A s daminov, B. S. Salimov



Yüklə 4,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/166
tarix14.04.2022
ölçüsü4,99 Mb.
#85451
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   166
A s daminov, B. S. Salimov

Ichak balantidiyasi 
– Balantidium coli odam va cho‘chqalarning ingichka va 
yug‘on ichaklarida hayot kechirishga moslashgan parazitdir. Tanalarining kattaligi 30-
150  mikronga  etadi.  Balantidiya  o‘z  faolyatida  ichakning  devorini  emiradi  va  qonli 
ichburug‘  kasalligiga  sabab  bo‘ladi.  Balantidiya  odam  va  hayvonlarning  axlatidagi 
bakteriyalar bilan bir qatorda eritrotsitlar va leykotsitlar bilan ham oziqlanadi. Tanasi 
oval shaklida. Gavdaning oldingi qismida sitostoma va sitoforinksi joylashgan. Tanasi 
sirtqi  tomondan  bir  xil  uzunlikdagi  kiprikchalar  bilan  qoplangan.  Sitoplazmasida 
ikkita  qisqaruvchi  vakuolasi,  2-  ta  yadrosi  bor.  Noqulay  sharoitga  tushsa 
kiprikchalarini tashlab yuboradi, va ikki qavat po‘stga o‘ralib sista hosil qiladi.  
Parazitni  mikroskopning  kichik  va  katta  ob’ektivi  yordamida  kuzating.  Og‘iz 
(sitostoma)  atrofidagi  va  tanasining  oldingi  qismida  “belbog‘”dek  bo‘lib  joylashgan 
kiprikchalariga  etibor  bering.  Uzun  lentasimon  makronukleusni  toping.  Rasmini 
chizing.  Balantidiyalardan  tashqari  chuchuk  suv  baliqlarning  terisida  parazitlik 
qiluvchi  ixtioftirius,  xilodan  kabi  infuzoriyalar  ham  mavjud.  Bunday  parazitlar 
baliqchilikga birmuncha zarar keltiradi. 

Yüklə 4,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə