A qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti


Jismoniy sifatlarni tarbiyalashning(kuch, tezkorlik, chaqqonlik, egiluvchanlik) uslublari



Yüklə 3,17 Mb.
səhifə4/9
tarix15.06.2022
ölçüsü3,17 Mb.
#89483
1   2   3   4   5   6   7   8   9
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING JISMONIY SIFATLARINING TARBIYALASH METODIKASI

1.2. Jismoniy sifatlarni tarbiyalashning(kuch, tezkorlik, chaqqonlik, egiluvchanlik) uslublari
Kuch va uni tarbiyalash uslublari
Inson kuchi tashqi qarshiliklarni kuchlanish orqali engish qobilyati tushuniladi. Maktablar uchun jismoniy tarbiya dasturida, birinchi sinflardan boshlab bolalarning kuch tayyorgarligi ko‘zda tutilgan.
Mehnat va sport faoliyati jarayonida, turmushda kuch chidamliligi va portlash kuchi eng ko‘p ahamiyatga ega. Kuchning bu turlari ro‘yobga chiqishi bilan inson har qadamda to‘qnash keladi (masalan: og‘ir atletikada, sport gimnastikasida, kurashda va boshqalar) maksimal kuchni mushaklar qisqa-rishlarining yuqori tezligi bilan birga qo‘shib olib borishda (uloqtirish, greble va boshqalar) bajarilishi vaqtida foydalaniladi. Insonni absolyut nisbiy kuchni farqlash kerak. YA’ni shaxsiy og‘irligining 1 kg ga to‘g‘ri keladigan kuchni miqdori u tayyorgarligi bir xilda bo‘lgan, ammo har xil og‘irlikdagi atletikachilarning kuchlarini taqqoslash uchun aniqlanadi.
Kuch mashqlarini bajarish vaqtida mushaklar uch xil tartibda ishlashi mumkin:

  1. O‘z uzunliklarini (statistik izometrik) o‘zgartirmaydigan rejim.

  2. O‘z uzunliklarini qisqartirib (pryudolevayushiy, miometrik) rejim.

  3. Uzayib yon beruvchi (pliometrik) rejim.

CHunonchi, masalan oyoqlar to‘g‘ri ko‘tarilgan vaqtda og‘irlikda to to‘g‘ri burchakgacha mushaklar faoliyatining barcha uchala tartibi uchrashadilar. Mushak ishining uzunligini qisqartirishda – oyoqlarni ko‘tarish, statistik ish – oyoqlarni 90º burchak ostida ushlab turish; Mushaklarni uzayishi – dastlabki holatga qatish oyoqlarni tushirish. O‘quvchilar jismoniy tarbiyasida umumiy va maxsus kuch tayyorgarligi amalga oshiriladi.
Umumiy kuch tayyorgarligi insonning mehnat faoliyatiga tayyorligi va jismoniy rivojlanishi uchun ahamiyatga ega bo‘luvchi barcha asosiy mushaklar guruxlarining garmonik rivojlanishiga qaratilgan.
Maxsus kuch tayyorgarligining maqsadi faoliyatining tanlangan turiga tadbiqan musobaqalashuvchi harakatning texnikasi bilan mushakning muvofiq guruxlari kuchining birga qo‘shib olib borilishining yuzaga chiqishi jismoniy sifatlarning rivojlanishidir.
1-rasm

Maktab o‘quvchilarida ayrim mushak guruxlarining kuchini aniqlash uchun gavda dinamometrining ayrim unsurlari moslamalardan taglik uchun sirtmoqlar bilan to‘ldirib foydalaniladi. Masalan: gavdaning mushak o‘quvchilar kuchini aniqlash vaqtida o‘quvchilar gimnastika devoriga undan 1 m masofada orqa bilan erga o‘tiradilar. Oyoqlar va bel mustahkamlanadi. Ko‘krakka sirtmoqli kamar kiyiladi, unga dinamometr biriktiriladi. Ayni vaqtda taranglashilishlarni sezmasligi, osilib turmasligi uchun gimnastika devoriga barcha tizim bog‘lab qo‘yiladi.



Yüklə 3,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə