A s daminov, B. S. Salimov



Yüklə 4,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/166
tarix14.04.2022
ölçüsü4,99 Mb.
#85451
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   166
A s daminov, B. S. Salimov

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • VAZIFA
 
 
 
 


22 
 
4 - M A SH G‘ U L O T  
 
Mavzu: Tip. Bulutlar – Spongia  
 
Kerakli  jihozlar:
  Fiksatsiya  qilingan  badyaga  buluti,  tarqatma  materiallar, 
mikroskop, qo‘l lupasi, buyum oynasi, pinset, skalpel, shisha tayoqcha, Petri idishi, 
to‘g‘rilagich igna
 
 
 
 
Darsning  maqsadi: 
Badyaga  buluti  misolida  ko‘p  xujayrali 
hayvonlarning  eng  sodda  tuzilishga  ega  bo‘lgan  vakillarining  muhim  belgilarini 
o‘rganish.Badyagani umumiy ko‘rinishi bilan tanishish.  
 
VAZIFA 
 
 
1.
 
Jadval,  tarqatma  material  va  qo‘llanmalardan  foydalanib,  bulutlarning  
morfologik tiplari (askon, sikon va leykon) bilan tanishib chiqish va rasmini 
chizish 
2.
 
Bulutlarning  ektoderma,  tashqi  va  ichki  tuzilishini  o‘zgartirishini  o‘rganish 
va rasmini chizish 
3.
 
Badyaga bulutining umumiy ko‘rinishi bilan tanishib chiqish 
4.
 
Badyaga bulutining ignachalarini chizish 
 
 
Bulutlar ko‘p hujayrali hayvonlar orasida eng sodda tuzilishga ega bo‘lgan, 
faqat suv muhitida yashashga moslashgan organizmlardir.  
 
Bulutlar tuzilishi jihatidan nihoyatda o‘ziga xos xarakterga ega bo‘lib, yaqin 
vaqtlargacha ularni hayvonot yoki o‘simliklar olamiga mansub ekanligini aniqlash 
qiyin  bo‘lgan.  Faqat  XVIII  asrning  o‘rtalariga  kelib,  bulutlar  chuqur  va  to‘la 
o‘rganilishi tufayli hayvonot olamiga mansub ekanligi aniqlandi. 
1. Bulutlarda sodda (tuban) ko‘p hujayrali organizmlar bo‘lib, ularda hali to‘qima, 
maxsus organlar va nerv sistemasi shakllanmagan. 
 
Bulutlar  yakka-yakka  va  ko‘pincha  yoki  kolonial  holda  o‘troq  hayot 
kechiruvchi  hayvonlardir.Ular  odatda  dengiz  va  okeanlarda,  ba’zi  vakillari 
chuchuk  suvlarda  tarqalgan.  Tanasi  sirtqi  tomondan  epitelial,  ichki  tomondan 
yoqali-hivchinli  hujayralar-xoanatsitlar  bilan  qoplangan.Ikkala  qavat  orasida 
mezogleya mavjud. Bulutlarni butun tanasi g‘ovak bo‘lib, g‘ovaklardan kirgan suv 
paragastral  bo‘shliqqa  tushadi.U  erdan  esa  oskulum  orqali  chiqib  ketadi. 
Yoqasimon hujayralarning xivchinlari yordamida suv harakatga keladi. 
 
Bulutlar  suv-kanal  sistemalarining  murakkablashishiga  qarab  3  ta 
morfologik tipga bo‘linadi: askanoid, sikanoid va leykonoid. 
1.
 
Askanoid  tipida  tuzilgan  bulutlarda  pora  (g‘ovak)  lar  bevosita  xoanatsit 
hujayralar bilan qoplangan paragastral bo‘shliqqa ochiladi. 


23 
 
2.
 
Sikonoid  tipida  tuzilgan  bulutlarda  olib  keluvchi  kanallar  xoanatsit 
hujayralar bilan qoplangan radial kanallarga, ular esa paragastral bo‘shliqqa 
ochiladi. 
3.
 
Leykonoid tipida tuzilgan bulutlar eng murakkab bo‘lib, xoanatsit hujayralar 
bilan  qoplangan  kameralar  tana  devorida  joylashgan  bo‘ladi.Kameralar 
o‘zaro,  tashqi  muhit  va  paragastral  bo‘shliq  bilan  murakkab  kanallar 
sistemasi orqali birlashgan bo‘ladi; 
II.Sxemada  ektoderma  qavatini  hosil  qiluvchi  yassi  cho‘zinchoq  hujayralar-
pikanatsitlar  va  poralarni  hosil  qilib  turuvchi  hujayralar-poratsitlarni  solishtirib 
ko‘ring  va  rasmini  chizing.  Entodermani    hosil  qiluvchi  –yoqali  hivchinli 
hujayralar-xoanatsitlarni  ,mezogleyada  joylashgan    yirik  tuxum  hujayralari, 
cho‘zinchoq  skleroblast  va  amyobasimon  arxeotsit  hujayralarni  toping. 
Skleroblastlar, ignachalarspikulalar hosil bo‘ladi. 
 
Arxeotsitlar  organizmning  “zapas”  qismlari  bo‘lib,  har  xil  hujayralarga 
aylanishi mumkin.Organizmning qaeri jarohatlansa shu hujayra hisobiga tiklanadi. 
III. Badyaga bulut chuchuk suvlarda yashovchi organizm bo‘lib, tanasining shakli 
turli-tuman  bo‘ladi.  Odatda  koloniya  bo‘lib,  yashaydi,  tanasi  shilimshiq  bo‘lib, 
qo‘lansa  hid  kelib  turadi.Bodyagani  sirtida  bir  necha  oskulumlar  ham  ko‘rinib 
turadi.Oskulumlarlar  soni  qancha  bo‘lsa,  koloniyada  shuncha  individ  bor 
hisoblanadi. 
IV.  Maxsus  tayyorlangan  preparatni  mikroskopning  kichik  ob’ektivi  ostida 
kuzating.  Mikroskop  ostida  bir-biriga  yopishgan  va  kremniy  moddasidan  tashkil 
topgan 
bulut 
ko‘rinadi.Rasmini 
chizib 
qo‘ying. 
 
 
 
 
 
 
 
8- rasm. Bulutning morfologik tuzilishi: 
1-оskulyum;  2-poralar;  3-skelet  ignachalari; 
4-pinaкоsitlar  (tashqi  qavat);  5-хоаnositlar; 
6-kollentidlar;  7-porosit  (pora  hosil  qiluvchi 
hujayra); 8-bo’shliq 
 
 
 

Yüklə 4,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə