A s daminov, B. S. Salimov



Yüklə 4,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/166
tarix14.04.2022
ölçüsü4,99 Mb.
#85451
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   166
A s daminov, B. S. Salimov

 
 
 
 
 
 
 
 


21 
 
KO‘P HUJAYRALI ORGANIZMLAR – Metazoa 
 
Sodda  hayvonlardan  tashqari  hayvonot  dunyosiga  kiruvchi  boshqa  barcha 
hayvonlar ko‘p hujayralilar deb yuritiladi. Ko‘p hujayralilar tanasi har xil tuzilgan 
va  turli  vazifani  bajarishga  moslashgan  hujayralardan  iborat.  Bu  hujayralar 
mustaqil  yashash  xususiyatiga  ega  bo‘lmasdan  yaxlit  organizmning  bir  qismi 
bo‘lib  hisoblanadi.  Ko‘p  hujayrali  hayvonlarning  tuzilishi  turli-tuman  bo‘lishiga 
qaramasdan  ular  uchun  umumiy  xususiyatlar  xarakterlidir.  Hujayralar  soni 
ko‘paygan  bilan  organizmlar  ko‘p  hujayralilar  deb  atalavermaydi.  Ba’zi  bir 
organizmlar (misol uchun, volvoks) juda ko‘p hujayralardan tashkil topgan, biroq 
hujayralar  bir-biridan  ajratib  yuborilsa  mustaqil  hayot  kechira  oladilar.  Bunday 
organizmlar  kolonial  organizmlar  deb  ataladi.  Haqiqiy  ko‘p  hujayralilarda 
hujayralar 
differensiallashib 
(ixtisoslashib) 
ular 
organizmning 
ma’lum 
funksiyalarni  bajarishga  moslashadi.  Masalan,  muskul  hujayralari  qisqarish 
xususiyatiga  ega  bo‘lsa,  nerv  hujayralari  ta’sirotlarni  sezish  va  unga  javob 
qaytarish xususiyatiga ega. 
Evolyusiya  davomida  organizmlar  yanada  mukammallashib,  bir  necha 
hujayralar  to‘plamidan  iborat  to‘qimalardan  tashkil  topgan  organlar  va  organlar 
sistemasini  hosil  qiladi.  Rivojlanish  mukammallashgan  sari  bog‘lanish 
(korrelyasiya)qonuniga  binoan  organlar  o‘rtasida  bir-biri  bilan  bog‘liqlik  osha 
boradi va nihoyat organizm yaxlit umumiy sistemaga aylanadi. 

Yüklə 4,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə