14
2-M A SH G‘ U L O T
Mavzu: Sinf. Sporalilar - Sporozoa
Kerakli
jihozlar
:
Mikroskoplar,
quyon
eymeriyasi,
bezgak
plazmodiyalarining rivojlanish siklini aks ettiruvchi jadvallar, mikropreparatlar,
quyon tezagidan tayyorlangan hul preparat .
Darsning maqsadi:
To‘la parazitlikka o‘tgan sodda hayvonlar –
sporalilarining tuzilishi va rivojlanishining xarakterli xususiyatlari bilan tanishish.
Ular tarqatadigan kasalliklar va ularning oldini olish choralarini o‘rganish.
V A Z I F A
1. Qo‘yon tezagidan tayyorlangan to‘yingan tuzli eritmada eymeriyaning
ootsistalarini mikroskop ostida aniqlash.
2. Quyon eymeriyasining rivojlanishini o‘rganish va sxemasini chizish.
3. Qon sporalilar (Haemosporidia) turkumidan bezgak plazmodiyalarining
rivojlanishi sikli bilan tanishish.
4. Chorva mollarida parazitlik qiluvchi ayrim qon sporalilarning taraqqiyotini
bezak plazmodiyalari taraqqiyotidan farqli xususiyatlarini aniqlash.
Sporalilar sinfiga kiruvchi barcha sodda hayvonlar umurtqasiz va
umurtqalilarning paraziti bo‘lib hisoblanadi. Parazitizmga o‘tish tufayli ularni
hazm qilish, qisqarish va harakat organoidlari yo‘qolgan, taraqqiyoti esa
murakkablashgan.
Dostları ilə paylaş: