A s daminov, B. S. Salimov



Yüklə 4,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/166
tarix14.04.2022
ölçüsü4,99 Mb.
#85451
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   166
A s daminov, B. S. Salimov

Qon  aylanish  sistemasi
  yopiq.  Asosiy  qon  tomirlariga  elka  va  qorin  aortalari 
kiradi.  Ular  o‘zaro  metamer  va  ko‘ndalang  halqasimon  qon  tomirlar  bilan  tutashadi. 
Elka  aortasida  qon  bosh  tomonga  qarab,  qorin  aortasidan  esa  dum  tomonga  qarab 
oqadi.  Qizilo‘ngachni  o‘rab  olgan  1  -  2  bo‘g‘imdagi  halqasimon  qon  tomirlar  yurak 
vazifasini bajaradi. 
Siydik  ajratish  organlari
    metanefridiyalardan  iborat.  Ular  har  bo‘g‘imda  bir 
juftdan  metamer  joylashgan  bo‘lib,  ikki  uchi  ochiq  naychalardan  iborat.  Har  bir 
naychaning  bir  uchi  tana  bo‘shlig‘iga,  ikkinchi  uchi  qo‘shni  bo‘g‘imdan  tashqarigi 
ochiladi.  Metanefridiyani  oldingi  uchi  voronka  shaklida  bo‘lib,  paypaslagichlar  bilan 
qurollangan.  
Nerv sistemasi
  ham  metamer shaklda tuzilgan. Nerv sistemasi zanjir shaklida 
bo‘lib, tomoq usti nerv halqasidan va qorin nerv zanjiridan iborat. Qorin nerv zanjiri har 
bir xalqadagi nerv tugunlarining bir – biri bilan ko‘ndalang va bo‘ylama nerv ustunlari 
yordamida  birlashish  natijasida  hosil  bo‘lgan.  Tomoq  usti  nerv  tuguni  bosh    miya 
funksiyasini bajaradi.  

Yüklə 4,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə