A. I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti Toshkent shahar



Yüklə 22,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/87
tarix05.10.2023
ölçüsü22,19 Mb.
#125506
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   87
Ilk Qadam UZB final


Kun tartibi
Vaqtning tax
-
miniy taqsimoti
Vaqt (daqiqada)
15. Ota-onalarning iltimosiga binoan qo‘shimcha ta’lim xiz-
matlari (to‘garaklar) va bolalar bilan individual ishlash
16:10 – 16:50
40
16. Kechki davra suhbati/kun refleksiyasi
16:50 – 17:10
20
17. Ikkinchi sayr, erkin o‘yinlar
17:10 – 17:55
45
18. Ota-onalar bilan ishlash va bolalarning uyga ketishi
17:30 – 18:00
30
Eslatma:
 Pedagog hafta mavzusiga ko‘ra ta’lim va tarbiya jarayoni shakli (katta, kichik guruhda, individual 
va rivojlanish markazlarida)ni belgilaydi. Bolalarning MTTda bo‘lish vaqtiga qarab hamda O‘zbekiston 
Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ish mazmuni, joylashuvi va ish tartibini tashkil etishga 
qo‘yiladigan sanitariya-gigiyena talablariga muvofiq o‘zining kunlik ish tartibini ishlab chiqishi mumkin.
Shuni esda tutish kerakki, pedagogga ota-onalarni bolaning rivojlanishi to‘g‘risida muntazam ravishda 
xabardor qilish tavsiya etiladi.
Ertalabki davra suhbati
 – bu kunning boshlanishi, bolalarning boshlangan yangi kundan zavqlanish
o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashish, yangiliklarni bilish (bugun ular nima qilishlari), birgalikdagi rejalar, 
muammolarni muhokama qilish va qoidalarni kelishish uchun yig‘ilishadi.
Kechki davra suhbati / o‘tgan kun refleksiyasi
 – bolalar bilan kun davomida eng esda qolarli va eng qizi-
qarli bo‘lgan amallarni eslash, amalga oshirilgan ishlarni muhokama qilish va umumlashtirish hamda ertangi 
kun uchun tadbirlarni rejalashtirish)
Bolalar uchun ochiq havoda sayrning kunlik davomiyligi kamida 3-4 soatni tashkil etiladi. Bu harakat kuniga 
2 marta tashkil etiladi: kunning birinchi yarmida - tushlikdan oldin va kunning ikkinchi yarmida - kunduzgi 
uyqudan keyin yoki bolalar uyga ketishidan oldin.
Birinchi sayr 
– pedagog tomonidan tashkil etiladi, u asosiy faoliyat turlari (kuzatish, mehnat faoliyati, 
harakatli o‘yin, mustahkamlash, erkin faoliyat)larni o‘z ichiga olib, hafta mavzusiga mos tashkil etiladi.
Ikkinchi sayr
 – iqlim sharoitiga (ochiq havoda, resurslarga ega rivojlanish markazlarida) ko‘ra bolalarning 
tanlovi bo‘yicha erkin o‘yin faoliyati.

Yüklə 22,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə