A s daminov, B. S. Salimov



Yüklə 4,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/166
tarix14.04.2022
ölçüsü4,99 Mb.
#85451
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   166
A s daminov, B. S. Salimov

 
 
 


34 
 
7-M A SH G‘ U L O T 
 
Mavzu: Trematodalarning taraqqiyoti  
 
Darsning  maqsadi.
  Jigar  va  oshqozon    qurtlari,  qon  surg‘ichli  misolida 
trematodalarning taraqqiyotini o‘rganish.  
Kerakli  jihozlar:
  Fassiolalar  tuxumlaridan  etilgan  miratsidiy,  chuchuk  suv 
moll.ckasida yetilgan rediya va serkariyalar, ulardan hosil bo‘lgan adoleskariyalar, 
lansetsimon  so‘rg‘ichli  oshqozon  qurti  va  qon  so‘rg‘ichlilarning  taraqqiyot 
bosqichlarini  aks  ettiruvchi  jadvallar,  mikroskop,  suv  va  quruqlik  molliyuskalari, 
chumolilar. 
 
 
 
 
 
                                            V A Z I F A  
 
  
Trematodalar lichinkalari-Miratsidiy, rediya va serkariyalar, adoleskariyalar 
(metoserkariya)ning 
tuzilishi, 
rivojlanish 
bosqichlari 
bilan 
tanishish. 
Trematodalarning asosiy va oraliq xo‘jayinlardagi taraqqiyotini o‘rganish.  
Trematodlarning  rivojlanishi.  Bu  sinfga  kiruvchi  endoparazitlarning, 
rivojlanishi  ikki,  uch,  hatto  to‘rt  xo‘jayin  ishtrokida  kechadi.  Voyaga  etgan 
shakllari  faqat umurtqali hayvon va odamlarda, lichinkalik davrlari esa umurtqasiz 
hayvonlarda  o‘tadi.  Hozirgi  vaqtda  fanda  trematodalarning  5000  ga  yaqin  turi 
ma’lum.  
Rivojlanishi    ancha  murakkab  bo‘lib,  u  xo‘jayin  almashtirish  yo‘li  bilan 
o‘tadi.  Asosiy  xo‘jayin  umurtqali  hayvonlar  baliqlar,  suvda  va  quruqlikda 
yashovchilar,  sudralib  yuruvchilar,  qushlar,  sut  emizuvchilar  va  shu  jumladan 
odam.  Birinchi  oraliq  ho‘jayini  suv  va  quruqlikda  yashovchi  qorin  oyoqli 
mollyuskalar. 
Jigar  qurtlari-fassiolalarning  voyaga  etgan  davri  jigarning  o‘t  yo‘llarida 
kechadi. Otalangan tuxumlari o‘t suyuqligi bilan ichakka va u erdan hayvon tezagi 
bilan birgalikda tashqi muhitga tushadi. Tuxumlari sarg‘ish, qo‘ng‘ir rangda bo‘lib, 
oval shaklda, kattaligi 170 x 0,75 mikron bo‘ladi. Tuxumlarida qopqoqcha mavjud. 
Tuxumning  rivojlanishi  uchun  suvlik  muhit  zarur.  Embrional  taraqqiyoti  suvning 
haroratiga  bog‘liq,  u  esa  parazit  tuxumida  birinchi  avlod  lichinka-  mirasidiyning 
yetilishi bilan tugallanadi. 
Tuxumda yetilgan mirasidiyaning mollyuska organizmiga kirishi bilan unda 
ikkinchi avlod lichinka- sporosista hosil bo‘ladi va partenogoniya davri boshlanadi. 
Ushbu  davrda  sporosista  hujayralaridan  rediyalar,rediyalardan  ko‘plab  dumli 
serkariyalar (3-avlod lichinka) paydo bo‘ladi. Shunday qilib, miratsidiya embrional 
rivojlanishda,  sporotsista,  rediya,  serkariyalar  – partenogiya  davrida,  adoleskariya 
yoki metatserkariya – sistogoniya davrida paydo bo‘ladi.  
Fassiola tuxumi suvga tushgandan so‘ng suv harorati 22-29
0
S bo‘lganda 17-
18  kunda  otalangan  tuxumdan  birinchi  avlod  lichinka  miratsidiy  chiqadi. 


35 
 
Miratsidiyning  ikkita  ko‘zchasi  bo‘lib,  tanasi  kiprikchalari  bilan  qoplangan. 
Miratsidiy oziqlanmasdan tanasidagi zapas ozuqa hisobiga 36 soat gacha yashaydi. 
 
Trematodalarning 
taraqqiyoti 

davrdan 
iborat: 
Embriogoniya, 
Yüklə 4,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə