A s daminov, B. S. Salimov



Yüklə 4,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/166
tarix14.04.2022
ölçüsü4,99 Mb.
#85451
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   166
A s daminov, B. S. Salimov

Leyshmaniyalar
 parazit xivchinlilar bo‘lib, odam va hayvonlarning terilarida, 
taloq, qizil ilik, jigar va limfa tugunlarida parazitlik qiladi.  
Odamlarda  “Sharq  kuydirgisi”  (“Borovskiy  kasalligi”)  ni  chaqiruvchi 
Leishmania tropicaning gavdasi ovalsimon bo‘lib, kattaligi 2-4 mkm ga  teng “Ichki 
leyshmanioz”  yoki  “kala  -  azar”  kasalligini  chaqiruvchi  L.donovani  ham  tuzilishi 
jihatidan  L.tropica    ga  o‘xshash  bo‘ladi.  Leyishmaniyani  ikkala  turi  ham  Markaziy 
Osiyo respublikalari va Kavkaz orti xududlarida uchraydi. Leyshmaniyalarni ikki xil 
shakli  mavjud.  O‘zbekiston  xududida  teri  leyshmaniozining  qo‘zg‘atuvchi    L.major 
uchraydi.  Leyshmaniyalar  qon  so‘ruvchi  hashoratlar  orqali  tarqaladi.  Ularning 
xivchinli  leptomonad  shakli  kasallikni  yuqtiruvchi  hasharotlarda,  leyshmanial 
(xivchinsiz)  shakli  ikkinchi  xo‘jayin  -  odam  va  umurtqali  hayvonlarda  parazitlik 
qiladi.  
 
2- rasm. Yashil evglena (Euglena viridis) (A) va volvoks (V) (Volvox globator) 
kolloniyasining umumiy ko‘rinishi 
A. 1-hujayra qobig‘i, 2-xivchin, 3-sitoplazma, 4-yadro, 5-xromotoforalar,  
6-zahira oziq zarralari, 7-“ko‘zcha”, 8-qisqaruvchi vakuola, 9-qisqaruvchi 
vakuolaning suyuqlik to‘plovchi bo‘shlig‘i. 
V. 1-volvoksning qiz koloniyasi, 2-makrogameta, 3-mikrogameta, 4-zigota 


13 
 
 
 
Trixomonadalar 
ko‘p  xivchinli  parazitlar  bo‘lib,  ularning  uzunligi  5-40  mkm. 
Tanasining oldingi qismida 3-4 ta xivchin mavjud, bitta xivchini tana bo‘ylab orqaga 
qaytgan  va  uning  yuzasiga  birikib  membrana  hosil  qiladi.  Ular  odam  va 
hayvonlarning  jinsiy  organlarida  parazitlik  qiladi.  Yirik  shoxli  hayvonlarda 
Trichomonas foetus uchraydi. U trixomonoz kasalligini chaqiradi. Odamlarning jinsiy 
organlarida L. vaginalis parazitlik qiladi. 
 
3- rasm. Parazit xivchinlilar. 
1-tripanosoma, 2-3-leyshmaniya, 2-teridagi xivchinsiz shakli,  
3-iskabtopar tanasidagi xivchinli shakli. 
3 ”a”-rasm. Trixomonada (Trichomonas). 
1-xivchinlar, 2-yadro, 3-yadrocha, 4-aksostil, 5-rul vazifasini bajaruvchi xivchin, 6-
yon ipi, 7-glikogen donachalari, 8-tana. 
 
NAZORAT   SAVOLLARI: 
1.
 
Sarkodalilar sinfi qanday turkumlarga bo‘linadi?  
2.
 
Sarkodalilar sinfining boshqa sinflardan farq qiluvchi belgilari.  
3.
 
Sarkodalilar sinfining parazitlik yo‘li bilan hayot kechiruvchi vakillari. 
4.
 
Bir xo‘jayralilarga xos asosiy xususiyatlarni aytib bering. 
5.
 
Xivchinlilar sinfining xarakterli xususiyatlarini ayting. 
6.
 
Xivchinlilar sinfi qanday kenja sinflarga bo‘linadi. 
7.
 
Xivchinlilar sinfining erkin va parazit holda yashovchi vakillarini aytib bering.  
8.
 
Hayvonsimon  xivchinlilar  kenja  sinfining  turkumlari  va  asosiy  vakillarini 
ayting? 
 
Uyga  vazifa: Sporalilar sinfini o‘qib kelish. 

Yüklə 4,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə