A s daminov, B. S. Salimov



Yüklə 4,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/166
tarix14.04.2022
ölçüsü4,99 Mb.
#85451
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   166
A s daminov, B. S. Salimov

 
 
 
 


24 
 
5-M A SH G‘ U L O T  
 
Mavzu: Tip. Kovakichlilar – Coelenterata 
              Sinf Gidroidlar – Hydrozoa 
              Sinf Sifomeduzalar – Scyphozoa  
 
Darsning  maqsadi:
  Kavakichlilar  sinfi  vakillarini  anatomo-morfologik  va 
fiziologik xususiyatlari va ularning bulutlardan farqini o‘rganish.  
Kerakli  jihozlar:
  gidrani  tuzilishini  aks  ettiruvchi  jadvallar,  suvda 
saqlangan tirik gidralar, mikroskop, mikropreparatlar  
 
                                         V A Z I F A 
 
 
1.
 
Gidraning  tashqi  tuzilishi,  harakati  bilan  tanishib  chiqish,  umumiy 
ko‘rinishini rasmini chizish. 
2.
 
Gidraning  bo‘ylama  va  ko‘ndalang  kesimini  mikroskop  ostida  kuzatish. 
Ektoderma  va  entoderma  ho‘jayralarning  farqini  ajrating.  Tayanch  plastinkasini 
toping va rasmini chizing.  
3.
 
Plastinkalarni  mikroskop  ostida  kuzatib,  otuvchi  ho‘jayralarni  toping  va 
rasmini chizing. 
4.
 
Dengiz 
laganchasi 
(likopchasi) 
– 
Aurellia 
aurita 
misolida 
ssifomeduzalarning  tuzilishidagi  xarakterli  xususiyatlar  bilan  tanishib  chiqish  va 
rasmini chizish. 
 
 
Kavakichlilar  ikki  qavatli  tuban  ko‘p  xujayrali  hayvonlar  bo‘lib,  ularda 
hujayralarning  differinsiallanib,  to‘qima  hosil  qilishi    boshlang‘ich  holda  bo‘ladi. 
Barcha  kavakichlilar  uchun  nurli  (radial)  simmetriya,  umumiy  gastral  bo‘shliq, 
hujayralar ixtisoslashganligi va sezuvchanligi xarakterlidir. Ana shu belgilari bilan 
ular  bulutlardan  farq  qiladi.  Kavakichlilar  orasida  o‘troq  holda  hayot  kechiruvchi 
(polip) shakllari ham, erkin suzib yuruvchi (meduza) shakllari ham mavjud. Ba’zan 
bir turning  o‘zi goh meduza,  goh  polip  shaklida  hayot  kechirishi  mumkin  (misol, 
gidromeduzalar  -  obeliya).  Qo‘yida  biz  kavakichlilarning  ayrim  vakillari  bilan 
tanishib chiqamiz.  
Gidra
- Pelmotahydra oligactes uncha katta bo‘lmagan chuchuk suv hayvoni 
bo‘lib, o‘troq (polip) holda hayot kechiradi. Odatda ko‘l, hovuz va shu kabi sekin 
oqadigan  chuchuk  suv  havzalarida  o‘t  -  o‘lanlarga  yopishib  yashaydi.  Normal 
holatda  gavdasining  kattaligi  1-1,5sm.  Gidraning  tepa  tomonidan  6-12  taga  yaqin 
paypaslagich  bilan  o‘rab  olingan  og‘iz  teshigi  mavjud.  Og‘iz  teshigi  ham  ozuqa 
qabul  qilish,  hazm  bo‘lmagan  ozuqa  qoldiqlarini  chiqarish  vazifasini  bajaradi. 
Og‘iz  teshigidan  pastroqda  tana  qismi,  undan  keyin  poya  va  tovon  qismi 
joylashgan. Tovoni substratga yopishib olish uchun xizmat qiladi.  
Gidralar  ikki  xil  harakat  qilishi  mumkin:  1)  umbaloq  oshib,  2)  odimlab. 


25 
 
Bunday  harakat  tovonni  bosh  tomonga  sudrab  keladi  va  yana  oldingi 
paypaslagichlar bilan yopishib, yana tovonni sudrab olib boradi va hakozo. 
Gidraning  tanasi  ikki  qavat  hujayralardan  tashkil  topgan:  ektoderma  va 
entoderma.  Ikkala  qavat  orasida  xujayraviy  tuzilishga  ega  bo‘lmagan  mezogleya 
yoki tayanch plastinka yotadi.  
Gidraning  ektodermasida  epitelial  hujayralar,  epitelial  muskul  hujayralar, 
otiluvchi hujayralar, interstitsial hujayralar, hamda nerv hujayralari mavjud. 
Ektoderma  qavatda  tananing  bo‘ylama  o‘qiga parallel  joylashgan  epiteliy  – 
muskul  hujayralari,  ayniqsa  paypaslagichlarida  to‘da  -  to‘da  bo‘lib  joylashgan 
otuvchi  hujayralarni  ko‘rish  mumkin.  Epiteliy  –  hujayrasi  bir  necha  qisqaruvchi 
iplari  bo‘lgan  muskul  qismdan  iborat.  Epiteliy  –  muskul  hujayrasining  bu  qismi 
qisqarganda  gidraning  tanasi  qisqaradi  va  yo‘g‘onlashadi.  Tipik  otuvchi  xo‘jayra 
pufakchasimon  tuzilishiga  ega  bo‘lib,  kapsulaning  ichida  spiral  shaklida  o‘ralgan 
ipcha, uning tubida esa nashtar steletlar yotadi. 
Endodermada  har  hil    xivchinli  hujayralar  bo‘lib,  amyobalarga  o‘xshab 
ozuqa parchalarini qamrab olish xususiyatiga ega. SHuning uchun ham ovqat hazm 
qilinishi  gidralardagi  bo‘shliq  (gastral  bo‘shliq  -  gastrotsel)da  va  xo‘jayra  ichida 
amalga oshadi. 
Gidralar  oddiy  kurtaklanish  va  jinsiy  yo‘llar  bilan  ko‘payadi.  Jinssiz 
ko‘payganda  tanasidan  kurtaklar  bo‘rtib  chiqadi.  Keyinchalik  ulardan 
paypaslagichlar  va  og‘iz  teshigi  hosil  bo‘ladi.    SHundan  keyingina  kurtaklar  ona 
organizmdan  ajralib,  mustaqil  hayot  kechirishga  o‘tishlari  mumkin.  Jinsiy 
ko‘payish  vaqtida  gidralar  tuxum  hujayrasi  va  spermatazoidlar  hosil  qiladi. 
Zigotalar  to‘la  va  tekis  bo‘linib,  morula  va  bastula  davrini  boshdan  kechiradi. 
Gastrula  shaklidagi  lichinkasi  “planula”  deb  ataladi.  Planula  biroz  vaqt  tanasini 
qoplab  turuvchi  kiprikchalar  yordamida  suzib  yuradi  va  keyinchalik  substratga 
yopishib gidraga aylanadi.  
Meduzalar
 faol (tanasini qisqartirib yoki passiv to‘lqin va oqimlar ta’sirida) 
erkin  suzib  yurib,  harakat  qiluvchi  organizmlar  bo‘lib,  tanalari  odatda  tiniq 
soyabon  shaklida  bo‘ladi.  Soyabonning  pastki  tomonida  bo‘rtib  chiqqan  
“xartumcha”  bo‘lib,  uning  uchida  og‘iz  teshigi  atrofida  4ta  og‘iz  oldi  kurakchasi 
bo‘ladi.  
Soyabonning  atrofida  8ta  chuqurchalar  bo‘lib,  unda  sezgi  organlari  –  ko‘z 
muvozonat organ, statotsitlar va nerv ho‘jayralari joylashgan bo‘ladi.   
Og‘iz  teshigi  qisqagina  tomoq  orqali  gastral  bo‘shliqqa  ochiladi.  Gastral 
bo‘shliqning  ichida  paypastlagichlarga  o‘xshash  tuzilgan  fermentli  shira  ishlab 
chiquvchi  gastral  iplar  bo‘ladi.  Bu  esa  hazm  jarayonini  ushbu  bo‘shliqda 
boshlanishini ko‘rsatadi Gastral bo‘shliqlardan 16ta radial kanallar chiqadi va ular 
soyabon  chekasida  xalqasimon  kanalga  birlashadi.  Gastral  bo‘shliq  devorida  4ta 
jinsiy bezlar (gonadalar)  joylashgan. Ular ostida 4 ta chuqurcha bo‘ladi.  
Sifomeduzaning nerv sistemasi markazlashgan bo‘lib, u soyabon qirg‘og‘iga 
joylashgan  xalqasimon  nervdan  iborat.  Shohlanib  ketgan  8  ta  kanal  bo‘ylab 
joylashgan  nerv  xalqaning  8  ta  yo‘g‘onlashgan  qismi  mavjud  bo‘lib,  ularni  nerv 


26 
 
tugunchalari-gangliyalar deb atash mumkin. 

Yüklə 4,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə