A qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti


CHidamlilikni va uni tarbiyalash uslubi



Yüklə 3,17 Mb.
səhifə7/9
tarix15.06.2022
ölçüsü3,17 Mb.
#89483
1   2   3   4   5   6   7   8   9
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING JISMONIY SIFATLARINING TARBIYALASH METODIKASI

1.5.CHidamlilikni va uni tarbiyalash uslubi

Jismoniy tarbiyada chidamlilik deganda organizmning mushak faoliyati sababli chidamlik bilan kurashishga qobiliyati tushuniladi. Umumiy va maxsus chidamlik farqlanadi.


Umumiy chidamlik deb nafas olish tizimi va yurak-tomirga yuqori talablar ko‘rsatuvchi ishlarni uzoq vaqt davomida bajarish qobiliyati deb ataladi.
Ixtisoslashtirilgan predmet sifatida tanlangan muayyan faoliyatga munosabati bo‘yicha chidamlik maxsus deb ataladi. Ixtisoslashtirilgan sport turlari qancha bo‘lsa, chidamlilikning shuncha maxsus turlari mavjud.
Jismoniy tarbiyada chidamlikning maxsus turlari: kuch, tezlik, sakrovchi, statistik, dinamik va boshqa terminlar ishlatiladi. CHidamlikning o‘lchovi vaqtdir. Uning davomida ishning berilgan xarakteri va jadalligini bajarish mumkin. CHidamlikni o‘lchashning to‘g‘ri va egri usullari mavjud.
CHidamlikni tarbiyalash vositasi sifatida umumiy tayyorlaydigan, maxsus tayyorlaydigan va musobaqalashuvchi mashq foydalaniladi. Ular organizmga ta’sir o‘tkazishdan bog‘liqlikda umumiy mashqga (yugurish, suzish va boshqalar) maxalliy ta’sir o‘tkazish mashqiga (oyoqlarni va qo‘llarni ko‘p marta ko‘tarish, tushirish va boshqalar.
Maxalliy ta’sir o‘tkazish mashqi o‘zining rivojlanishida orqada qolayotgan ayrim mushak guruxlari faoliyatini tanlab faollashtirishga makon beradi. CHidamlikning kuch, kuch –tezlik va tezlik kabi tarkibiy qismlarini oshiradi.

7-rasm

8-rasm

Umumiy chidamlik rivojlanishi vaqtida uzluksiz, uzoq masofali ish, bir tekis yoki o‘zgaruvchan tezlik 25-30 daqiqadan kam bo‘lmagan yosh xavoskorlarda 50 dan 120 daqiqaga va ko‘proq davom etishi bilan bajariladigani qo‘llaniladi. CHang‘i poygasida, velosiped sportida esa yanada ko‘p.




1.6. Egiluvchanlik va uni tarbiyalashning uslubi
Egiluvchanlik – bu insonning harakatni katta ko‘lam bilan bajarish qobiliyatidir. Bu sifat bo‘g‘inlarda harakatchanlikni rivojlanishi bilan aniqlanadi. Ayrim bug‘inlarga tadbiqan “harakatchanlik” deb gapirish to‘g‘riroqdir (Masalan, tizza bo‘g‘inlarida harakatchanlik).

9-rasm
Bo‘g‘inlarda xiyla katta harakatchanlikka erishayotib, go‘yoki bo‘g‘inlarda harakatchanlikning zaxiralarini yaratayotganda o‘quvchi harakatni kuch va tezlik bilan bajarish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Gavdaning barcha bo‘g‘inlarida umumiy harakatchanlik haqida gap borayotganda “egiluvchanlik” terminidan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Inson bo‘g‘inlarida harakatchanlik namoyon bo‘lishining ikkita asosiy shaklini ajratish mumkin:

  1. Passiv harakatlarda harakatchanlik

  2. Faol harakatlarda harakatchanlik.

Passiv harakat begona kuchlar ta’siri natijasida amalga oshiriladi. Faol harakat ushbu bo‘g‘inlar orqali o‘tadigan mushak guruxlari hisobidan bajariladi.
Inson oddiy sharoitlarda anatomik harakatchanlikning faqat nisbatan kichkina qismidan foydalanadi va passiv harakatchanlikning doimo ulkan zaxirasini asraydi. Engil atletika, gimnastika, suzish mashg‘ulotlari vaqtida bo‘g‘inlarda harakatchanlikka oshirilgan talablar da’vo qiladi, anatomik harakatchanlikning faqat 80-95% foydalaniladi.
Egiluvchanlikni tarbiyalashda katta samaraga uni 10-14 yoshida maqsadga qaratilganligini amalga oshirishni boshlagan taqdirda erishiladi. 14 yoshida va keyinroq agar harakatchanlikning shart sharoitlari o‘z vaqtida foydalanilmagan bo‘lsa, bo‘g‘inlarda harakatchanlik katta qiyinchiliklar bilan amalga oshiriladi.
10-14 yoshda bo‘g‘inlarda harakatchanlik katta maktab yoshidagilardan ko‘ra qariyb ikki barobar samarali rivojlanadi.
Egiluvchanlik gavdaning oldinga, orqaga, tomonlarga maylligining darajasi bo‘yicha aniqlanadi. Gavdaning oldinga hisoblanishi darajasini aniqlash uchun eshakda turib tizzalarga oyoqlarni bukmasdan oldinga oxirigacha engashish kerak. Skameykaning chetidan to qo‘lning uchinchi barmog‘igacha bo‘lgan masofa o‘lchanadi. Bo‘g‘inlarda bukiluvchanning yaxshi ko‘rsatkichi 10-16 sm miqdordir. Bukiluvchanlikni tarbiyalashning barcha jarayonini uch bosqichlarga bo‘lish mumkin:
A. “Bo‘g‘in gimnastikasi” bosqichi.
B. Harakatchanlikning ixtisoslashtirilgan rivojlanish bosqichi.
V. Erishilgan darajaga bo‘g‘inlarda harakatchanlikni saqlash bosqichi.
“Bo‘g‘in gimnastikasi”ning vazifasi nafaqat bo‘g‘inlarda harakatchanlikning faol va passiv rivojlanishining umumiy darajasini oshirishdir, balki bo‘g‘inlarning o‘zini mustahkamlash hamdir. SHuningdek, bog‘lovchilar va mushakning mustahkamligini vujudga keltirish, elastik xususiyatlarni yaxshilash maqsadi bilan, mushak-bog‘lovchi apparatning mashqi. Ushbu bosqichda barcha bo‘g‘inlar “ishlab chiqishi” amalga oshiriladi. Bukiluvchanlikning rivojlanishi uchun ayniqsa keng imkoniyatlarni 10-14 yoshdagi bolalar egallashlarini hisobga olib, “bo‘g‘in gimnastika” mashg‘ulotini aynan yoshni mana shu davrida rejalashtirish maqsadga muvofiqdir.
Bo‘g‘inlarda harakatchanlikning ixtisoslashtirilgan rivojlanish bosqichi sport texnikasini tezroq egallashga ko‘maklashuvchi maksimal keng rivojlanish vazifalarini o‘z oldiga qo‘yadi va shuning asosida natijalarni yaxshilash.
Masalan, suzish texnikasini o‘zlashtirish uchun boldir suyagi va tovon suyagini biriktiruvchi bo‘g‘in, tizza va elka bo‘g‘inlarida maksimal harakatchanlikni rivojlantirish muhimdir. Biroq suzuvchilar boshqa bo‘g‘inlarda harakatchanlikning rivojlanishiga ko‘maklashuvchi mashq bajarishi shart emasligini bildirmaydi.
Bo‘g‘inlarda passiv harakatchanlikni yuqori darajada rivojlanishini bolalar maxsus mashq bilan 2-4 oy ichida erisha oladilar. Harakatchanlikning faol rivojlanishiga ancha ko‘p vaqt talab kilinadi.
Kuchga va cho‘zilishga mashqlarining mashg‘ulotlarida to‘g‘ri birga olib borish zarurligini alohida ta’kidlash kerak. Kuchni va harakatchanlikni boshqa-boshqa qilib maksimal rivojlantirish nafaqat muhim, balki ularning o‘zaro muvofiqlikda doimo o‘tkazish ham muhimdir.
Erishilgan darajaga bo‘g‘inlarda harakatchanlikni saqlash bosiqich cho‘zilishga mashqlarini har kuni bajarilishini nazarda tutadi. Agar cho‘zilishga mashqini mashg‘ulotlardan chiqarib tashlansa, u holda bo‘g‘inlarda harakatchanlik tezda yomonlashadi.
Bo‘g‘inlarda passiv harakatchanlikni rivojlanishining vositalari sifatida ularni oxirgi ko‘lam bilan bajarilishi mumkin bo‘lishi uchun ular shunday bo‘lishi kerak. SHu bilan birga shug‘ullanuvchilarga maqsadli ko‘rsatma berilishi kerak “pastga!”, “YUqoriga!”, “predmetga etkaz!”.
Passiv harakatlantiruvchini rivojlanishiga ko‘maklashuvchi mashqlarga shaxsiy kuchidan foydalanish bilan rejali ekspander yoki amortizatorning yordami bilan vazminlashtirish bilan bajariladigan harakat tegishlidir (masalan: snaryadlarda gavdani oyoqlarga cho‘zish foydalaniladi.
CHo‘zishda (vazminlashtirish sifatida barcha shaxsiy tanasidan foydalaniladi). SHuningdek bukiluvchanlik statistik mashq foydalinadi. Ularda tananing turli xil qismlarini yozish va egish bilan, maksimal ajratish bilan harakatlanmaydigan holat saqlanadi.
Bo‘g‘inlarda harakatchanlikning rivojlanishi davrida bo‘shashiga mashqlar foydalaniladi. Mashqlarni xiyla samarasini oshiradi (10% gacha) SHu bilan birga ham bu mashq bo‘g‘inlarda ham faollikni, ham passiv harakatchanlikni yaxshilashga ko‘maklashadi.
Biror bir harakatda faol harakatchanlikni ko‘paytirishga erishish ikki xil yo‘llar bilan mumkin:
A. passiv harakatlantiruvchini ko‘paytirish hisobidan;
B. harakatda ishtirok etuvchi mushakning maksimal kuchi ko‘payishi hisobidan.
Bo‘g‘inlarda harakatchanlikning asosan rivojlantiruvchi mashqlar ko‘pchiligining umumiy qoidasi shunday harakatlar ko‘lamiki, ularni oshirib yuborish mashqni davom ettirishni qiyinlashtirib yuboradi. Bunday hollarda ishlovchi mushaklarda charchaganlikni o‘ziga xos bo‘lganini og‘riq xis etish iroda zo‘r berish bilan bartaraf etilishiga qaramasdan mashqni to‘xtatish kerak. Uni yana davom ettirish mumkin. 6-jadvalda bo‘g‘inlarda harakatchanlikning ustun rivojlanishi davrida takroriy mashqlarning tahminiy miqdori keltirilgan.
Bo‘g‘inlarda katta harakatchanlikka erishish uchun kundalik mashqlar kerak. YAnada yaxshiroq samarani 2 ta bir martalik mashqlar (ertalab va kechqurun) beradi. CHo‘zilishga mashqini ertalabki mashqqa kiritish kerak.
Egiluvchanlikka mashqlarda tanaffuslar hatto 2-3 xafta atrofida bo‘lsa, bukiluvchanlikning rivojlanishi darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Bo‘g‘inlarda harakatchanlikning rivojlanishi ustidagi ishida asosiy uslubiy sharti, unga rioya qilish kerak, cho‘zilishga mashqlar bajarilishi oldidan albatta razminka qilish kerak.
Tana haroratining ko‘tarilishi, asosan mushak (va ayniqsa, “shpashi” kutilayotgani) maksimal ko‘lami bilan harakatlar bajarish uchun katta ahamiyatga ega: mushakni oldindan “qizitish” vaqtida ularning cho‘zilishini ko‘paytiradi. CHo‘ziltirishga mashqlar bajarilishi paytida aniq maqsad qo‘yish kerak. Muayyan nuqta yoki predmetchaga etkazish.
CHo‘ziltirishga mashqni muayyan izchillikda seriyalar bilan bajarish zarur: quyi oyoqlar va gavdaning yuqori oyoqlari bo‘g‘inlari uchun mashq; seriyalar o‘rtasida bo‘shashishga mashq.
Majmua passiv yoki faol harakteridagi 8-10 mashqlardan tashkil topishi mumkin. Silkitish xarakteridagi mashqni bajarish vaqtida mushaklarni maksimal bo‘shashtirish zarur, chunki faqat shu holda harakatning maksimal ko‘lamiga erishish mumkin.


Yüklə 3,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə