘quv dasturi A.Avloniy nomidagi 
PKRYMO‘MTI
 
Ilmiy kengashining 2022-yil “31”-maydagi 4-sonli bayonnomasi 
bilan ma’qullangan va tasdiqqa tavsiya etilgan 
Tuzuvchilar:
F.Abdullayev, Q.Xolmatov, M.Vohidova 
 
Taqrizchi: 
M.Pardayeva 
– A.Avloniy nomidagi PKRYMO‘MTI
 
pedagoglarni 
kasbiy 
rivojlantirish bo‘yicha
 
prorektor, 
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori
 
 
 
 
 
 
Toshkent-2022 
 


Kirish 
Ushbu namunaviy o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
“O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini 
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 6-noyabrdagi PF-6108-son 
Farmoni va “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha 
chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 6-noyabrdagi PQ-4884-son hamda “Xalq 
ta’limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda uzluksiz 
kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil
25-yanvardagi PQ-4963-son, Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi xodimlarini 
uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni 
tasdiqlash haqida” 2022-yil 17-yanvardagi 25-son qarorlari hamda Xalq ta’limi 
vazirining 2022-yil 20-apreldagi “Davlat ta’lim talablarini tasdiqlash to‘g‘risida” 
121-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, shuningdek, pedagog kadrlarning 
malakasini oshirishning ilg‘or va shaffof tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini tatbiq 
etish yo‘li bilan xalq ta’limi tizimida rahbar kadrlarni tanlash, tayyorlash, qayta 
tayyorlash va malakasini oshirishning ilg‘or va shaffof tashkiliy-huquqiy 
mexanizmlarini tatbiq etish yo‘li bilan xalq ta’limi tizimida kadrlar siyosatini 
shakllantirishning zamonaviy tamoyillarini joriy etish bo‘yicha belgilangan ustuvor 
vazifalar mazmunidan kelib chiqqan holda tuzilgan bo‘lib, zamonaviy talablar 
asosida pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlarining 
professor-o‘qituvchilari
 
malakasini 
oshirish 
jarayonlarining 
mazmunini 
takomillashtirish hamda ularning kasbiy kompetentligini muntazam oshirishni 
nazarda tutadi. 
Dastur mazmuni O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi Davlat 
siyosati, to‘garak rahbarining kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirish, axborot 
kommunikatsiya texnologiyalari va mediasavodxonlik, o‘zini-o‘zi rivojlantirish, 
uzluksiz kasbiy rivojlanish, tarbiyachi mas’uliyati va moslashuvchanligi, inklyuziv 
ta’limni joriy etish masalalari, tarbiyaviy ishlar metodikasi, o‘qituvchining kasbiy 
kompetensiyalarini baholashlarni o‘z ichiga olib, ular bo‘yicha tegishli yangi bilim, 
ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan.
Mazkur dastur doirasida o‘quv modullarining taqdim etilayotgan mazmuni 
tinglovchilarning zamonaviy bilim va innovatsiyalar, ilg‘or xorijiy tajribalardan 
samarali foydalanish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o‘quv jarayoniga 
keng tatbiq etish darajasini oshirish hisobiga ularning kasb mahoratini muntazam 
yuksaltirishni nazarda tutadi. 

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə