A s daminov, B. S. Salimov



Yüklə 4,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/166
tarix14.04.2022
ölçüsü4,99 Mb.
#85451
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   166
A s daminov, B. S. Salimov

 
 
20 –rasm.Ot paraskaridasi( Paraskaris equorum )ning tarraqqiyoti 
 
 
 
Askaridaning
  ko‘ndalang  kesimi  doira  shaklida  bo‘ladi.  SHuning  uchun 
ham ular yumaloq chuvalchanglar deb ataladi. Teri – muskul xaltasining eng ustki 
qismini  zich  parda  –  kutikula  tashkil  qiladi.  Kutikula  ko‘p  qavatli  bo‘lib,  uning 
ostida  gipoderma  joylashgan.  Gipodermaning  devorlari  elka  va  qorin  hamda  ikki 
yon tomonda pushta (valik) hosil qiladi. Yon pushtalarining ichida ajratish nayi – 
(protonefridiya)    o‘tsa,  elka  va  qorin  pushtalaridan  nerv  tomirlari  o‘tadi. 
Gipodermaning  ostida  bir  qavat  bo‘ylama  muskul  tolalari  yotadi.  Tana  bo‘shlig‘i 
suyuqliq bilan to‘la. Ovqat hazm qilish organlari ektodermali oldingi, entodermali 
o‘rta  va  ektodermali  orqa  ichaklardan  iborat.  Oldingi  ichagiga  og‘iz,  xalqum, 
qizilungach  kiradi  va  ular  ektodermadan hosil bo‘lgan.  Kutikula  bilan qoplangan. 
O‘rta  ichagi  entodermaning  hosilasi  bo‘lib,  biroz  siqilgan  va  bir  qavatli  epiteliy 
bilan qoplangan.  
Urg‘ochi  askaridada  keyingi  ichak  anus  bilan  tugaydi.  Erkaklarida  esa  bu 
organga  jinsiy  sistemasining  yo‘li  ochiladi  va  u  kloakani  tashkil  qiladi. 
Askaridaning  ajratish  sistemasi  o‘ziga  xos  tuzilishga  ega.  U  ikki  yondagi 
gipoderma  devoridagi  pushta  ichida  o‘tadigan  naylardan  iborat.  Bu  naylarning 
keyingi  tomoni  yopiq  bo‘lib,  oldingi  tomoni  qizilungachning  old  qismida 
ko‘ndalang  kanal  yordamida  o‘zora  birlashadi  va  tashqariga  ochiladi. 
Kanallarining oldingi qismidagi yon chiziqlariga prototsel suyuqligiga tegib turgan 
holda  4  ta  yulduzsimon  fagotsitar  ho‘jayralar  joylashgan.  Ular  organizmda 
emirilish  natijasida  hosil  bo‘lgan  mahsulotlarni  yutish  va  kanalga  o‘tkazish 
xususiyatiga ega. 


44 
 
Askaridalarda qon aylanish, nafas olish organlari  bo‘lmaydi. Markaziy nerv 
sistemasi  tomoq oldi  nerv  xalqasidan  iborat,  tanaga qarab  chiqqan  bir  necha  nerv 
tolalari  mavjud.  Bulardan  ikkitasi  yirik  va  yo‘on,  gipodermaning  qorin  va  elka 
devorlarida bo‘lgan  hosil qiladigan pushta ichidan o‘tadi. Nerv xalqasidan chiqqan 
nerv  tolalar  gavdaning  oldingi  uchiga  ham  tarqalgan.  Jinsiy  organlari  naysimon 
tuzilishga  ega.  Urg‘ochisining  tana  bo‘shlig‘ida  ichakni  o‘rab  olgan  oq  iplar  bor. 
Naysimon  jinsiy  sistemaning  oldingi  eng  ingichka  qismida  tuxumdon,  undan 
keyingi  qismida  sal  yo‘g‘onroq  tuxum  yo‘li  va  juda  yo‘g‘on  bir  juft  bachadon 
joylashgan. Ikki bachadon birlashib, yakka qisqagina qin vaginani hosil qiladi. Qin 
gavdaning  oldingi  qismining  qorin  tomonida  tashqi  jinsiy  teshik  bilan  tugaydi. 
Erkaklarning  jinsiy  sistemasi  toq-bitta  naydan  iborat.  Nayning  ingichka  qismi 
urug‘donni tashkil etadi. Urug‘doni yo‘g‘onlashgan nayga – urug‘ yo‘liga tutashib, 
o‘z  navbatida  kloakaga  ochiladi.  Tuxum  xujayralari  bachadonda  otalanadi. 
Otalangan  tuxum  xo‘jayrasi  ko‘p  qavatli  qobiq  bilan  qoplanadi.  Askaridaning 
tuxumi yassi chuvalchanglarnikidan keskin farq qiladi va unda zigota sariq modda 
bilan  o‘rab  olinmagan.  Sirtqi  tomonidan  o‘rab  turgan  oqsil  pardasi  g‘adir  budur 
bo‘ladi.  
Askaridaning  rivojlanish  sikli:  otalangan  tuxumlarning  tashqi  muhitda 
rivojlanishi uchun namlik, harorat va kislorod zarur. Harorat 24
0
 C bo‘lganda 10-
15  kunda  tuxumning  ichida  lichinka  hosil  bo‘ladi,  bu  lichinka  ikki  marta  po‘st 
taylab yuqumli holga keladi. Bunday tuxumlar bir necha oy, hatto yillab o‘zining 
invazionlik  xususiyatini  yo‘qotmaydi,  chunki  ular  tashqi  muhit  ta’sirlariga  o‘ta 
chidamli bo‘ladi. Askaridaning invazion tuxumlari oziq – ovqat, ko‘lmak suv bilan 
hayvonlarga  yuqadi.  Lichinka  ingichka  ichakda  tuxumdan  chiqadi  ammo  bu 
davrda u ichakda taraqqiy qila olmaydi.  
 
 
 
21- rasm. Askaridaning taraqqiyoti: 
1-yetuk 
askarida; 
2-askaridaning 
otalangan    tuxumi  (zigota);  3-tuxum  ichida 
rivojlanayotgan 
askarida lichinkasi; 4-tuxumdan chiqqan askarida 
lichinkasi (xo’jayin ichagida) 
 
 
 
 
 
 
Lichinka  voyaga  etgan  askaridaga  aylanishi  uchun  organizm  bo‘ylab 
migratsiyasi  qilishi  va  ikki  marta  to‘lashi  kerak,  uning  uchun  lichinka  ichakning 
shilliq  pardasiga,  undan  ichak  venasiga  yorib  kiradi  va  qon  oqimi  bilan  jigar 


45 
 
darvoza venasiga va jigarga o‘tadi. Bu erdan lichinka kovak vena orqali o‘ng yurak 
bo‘lmachasiga  va  o‘ng  yurak  qorinchasiga  tushadi.  O‘ng  yurak  qorinchasidan 
lichinka  o‘pka  arteriyasi  orqali  o‘pkadagi  kapillyalarga  o‘tadi.  Bu  erda  ular 
kapillyarlarni teshib alveolalarga o‘tadi va nafas yo‘llari orqali yuqoriga migratsiya 
qiladi  –  bronx  va  traxeyalar  orqali  tomoqqa  kelib  ikkinchi  marotaba  yig‘iladi. 
YUtilgan lichinkalar ingichka ichakka tushib o‘z taraqqiyotini nihoyasiga etkazadi 
va  voyaga  etgan  individlarga  aylanadi.  Biroq,  ba’zan  lichinkalar  o‘pkadan  qon 
orqali yana yurakka (bu gal chap bo‘lmaga va qorinchaga) tushib qon orqali har xil 
organizmlarga borib, anamal lakolizatsiyaga sabab bo‘lishi mumkin. 
1.
 
Askaridalarning    bir  necha  turlari  mavjud:  cho‘chqa  askaridasi  (Ascaris 
suum),  odam  askaridasi  (A  lumbricoides)  ot  paraskaridasi  (Parascaris  equorum), 
tovuq askaridiyasi  (Ascaridia galli) va hakozo. 
 
 
 
 
22-rasm 
.Cho’chqa 
askaridasi  (A.  Suum)  ning 
taraqqiyoti.  
 
 
 
 
 
 
 
 
Cho‘chqa  va  odam  askaridalarining  taraqqiyoti  qo‘yidagicha  kechadi: 
ingichka  ichak    orqali  urg‘ochi  askaridaning  otalangan  tuxumi  tashqi  muhitga 
tushadi; etarlicha namlik va issiqlik ta’sirida u etila boshlaydi; tuxum ichida paydo 
bo‘lgan  lichinka  ikki  marta  po‘st  tashlab  (tullab)  yuqumli  holga  keladi  va  qalin 
qobiqli  tuxum  ichida  qoladi.  Bunday  yuqumli  lichinkalik  tuxumlar  turli  oziqalar 
orqali  xo‘jayin  oshqozoniga  tushgach,  u  erda  tuxum  qobiqlari  eriydi.  Tuxumdan 
ajralgan lichinkalar ichakka  o‘tadi va qon  tomirlarga  yorib  kirib  gepato-pulmonal 
yo‘l (jigar –yurak, o‘pkalar) orqali migratsiya (yurish) qiladi. Ot paraskaridasining 
lichinkasi  singari  o‘pka  alveolalarida  7-10  kun  to‘xtaydi,  biroz  o‘sadi  va 
alveolalarni  qitiqlab  yo‘tal  alomatlarini  chaqiradi.      Yutalish  paytida  lichinkalar 
alveolalardan  bronxiolalarga,  u  erdan  bronxlar  orqali  traxeyaga,  so‘ngra  esa 
og‘izga  tushadi.  U  erdan  so‘lak  orqali  yoki  balg‘am  yutib  yuborilganda  askarida 
lichinkalari  ikkinchi  marta  ichakka  tushadi  va  unda  to‘xtab  etilgan  erkak  va 
urg‘ochi  askaridalarga  aylanadi.  Askaridalar  bir  yilgacha  hayot  kechiradi. 


46 
 
Cho‘chqa  va  odam  askaridalari  10-30  sm,  tovuq  askaridiyasi  3-11  sm  uzunlikka 
ega. 
Askaridalar  ichida  tovuq  askaridiyasi  bunday  murakkab  migratsiyaga  ega 
emas. Ularning yuqumli tuxumidan oshqozonlarda ajralgan lichinka ichakka o‘tib, 
uning  limfa  tugunlariga  yoki  ichak  vorsinkalariga  kiradi.  U  erlarda  birmuncha 
o‘sib,  bir  necha  kundan  keyin  ichak  bo‘shlig‘iga  o‘tadi  va  jinsiy  voyaga  etgan 
 
 
23-rasm. Tovuq askaridiyasi (ascaridia galli) ning taraqqiyoti. 
 
Askaridalar  odam,  cho‘chqalarda  askaridoz,  tovuqlarda  askaridioz 
kasalliklarini  chaqiradi.  Ulardan  askaridioz  O‘zbekiston  hududida  parrandalar 
orasida  keng  tarqalgan  va  parrandachilikka  katta  iqtisodiy  zarar  keltiradi. 
Askaridalarning tarqalishini oldini olish uchun sanitariya-gigiena talablariga qattiq 
rioya  qilish,  ular  bilan  zararlangan  hayvon  va  parrandalarni  o‘z  vaqtida  davolash 
talab qilinadi. 
2.
 
Qo‘y o‘pka qil qurti - diktiokaulalar hayvonlarning nafas olish yo‘llari 
-  bronx  va  bronxiolalarda,    hatto  kekirdak  (traxeya)  da  parazitlik  qiluvchi 
geonematodadir. 
 Urg‘ochi diktiokaulalar tuxum  qo‘yib  ko‘payadi.  Bunday  tuxumlar  so‘lak 
orqali oshqozonga tushadi, ichakda ulardan lichinka ajraladi va hayvon tezagi bilan 
tashqariga  tushadi.  Tashqi  muhitda  bunday  lichinka  ikki  marta  po‘st  tashlab 
yuqumli  holga  keladi  va  o‘t-xashak  va  suv  orqali  qo‘ylar  organizmiga  tushadi.  U 
erdan  qon  tomirlar  orqali  o‘pkalarga  etib  boradi  va  ularning  yo‘llarida  jinsiy 
tomondan voyaga etadi. Voyaga etgan diktiokaulalar 3-10 sm uzunlikka ega. Ular 
qo‘ychilik xo‘jaliklarida uchraydi.  
3.
 
Qo‘y qilbosh gijjasi - Trichocephalus ovis. Tanasi 2-5 sm uzunlikka ega. 
Bosh  qismi  o‘ta  ingichka  va  uzunchoq.  Ko‘r  ichak  o‘simtasida  yashaydi. 
Tashqariga  tushgan  tuxumi  ichida  lichinka  etilib  tuxum  bilan  asosiy  xo‘jayin 
organizmiga  tushadi.  Tuxumlarlardagi  lichinka  yo‘g‘on  va    ko‘r  ichakda 
rivojlanadi. 


47 
 
Yuqorida  nomlari  keltirilgan  zoonematodalar  bir  xo‘jayin  ishtirokida 
rivojlanadi.  Ularning  lichinkalik  taraqqiyoti  tashqi  muhitda  (hayvon  tezagi  ichida 
van am tuproqda) birorta tirik organizmsiz kechadi. Yuqumli holga kelgan bunday 
lichinkalar  o‘z  xo‘jayinlariga  og‘iz  orqali  yuqadi.  Shu  xil  xususiyatlariga  ko‘ra 
bunday nematodalar 

Yüklə 4,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə